Shashmaqom. Toshkent - Farg‘ona maqomi - Chormaqom. Xorazm maqomlari.
R E J A: - Shashmaqomning kelib chiqishi, Shashmaqom nomlari - Shashmaqomning cholg‘u bo’limi, Shashmaqomning ashula bo’limi - Chormaqomning paydo bo’lishi, Shashmaqomdan chormaqomning farqi - Xorazim maqomlari, Xorazm maqomining Yettinchi qismi
Shashmaqom taxminan XVIII asrlarning I yarmida uzil-kesil o’zbek-tojik xalqlarining mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga keladi. Chunki XIX asrgacha yozilgan musiqa manbalarida Shashmaqom haqida biror og‘iz eslatib o’tilmagan. Shuning uchun o’n ikki maqom (sikli) turkumi XVIII asrgacha yashab kelgan va undan keyin Shashmaqom sikli yuzaga kelgan degan ishonch hosil bo’ladi. Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Buxoro musiqa boyliklarini o’ziga mujassamlashtirilgan markaziy shahar vazifasini o’tadi. Shuning uchun ham Buxoroda Shashmaqom shakllanadi. ”Buxoro shashmaqomi” deb ataladi.
Shashmaqom — turli pardalarga moslab olingan va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig‘indisidan iboratdir.
Shashmaqomga: Buzrug, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari kiradi. Olti maqomni har biri juda katta hajmdagi turkumlik asarlar bo’lib, ularning har biri tarkibida yigirmatadan qirq ikkitagacha katta va kichik maqom yo’llari bor. Lekin maqomlarning xalq orasida mashhur bo’lgan cholg‘u, ashula va surnay yo’llari bilan qo’shib hisoblanganda ular juda katta sonni tashkil etadi. Hozirgi nashr etadigan kitoblarda 250 tagacha boradi. Shashmaqom xalq ijodiyoti bilan doimiy munosabatda bo’lganligi va u asosida uzluksiz boyib, rivojlanib borganligi musiqiy, tarixiy manbalarda o’z aksini topgan. Saroy san’atkorlari xalq orasidan yetishib chiqqan mashur san’atkorlar bo’lgan. Masalan: Buxorolik musiqa nazariyachisi bo’lgan Darvesh Ali Changiy xalq orasidan yetishib chiqqan, qobiliyatli musiqachi bo’lgan. Lekin bu san’atkorlar o’z navbatida saroyda ijro etilgan musiqa asarlari bilan saroy doirasida chegaralanib qolgan.
Professional musiqa xalq musiqa san’ati bilangina boyib borar edi. Shuni ham aytish kerakki maqomlarga ba’zan diniy mazmundagi she’rlarni ham ishlatib ijro etganlar. Lekin, bu maqomlar o’zlarining asl lirik xususiyatini yo’qotmagan. Maqom cholg‘u va yo’llarida o’zbek, tojik musiqalariga xos intonatsiya lad tuzumi, melodik struktura, ritmik asosi (usullari) bilan mujassamlashgan. Musiqa asboblaridagi maqom boshlanadigan har bir parda uning harakterini belgilaydigan omillardandir.
O’zbek xalq musiqasining 1-4 chi tomlari Buxoro maqomlari va 5-chi tomi Xorazm maqomlariga bag‘ishlangan.
Maqomlarni ijro etishda musiqa asboblaridan tanbur va doira yetakchi sozlardan hisoblanadi. Tanbur 3 torli (setor) va 4 torli (chot tor) bo’lgan. Tanbur asbobi ikki yunon so’zidan iborat bo’lib ”Tan” -yurak, ”Bur”-tirnovchi, qitiqlovchi, ya’ni dillarni tirnovchi ma’nosidadir.
Shashmaqomda tanbur turlicha ”Buzrug”, ”Dugoh”, ”Segoh”, ”Iroq” maqomlarida kvartaga, ”Rost” maqomiga esa butun parda (katta sekundaga) sozlanadi.
Maqomning ashula (vokal) qismi ”Nasr” nomi bilan ataladi.
Maqomning cholg‘u (instrumental) qism ”Mushkilot” nomi bilan ataladi.
Maqomning ”Uffor” qismi raqs bilan bog‘liq bo’lib yakka ashulachi yoki bir necha ashulachilar ijro etadilar.
Shashmaqomning cholg‘u bo’limi Mushkulot deyiladi.
