Sharq va G'arb matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi. R e j a


Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi



Yüklə 143 Kb.
səhifə13/16
tarix10.05.2022
ölçüsü143 Kb.
#57468
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Sharq va G\'arb matematik olimlarining asarlarida

2.2 Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi.

 Tushuncha-bu predmetlar va xodisalarni ba’zi bir muxitni alomatlariga ko’ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to’g’ri chiziq va xokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki xodisalarning bir- biriga o’xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma’lum muhim va muhim bo’lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo’la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo’lmagan xossalar xisoblanadi. Obyekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo’lsa, u xolda bu obyekt xaqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo’ladi. Obyektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashhil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo’lgan obyektlar to’plami tushuncha hajmini tashhil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo’lgan obyektlar to’plami ham ekan. Matematik tushunchalar o’z navbatida insoniyat to’plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obyektlarning ko’pgina xossalaridan ko’z yumgan xolda ularni ideallashtirish natijasida xosil bo’ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematiqani o’rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jixatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:

—    Ko’rgazmali dasturli xujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha ko’rsatmalar va xokazo);

—    Metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to’g’risida o’quv qo’llanmalar, o’yinlar va xokazo);

—    Jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilgor tajriba va olimlarning fikrlari.

Xozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashhil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.

Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematiqani bilishdan emas, balki ularni xayotga tayyorlash, o’zlarining xayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.

Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:

—   Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;

—   Matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o’rganishga tayyorlashni rejalash; matematik                 tushunchalarning

rivojlantirish yo’llari va shartlarini ishlab chiqish;

— Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko’rsatmalar berish.

G.Nedenko o’z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko’rsatadi:         “Oddiy o’rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang’ich maktab kursini o’zlashtirish uchun zamin bo’lgan) va “o’rtadan yuqori bo’lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo’ladigan qobiliyatdir.


Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin