Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti



Yüklə 137,23 Kb.
səhifə7/9
tarix17.06.2023
ölçüsü137,23 Kb.
#132014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

6.Xulosalar

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jamoa bo’lib kuylash orqali o’quvchilarning hissiy bilimlarini rivojlantirishga, hayot uchun zaruriy bo’lgan tushunchalarni anglashlariga, Vatan haqidagi xususan, mamlakatimizning kelajagi ularning qo’lida bo’lishini ularga tushuntirgan holda , ularni bilim olishga butun jahon bolalari oldida o’zlarining bilimlari bilan raqobatbardoshlik ko’rsata olishlari lozimligini uqtirib, ularni ilhom bilan bilim olishga yo’naltirishimiz mumkin. Ammo bu tuyg’ularni o’quvchi yoshlarga singdirib borish uchun musiqa o’qituvchisidan tinimsiz izlanish, katta o’quv, pedagogik mahorat va tadbirkorlik talab etiladi.Shuning uchun ham baxtiyor yoshlarimizning mustaqil vatanimiz kelajagining munosib avlodlari qilib tarbiyalash jonkuyar o’qituvchilarimiz zimmasida turgan eng muhim va ma'suliyatli vazifadir.


Sir emaski XXI-asr yoshlarini bilim olish, dunyoning turli chekkalarida ro’y berayotgan voqea hodisalarni juda qisqa payt ichida eshitish, ko’rish, idrok qilish imkoniyatlari aloqa uzatish tarmoqlarining kundalik hayotimizga jadal suratlar bilan kirib kelishi hisobiga keskin ravishda oshdi. Bu degani, biz xohlaymizmi, yo’qmi yoshlar internet, uyali aloqa vositalari, radio televideniya kabi ko’plab axborot yetkazuvchi tarmoqlarga tez-tez murojaat qilishlari kuzatilmoqda. Yoshlarimizni ana shu intilishlarini, ana shu bilim o’zlashtirish uslublarini biz ularga bilim berish maqsadida yo’naltirsak, aynan shu intilishlaridan o’z maqsadlarimiz yo’lida foydalanishimiz mumkin. Bu deganimiz musiqa darslarida ular olish kerak bo’lgan bilimlar ba’zasini elektron darsliklar, turli uslubiy qo’llanmalar, dars ishlanmalari,uslubiy ko’rsatmalar hajmini keskin ko’paytirishimiz ya’ni internet tarmoqlariga kiritishimiz lozim bo’ladi. Darslarning zerikarli bo’lib qolmasligi uchun noan’anaviy uslublardan dadil foydalanishimiz kerak bo’ladi. Oliy, o’rta maxsus, yoki o’rta maktab tizimida na’munali, ijodkorlik faoliyati bilan dars tashkil qilayotgan mohir pedagoglar ishlarini internet, radio, televedeniya, matbuot yoki turli seminar, ochiq darslar orqali ularning ish uslublarini ommalashtirishimiz kerak. Yana shuni unutmasligimiz kerakki, faqat darslikda berilgan asarlar bilan cheklanibgina qolmay, jamoa bo’lib kuylash uchun xalq qo’shiqlari, ayniqsa, bolalar ijrosi uchun qulay bo’lgan kuy tuzilishi diapozoni uncha katta bo’lmagan, “Chamandagul”, “Olmacha-anor”,”Hey, lola”, “Lola lolajon”, “Yallama yorim”, kabi ko’plab asarlarni darslardakuylash uchun dadil kiritishimiz lozim bo’ladi. Bu BMI bilan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni hurmat qila oladigan, bu ma’naviy boyliklardan bohabar, hamda an’anaviy musiqamizga qiziqish va e’tibor bilan qaraydigan ruhda tarbiyalay olishimiz mumkin bo’ladi.

Yüklə 137,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin