Sharqshunoslik



Yüklə 68,07 Kb.
səhifə4/7
tarix27.10.2022
ölçüsü68,07 Kb.
#66509
1   2   3   4   5   6   7
Karl popperning ijtimoiy-falsafiy

Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi ―Kirish‖, uch band, ―Xulosa‖ hamda
―Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati‖ dan iborat.

Karl Popper – postpozitivizm falsafasining yirik vakili


  1. asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi davr shu bilan ajralib turadiki, falsafiy maktablar XIX asr ikkinchi yarmida ijod qilgan mutafakkirlarning g‗oyalarini rivojlantirib, to‗plagan ilmiy bilimlarni Gegeldan keyingi davrdagi falsafiy asoslarning biri atrofida birlashtirishga harakat qildilar.

Yangi pozitivistcha ta‘limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan
―postpozitivizm‖ deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib keldi. Bu yo‗nalishning asoschisi ―kritik ratsionalizm‖ ijodkori Karl Popper edi. Postpozitivizmga I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, P.Feyerbend kabi yirik g‗arb faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi.
Karl Raymund Popper jahon falsafasi postpozitivizmining asosiy yirik vakillaridan biri hisoblanadi. Avstriyalik va britaniyalik faylasuf va sotsiolog Karl Raymond Popper 1902-yilning 28-iyulida Vena shahrida yurist oilasida tavallud topdi. Uning otasi Simon Zigmund Karl Popper Vena universitetida professor bo‘lgan va u sotsiologiya, politologiya, falsafa fanlari bilan qiziqqan. Karl Popper bolaligidan ko‘plab falsafiy ilmlar bilan shug‘ullangan. U 1918- yilda Vena universitetiga o‘qishga kirgan va matematika, fizika, falsafani o‘rgangan. Karl Popperning onasi unga musiqa sirlarini ham o‘rgatgan. Keyinchalik u konservatoriyaga ham kirgan. Dastlab u 1937-yilgacha Vena shahrida, 1937 – 1945 – yillarda Yangi Zelandiyada ishlagan. 1946-yildan boshlab 70 – yillarning o‘rtalariga qadar Londondagi iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida professor sifatida faoliyat yuritgan.U qadimgi davr faylasuflarinig davlat, jamiyat haqidagi qarashlarini, Zigmund Freyd, Protagor, Platon, Geraklit va boshqa faylasuflarning ta‘limotlarini o‘rgangan. Karl Popper ko‘plab asarlar yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri bu ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ asaridir. Ushbu asarda u qadimgi davr faylasuflarining qarashlarini o‘rgangan, tahlil qilgan va asar boblarida ularning qarashlariga o‘z
fikrini ham bildirib o‘tgan. Karl Popper 1994-yil 17-sentabrida 92 yoshida Londonda vafot etgan.

  1. asr 30-yillardayoq Popper yangi pozitivizmning induktivizmi, ma‘noning verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda metafizikaning o‗rni va metafizik (an‘anaviy falsafiy) muammoni oqlash masalasini qo‗ygan edi. U shuni ko‗rsatadiki, metafizikada aytilgan hukmlarni hissiy ma‘lumotlarga tadbiq qilib bo‗lmasligi asosida uni rad etish, mantiqiy jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi.

―O‗zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - pozitivistlar u bilan birgalikda tabiiy fanlarni ham yakson qiladilar, negaki, ilm- fan qonunlari aynan, metafizik hukmlarga o‗xshash bo‗lib, ularni hissiy tajriba haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli deb bo‗lmaydi. Ma‘noni tushunishda agar izchil ravishda Vitgenshteyncha mezonlar qo‗llanilsa, u vaqtda o‗sha tabiat qonunlarini ahamiyatsiz narsa sifatida uloqtirishga to‗g‗ri keladiki, Eynshteyn ta‘biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi‖ dir5‖.
Popper fikricha, ilmiy bilim asosan faraziy xususiyatga ega: ―Biz bilmaymiz- biz faqat faraz qilishimiz mumkin‖6. Popper ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ deb atalgan mashhur kitobning muallifi bo‗lib, unda totalitar davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga liberal qadriyatlarni qarama-qarshi qo‗ydi.
Karl Popper mantiqiy pozitivizm ta‘siri ostida bo‘lgan, lekin o‘zining falsafiy konsepsiyalari – tanqidiy ratsionalizm, ilmiy bilimning ortishi haqidagi nazariya va falsifikatsionizmni neopozitivizmga qarshi qo‘ygan. Popper mantiqiy empiristlarning, ilmiy mulohazalar mezoni verifikatsiya tamoyili degan fikriga qarshi falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida demarkatsiya muammosi (ilmiy bilimni noilmiy bilimdan ajratish) ni ilgari surgan. Popperning fikriga ko‘ra, demarkatsiya usuli – falsifikatsiyadir, ya‘ni fanga tegishli bo‘lgan



