2. TOMONLARNING MAJBURIYATLAR 2.1. QDPI: - malaka amaliyotini o'tash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etish;
- malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti o'tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko'rsatmalar
va yo'l-yo'riqlar ko'rsatish;
- zaruriyatga muvofiq Qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik
ishlarini tashkil etish;
- malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan
malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;
- talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bilan ta'minlash;
- talabalarning malaka amaliyoti o'tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;
- qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini o'tashi holati bo'yicha muntazam ravishda
aloqada bo'lish;
- malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har
kunlik to'ldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko'rsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning malaka amaliyoti o'tash joylariga
borib ko'rish yo'li bilan amalga oshirish;
- talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga ko'rsatma va tavsiyalar berish;
- talabalarning malaka amaliyoti bo'yicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;
- malaka amaliyotini o'tashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda o'z taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va oliy
ta'lim muassasasi Kengashida ko'rib chiqish uchun) taqdim etish;
- professor-o'qituvchining malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi oliy ta'lim muassasasi rektorining malaka amaliyoti o'tash bo'yicha
buyrug'i, talabaning malaka amaliyoti kundaligi, hisoboti va malaka amaliyoti uchun baho qo'yilgan tegishli qaydnomalar asosida
aniqlanadi.