Maqomlar to’la va yaxlit ijro etiladigan bo’lsa, dastlab ularning cholg‘u yo’llari, so’ngra ashula bo’limi shu’balariga o’tiladi. Cholg‘u bo’limlaridagi shu’balarning har biri mustaqil cholg‘u qismlari hisoblanadi va o’zlariga mansub bo’lgan maqomlar nomi bilan qo’shilib aytiladi. Masalan: ”Tasnif”, ”Tarji”, ”Gardun”, ”Muhammas”, ”Soqil”, ”Tasnifi buzurg”, ”Tarji rost”, ”Soqili Navo”, ”Samoiy dugoh”, ”Muhammasi Iroq”, ”Garduni Segoh” va hokazolar.
Har bir maqomdagi cholg‘u yo’llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik yoki jasoratbaxsh kayfiyatlarni qo’zg‘ata oladi.
Shashmaqomning ashula bo’limi Nasr deyiladi. Shashmaqom sistemasiga kirgan har bir maqomning cholg‘u bo’limi ijro etilganidan keyin uning ashula bo’limiga o’tiladi. Maqomlarning ashula bo’limiga aytilganidek bir necha shu’balar mavjud. Maqomlar ashula bo’limida birinchi qismiga kirgan shu’balar turkumiga saraxbor, talqin, nasr va ularning ufforlari ijro etiladi. Saraxbor, talqin, nasrlar o’z taronalariga ega.
Ashula bo’limining ikkinchi qismiga kirgan shu’balar gruppasiga saft, mug‘ilcha va turli maqomlarning o’ziga xos bo’lgan ba’zi ashula yo’llari kiradi. Ikkinchi qismiga kirgan shu’balarning talqincha, qashqarcha, soqiynoma va uffor deb aytiladigan shaxobchalari bo’lib saft bilan birin-ketin ijro etiladi. “Saraxbor”-Sar-boshlanish mazmunida mug‘ilcha, navo maqomlarining ashula qismlaridir.
Toshkent — Farg‘ona xalq og‘zaki musiqa an’analarida shahar qo’shiqchilik yo’nalishlari ko’proq rivojlanganligi tufayli ular oddiy, kuychan va ommaga tez yetib boradigan musiqiy xazinalardir. Agar Shashmaqom o’zbek-tojik xalq musiqasi deb qabul qilingan bo’lsa, Farg‘ona — Toshkent xalq og‘zaki musiqa yo’llari sof mahalliy o’zbek musiqiy an’analari turkumiga kiradi. Shashmaqomdan Chormaqom turkumi ajralmaydi, faqatgina nomi bilan ajralishi mumkin xalos. Masalan: Chorgoh I-II, va hokazo. Farg‘ona — Toshkent musiqiy merosida (chormaqomda) Dugoh-Husayn, Chorgoh-Bayot, Gulyor-Shaxnozlar o’rin olgan.
Buxoro Shoshmaqomida-Saraxbor, Talqin, Nasr, Ufforlar ijro etilsa Farg‘ona — Toshkent yo’nalishida Chorgoh I yoki Bayot I, II, III, IV, V va hokazo. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki maqomlar asosan xalq musiqa an’analari asosida kelib ularning tuzilishlari, usullari, kuylari boy xalq qo’shiqlaridan iborat.
Maqomlarni xalq ijodiyotidan ajratish bu ularni qiymatini yo’qotishni bildiradi.
Maqomlar — bu o’zbek xalq musiqa madaniyatining ajoyib yodgorligi bu musiqiy merosga kundan-kunga talab, ehtiyoj va qiziqish oshmoqda.
Xorazm maqomlari
Xorazm maqomlari o’zining tuzulishi bilan Buxoro maqomiga yaqin turadi. Xorazm maqomlarining Buxoroga Xivaga Mashhur san’atkor Niyozjon Xoji olib kelgan va Xorazm mahalliy san’atkorlari ularga ba’zi o’zgarishlar kiritganlar. Shashmaqomdan Xorazm maqomlarini farqi shundaki, unga yettinchi cholg‘u qismi qo’shilgan va unga Panjgoh deb nom qo’yilgan.
Xorazm maqomlarining qismi boshqa nomlari bilan aytilgan, ya’ni birinchi cholg‘u qismi manzum nomi bilan mashhur bo’lgan.
Xorazm maqomlariga Panjgoh XIX asrning boshlarida ba’zi bir qismlariga Xorazm ijrochilarining nomlari kiritilgan. Masalan: Peshroviy — Zanjiriy, Soqiliy — Feruz, Soqili — Sulton va hokazo.
Adabiyotlar.
1. Yu.Rajabiy. ”Musiqa merosimizga bir nazar” Toshkent 1978.
2. I.Rajabiy. “Maqom asoslari” Toshkent 1969.
3. T.Ye.Solomonova. ”O’zbek musiqasi tarixi”. Toshkent ”O’qituvchi”, 1981.