5 Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 57-58.
6 O‘sha asar. –B 226.
har qanday fikrni inkor etish. U mantiqiy pozitivistlarning tor empirizmidan hamda bilimning mutlaq ishonchli asosini izlashdan voz kechdi. Popperning qarashlariga ko‘ra, bilimning empirik va nazariy darajalari bir – biri bilan uzviy darajada bog‘liqdir; har qanday ilmiy bilim faqat gipotetik, taxminiy harakterga ega va xato (fallibilizm tamoyili) bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilimning ortishi dadil gipotezalarni ilgari surish va ularni rad etilishini amalga oshirishdan iboratdir. Buning natijasida muhim bo‘lgan muammolar hal etiladi va bu jarayon unda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Popper o‘zining mantiqiy – metodologik va kosmologik konsepsiyalarini asoslash uchun neodarvinizm va emerjent rivojlanish g‘oyalaridan foydalangan. U ilmiy bilimning ortishini dunyodagi umumiy evolutsion jarayonlarning xususiy ko‘rinishi sifatida tushunadi. Popper tomonidan ilgari surilgan ―uch dunyo‖ metafizik nazariyasida bir-biriga reduksiya qilib bo‘lmaydigan jismoniy va mental dunyolarning, shuningdek obyektiv bilim dunyosining mavjudligi ta‘kidlanadi. Popper, shuningdek tushuntirishning deduktiv – nomologik sxemasi asoschisidir. Bu sxemaga muvofiq, agar mulohaza muvofiq qonunlar va chegara shartlari majmuidan deduktiv ravishda chiqarilgan bo‘lsagina u tushuntirilgan hisoblanadi. Mantiqiy semantika g‘oyalariga asoslangan holda Popper ilmiy nazariya (gipoteza) lar mazmunining haqiqiyligi yoki yolg‘onchiligini aniqlash usulini taklif qildi. Ilmiy bilimni ortishi nazariyasini yaratish dasturini amalga oshirishda Popper tomonidan falsifikatsiya tamoyilining mutlaqlashtirilishi, ilmiy bilimning obyektiv jihatdan haqiqiyligini tan olmasligi, bilim asoslarini talqin etilishidagi konvensionalizm hamda obyektiv bilimning tarixiy konkret biluvchi subyektdan ajratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi7.
Ilmiy va g‗ayri ilmiy bilimlarni ajratish mezoni sifatidagi pozitivistcha verifikatsiya qoidasini tanqid qilib, Popper haqli ravishda ko‗rsatib o‗tadiki,
―nazariyani hech qachon tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo‗lmaydi‖8.
Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma‘lumki, o‗z vaqtida D.Yum

7 Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 313.
8 Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 62.
induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko‗rsatib o‗tgan edi. Shu munosabat bilan Popper yozadi: ―Induksiya qoidasini oqlash uchun, biz uchun induktiv xulosalarni qo‗llashga to‘g‗ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq darajada turgan induktiv qoidani kiritish lozim, va hokazo shu ruhda davom etish zarur. Demak, tajribadan kelib chiqib, induksiya qoidasini asoslashga urinish, zaruriy ravishda yemirilishga duchor bo‗ladi, negaki, u muqarrar ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi‖9.
Yangi pozitivistcha ta‘limotga qarshi o‗laroq, Popper o‗zining verifikatsiyalar (tasdiqlash) nazariyalariga emas, balki ularning falsifikatsiya qilish (soxtalash) jihatlariga asoslangan ilmiy bilim uslubini tavsiya qiladi. Ilmiy usulning mantiqiy asosi sifatida Popper induktiv emas, balki deduktiv mantiqni ko‗radi, aniqroq aytganda esa, uning qoidasi bo‗lgan modus tollensni nazarda tutadi. Popper nazaridagi ilmiy nazariyalarni tanlash va tekshirishning umumiy tasviri quyidagicha ko‗rinishga ega: taxminlar o‗rtacha qo‗yilgandan keyin mantiqiy deduksiya yordamida ulardan qandaydir xulosalar keltirib chiqariladiki, ularni tajribada tekshirishdan o‗tkazish mumkin bo‗ladi. Agar xulosalardan biri tasdiqlanib qolsa, biz ham taxminning haqiqiyligi haqida hukm yurita olmaymiz. Ammo agar ana shunday xulosalardan biri rad etilsa, undan shu narsa kelib chiqadiki, taxmin yolg‗on bo‗ladi. Bundan Popper shunday xulosaga keladiki, ―nazariyaning ilmiy maqomining mezoni uning soxtalash mumkinligi va raddiyaligidir‖10.
Popper taklif qilgan ilmiy nazariyalar haqiqiyligini baholash me‘yorining ichki qarama – qarshiligi isbotlangan. Popperning oxirgi falsafiy asarlari ong nazariyasini ishlab chiqishga, hozirgi zamon falsafasidagi irratsional va relyativistik mayl (tendensiya) larga qarshi yo‘nalgan ratsionalizm himoyasiga bag‘ishlangan.
Ijtimoiy falsafa sohasida Popper marksizm va tarixiylikni tanqid qiladi. U ijtimoiy rivojlanishning obyektiv qonunlari va jamiyat rivojlanishi taqdirlarini bashorat qilish mumkinligini rad etadi. Popper g‘oyalari I.Lakatos, U.Bartli,

9 Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М., «Наука», 1983. –С 48-49.
10 O‘sha asar. –B 245.

  1. Agassi konsepsiyalarida, shuningdek tanqidiy ratsionalizmning turli yo‘nalishlarida rivojlantirildi.

Yüklə 68,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin