Shart-sharoitlari va ijtimoiy zarurati



Yüklə 348,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix29.01.2022
ölçüsü348,13 Kb.
#51792
1   2   3   4   5
YUKSAKMANAVIYAT-YENGILMASKUCHASARININGVUJUDGAKELISHSHART-SHAROITLARIVAIJTIMOIYZARURATI (1)

Birinchidan,  kitob  insonning  yuksalishida  ma’naviyat  olamining  qanday 

ta’sir va ahamiyatga ega ekanini ko’rsatish; 




 

Ikkinchidan,  ma’naviyatga  qarshi  qaratilgan  xurujlarning  real  xavfi  haqida 

atroflicha fikr yuritish

Uchinchidan,  xalqimiz  yangi  hayot,  yangi  jamiyat  asoslarini  qurayotgan 

hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish; 



To’rtinchidan, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana 

bir bor qaratish



Beshinchidan, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom etib tarbiyalash bilan 

bog’liq vazifalarni  aniq belgilab olish  borasidagi  hayotiy  ehtiyoj  mahsuli  sifatida 

dunyoga kelgan[4,16]. 

Bu asarga xalqimizning ma’naviy yuksalishiga oid bir qancha yangi g’oya va 

qarashlar bayon etilgan. Lekin xalqning, jamiyatning kelajagi uning ma’naviyatiga 

bog’liq, degan fikr o’zak g’oya sifatida kitobning asosiy yo’nalishi va mazmunini 

belgilab beradi. 

Kitob  “o’z  taqdirimizni  o’z  qo’limizga  olib”  degan  o’ta  muhim  fikr  bilan 

boshlanadi.  Aytish  mumkinki,  bu  so’zlarni  ham  tarixiy,  ham  zamonaviy  jihatdan 

teran ma’no mujassam topgan. 

Ma’lumki,  eski  tuzum  davrida  bizga  nisbatan  “Sen  o’ylama,  sen  uchun 

boshqalar o’ylaydi, sen paxtangni bil”, degan g’ayriinsoniy munosabat mavjud edi. 

El-yurtimizning ko’zlari bog’langan, ongi va ruhi qaram qilingan edi. Endi o’zimiz 

qaror qilib, o’zimiz amalga oshirish, o’z aqlimiz, kuch va imkoniyatimiz bilan o’z 

hayotimizni qurish, mustaqil siyosat yuritish huquqiga egamiz. Ayni paytda bunday 

ulug’vor  ishlarning  mas’uliyati  ham  o’z  zimmamizda.  Tabiiyki,  bunday  erkin  va 

ozod  hayot,  bunday  imkoniyatlar  xalqimizning  vujudida  mudrab  yotgan,  necha-

necha ajdodlardan o’tib kelayotgan kuchni uyg’otib yubordi. Bosib o’tgan  22 yillik 

taraqqiyot  yo’limiz buning yaqqol isboti bo’la oladi. 

Bugun  biz  taraqqiy  topgan  davlatlar  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  ular  yo’l 

qo’ygan xatolarni takrorlamasdan, hayotda sinovdan o’tgan, amalda o’zini oqlagan 

moddiy va ma’naviy omillarga tayanib rivojlanish yo’lidan bormoqdamiz. 

Insonyatni  qanchalik  qadriyat  sifatida  qadrlaydigan  moddiy,  ma’naviy 

boyliklari ko‘p bo‘lsa bu xalqning davlatchilk tarixi mustahkam, fuqarolarida milliy 

o‘zlikni anglash darajasi yuqori bo‘ladi[5,6].  

“Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  kitobi  o’z  salohiyatimiz  va 

imkoniyatlarimizga  bo’lga  ishonchimizni  yanada  mustahkamlaydi.  Chunki  u 

xalqimizning  hammaga  ham  nasib  etavermaydigan  buyuk  ma’naviyat  sohibi 

ekanini, ajdodlarimizning qanday ulug’ zotlar bo’lganini, ona yurtimizning beqiyos 

imkoniyatlarini  ko’z  oldimizda  yorqin  gavdalantirib  beradi,  uni  o’qigan  har  bir 

insonning vijdonini uyg’otadi. 

Xulosa 

Xulosa  qilib  aytganda,  muallifning  ko’p  yillik  kuzatishlari,  fikr  va 

mulohazalari mahsuli bo’lgan, har tomonlama teran ilmiy va hayotiy qarashlarga 

asoslangan ushbu kitob to’rt bobdan iborat bo’lib, uning ma’naviyat sohasiga oid 

qonun  va  kategoriyalar,  tushuncha  va  tamoyillar  yaxlit  bir  tizim  sifatida  tahlil 

etilgan.  Aytish  mumkinki,  shu  asosda  ma’naviyatning  mazmun  –mohiyati,  uning 




 

inson va jamiyat, millat va davlat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati haqida yaxlit 



ilmiy-falsafiy, nazariy metodologik ta’limot yaratilgan. 

E’tiborga sazovor yana bir jihati shundaki, kitobda ko’tarilgan muammolar, 

ilgari  surilgan  g’oya  va  qarashlar,  turli  masalalar  yuzasidan  bayon  qilingan  fikr-

mulohaza  va  xulosalar  nafaqat  bir  millat,  jamiyat  yoki  davlat,  balki  butun 

bashariyatga  xos  bo’lgan  umuminsoniylik  va  bag’rikenglik  tamoyillari  asosida 

yoritib  berilgan.  Ma’naviyat  tushunchasining  ma’no-mazmuni  va  u  bilan  bog’liq 

masalalar  dunyodagi  barcha  xalqlar  va  mintaqalar  uchun  umumiy  bo’lgan global 

muammo sifatida tavsiflangani ham bu fikrni tasdiqlaydi. 

Bugungi  shiddatli  davrda  chinakam  ma’naviyatli  va  ma’rifatli  odamgina 

inson  qadrini  bilishi,  o’z  milliy  qadriyatlarini,  milliy  o’zligini  anglashi,  erkin  va 

ozod  janiyatda  yashash,  mustaqil  davlatimizning  jahon  hamjamiyatida  o’ziga 

munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin. 

Nafaqat  davlat  rahbari,  avvalambor,  buyuk  tarix,  madaniyat  va  ma’naviyat 

egasi  bo’lgan  xalqimizning  bir  farzandi  sifatida,  ana  shu  bebaho  boylikni  asrab-

avaylash,  uni  har  xil  oshkora  va  pinhona  xurujlardan  himoya  qilish  haqida 

qayg’uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o’ta muhim va o’ta nozik bu 

masalalar  yurtimizda  yashaydigan  har  bir  insonni  albatta  havotirga  solishi  tabiiy 

holdir. 


Ushbu  kitob  insonning  yuksalishida  ma’naviyat  olamining  qanday  ta’sir  va 

ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real 

xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini 

qurayotgan hozirgi  murakkab va tahlikali  zamonda  odamlarni  bunday  xatarlardan 

ogoh  etish,  el-yurtimiz,  keng  jamoatchilik  e’tiborini  bu  masalalarga  yana  bir  bor 

qaratish,  kelajak  avlodni  ma’naviy  sog’lom  va  barkamol  etib  tarbiyalash  bilan 

bog’liq vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyoj  sifatida dunyoga 

keldi. Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganlaridek hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash 

uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo’yish 

kerak, deb so’rasa, Yurtboshimiz shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o’zligini 

anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini 

chuqurroq o’zlashtirishi,  bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, 

mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga daxldorlik  tuyg’usi bilan 

yashash zarur deb javob bergan bo’lar edim deb aytganlar. 

Ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan xalq hech 

kimga hech qachon qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.  



 

ADABIYOTLAR 

1.  I.A.Karimov.Ma’naviy yuksalish yo’lida.Toshkent; “Ma’naviyat” 2008.- 68-

bet 

2.  Karimov I.A. Kelajakni jasoratli odamlar quradi. “Xalq so’zi” gazetasi,1999 



yil, 17-fevral.  

3.  O’sha asar. 19-bet. 




 

4.  I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent ; Ma’naviyat, 



2008.-

 

16- bet 



5. 

Nabiyev,  M.  (2020).  O‘ZBEKISTONDA  DEMOKRATIK  JAMIYAT 

RIVOJIDA 

IJTOMOIY-MA’NAVIY 

QADRIYATLATLARNING 

AHAMIYATI. Архив  Научных  Публикаций  JSPI1(1).  извлечено  от 

https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/1113

 

 



 

View publication stats



View publication stats

Yüklə 348,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin