Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti



Yüklə 137,23 Kb.
səhifə8/9
tarix17.06.2023
ölçüsü137,23 Kb.
#132014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

GLOSSARIY
ARIYA(ital. aria) —opera, oratoriya - yoki kantatada tugallangan lavha. Odatda orkestr jo‘rligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qo‘shiq va romansga nisbatan birmuncha murakkab, ko‘p qismdan tuzilgan.
ALLA — bolani uxlatish jarayonida yakkaxonlik uslubida aytiiadigan qo‘shiq.
O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan.
AKKORD (lot. accordo —uygunlashtiraman) — turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib sadolanishi, asarlarning aksariyati tertsiya intervali bo‘ylab joylashgan holda (o‘zgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil qiladi.
ANSAMBL (frans. ensemble —birlik, uygunlik, ohangdoshlik) —musiqada — a) ma’lum musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi. ARTIST (frans. artiste — bilimdon; lot. ars, artis — kasb, hunar, san’at) —dramatik spektakli, kinoda rollar, opera va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi.
ARPEJIO (ital. arpeggio — arfada chalish) — ko‘pincha past tovushdan boshlanadigan akkord tovushlarining ketma-ket ijro etilishi. Asar ko‘’proq arfada, shuningdek fortepiano kabi cholgularda keng qo'llaniiadi.
ARTIKULATSIYA (lot. artikilo) - musiqada: asami sozda yoki ovoz bilan ijro etish usuli. A.-ning asosiy turlari: legato (tovushlarning o‘zaro bog‘lanishi) va stakato (tovushlarni uzib-uzib sadolash). Ulardan tashkari portamento, glissando kabi A., ifodalari ham bor. A. ijrochining harakatlari (cholg‘uni ushlashi, qo‘li, butun vujudi va yelkalarining harakati, barmoq bo'sishi va bo‘shatishi)ga bog‘liq; BARITON (ital. baritono, n.barus — vazmin, past; ton—tovush) — 1) yakka xonandalar ovozining bir turi, balandligi jihatidan bas bilan tenor oralig'ida. Diapazoni katta oktavadagi “lya” bilan birinchi oktavadagi “sol” o‘rtasida. Lirik va dramatik turlarga bo‘linadi.
DIAPAZON [n. dia pason - barcha (to‘nlar) bo‘ylab] —musiqada— soz, xonanda ovozi yoki har bir kuy, qo'shiq, umuman barcha ' musiqa asarlarining pastki va yuqori tovushlari oralig‘i.
DIATONIKA (dia. va ton) — 1) yetti tovushli musiqa tizimi; tovushlari sof kvintalar bo‘ylab joylashtirilishi mumkin bo‘lgan. D.ning pog‘onama - pog‘ona izchilligi odatda ton va ayrim tonlardan tashkil topadi
DIAFRAGMA (n. diaphragma —to”siq) (anatomiyada) — ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i o‘rtasidagi muskul-paydan iborat to‘siq;odam va hayvonlaming ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turadi. D. qisqarib kengayadi. Qisqarganida ko‘krak qafasining kengayishiga, nafas olishni yengillashtirishga imkon beradi.Ko‘krak qafasi qisqarganda D. yuqoriga ko'tarilib, ko‘krak qafasini toraytirishda qatnashib, nafas chiqarishga yordam beradi. Bulardan tashqari, yakka faoliyati, qon aylanishida ham D.ning ahamiyatibor.
DOMINANTA (lot. dominantis —ustuvor) — (musiqada) majorminor tizimidagi tovush qatoming 5-pog‘onasi va shu pog‘onada tuzilgan akkord turi.Y raqami yoki lotincha D harfi b-n belgilanadi. Yevropa ko'povozlik tonal musiqasida muhim garmonik funksiyasi bo‘lib, musiqa bayonining tonika (asosiy tayanch parda) ga intilishini kuchaytiradi.
DISKANT (lot. cantus —kuylash) — 1) bolalar (odatda, o‘g‘il bola!ar)ning baland ingichka ovozi DISGARMONIYA (dis... va garmoniya), musiqali — garmoniya uyg‘unsizlik, hamohangsizlik.
DISSONANS (lot. dissono -uyg‘unlashmay, moslanmay ingrayman) (musiqada) — tovushlaming bir-biriga nisbatan hamohangsiz yangrashi.
GIMN (n. hymnos) — tantanavor qo‘shiq, she’r. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha’niga maqtovlar (hamdlar tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bag‘ishlangan G.lar paydo bo'lgan. Davlat Madhiyasi.
IMPROVIZATSIYA (lot. Improvisus) tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; Musiqada I.ning ikki asosiy turi mavjud. An’anaviy (og'zaki an’anadagi) musiqada, shu jumladan, o‘zbek musiqa merosida muayyan kuyni I. tarzida talqin etish — musiqa ijrosining asosiy shakilaridan biri hisoblanadi.
INTERVAL (musiqada) — ikki toyushning past-balandlik (o‘mi tebranishlaming miqdori) jihatidan o‘zaro nisbati. Tovushqatorning qamragan pog‘onalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi b-n (prima, sekunda, tertsi, kvarta va h. k.) ataladi. INTONATSIYA (lot. Intono — baland talaffiiz qilaman) (tilshunoslikda)— nutqning ohangi, uning maromiy musiqiy tomoni; tovushning navbatma navbat ko‘tarilishi va tushishi. I.nutqning sintaktik ma’nolari (darak,so‘roq, buyruq)ni ham ifodalaydi.
INTONATSIYA (musiqada) — l)o‘zaro bog‘langan bir necha ma’noni anglatuvchi nazariy- estetik tushuncha, ohang,kuy manbai. Keng ma’noda — badiiy obrazni musiqa tovushlari yordamida ifodalash. Musiqadagi I. balandlik jihatdan (notalar vositasida) belgilanishi va ma’lum lad tizimiga asoslanishi b-n nutq I.sidan farq qiladi.
KALIT (musiqada) — besh qatorli nota yo!lining birortasiga qo‘yiladigan maxsus belgi. K. aynan shu chiziqda joylashgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barcha chiziqdagi notalarda ifodalangan tovushlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, «sol » («skripka»), «fa» («bas»), ba’zida «do» («alt», «teno0> va b.) K. lari qo'llaniladi.
KANTILENA (lot. cantilena - kuylash) — 1) ravon va ohangdor rivojiga asoslangan vokal yoki cholg‘u kuyi; 2)musiqa asari ijrosida kuychanlikning yetakchi omil bo‘lib chiqishi.
KANTATA (lot. cantare — kuylamoq)— yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga mo‘ljallangan musiqa asari.
KONTRALTO (ital. contralto) — ayol xonandalarning past (nisbatan yo‘g‘on) ovozi. Diapazoni kichik aktava “fa” dan ikkinchi aktava “fa”gacha
KONSERT (lot. concerto —musobaqalashaman) — 1) oldindan e’lon qilingan dastur asosida san’atkorlaming maxsus joy (zal, sahna) da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etish.
KONSERTMEYSTER (nem. Kopsertmester— konsert ustasi) — 1)simfonik orkestmi yetakchi skripkachisi, sola musiqa parchalarini ijro etadi, ba’zan dirijor vazifasini ham o‘taydi. Torli ansambl (kvartef, kvintet va b.)larda, odatda, badiiy va musiqiy rahbar hisoblanadi; 2) simfonik va opera orkestrlaridagi torli sozlar (alt, violonchel va bas.) guruhlarining yetakchi sozandasi; 3) ijrochi-san’atkor (xonanda, sozanda, balet artisti va b.) ga jo‘rnavoz pianinochi.
LIGA — nota yozuvida yoysimon belgi. Turli balandlikdagi bir necha tovushni bir-biriga bog‘Iab, yondosh musiqa tuzilmalaridan ajratib, uzluksiz ijro etishni, shuningdek, bir balandlikdagi qo”shni notalar davomiyligini birlashtirib oshirishni, vokal musiqada bir bo‘g‘in bilan ijro etiladigan tovushlami ko'rsatadi.
METR (musiqada) — ritmik tuzilmalaming hajmi va sifatini belgilovchi, kuchli va kuchsiz (yoki uzun va qisqa) hissalarning muayyan tartib va o‘lchamlarda izchil almashinuviga asoslangan badiiy vaqt o‘’lchovi.
MELODIYA (n. melos — ohang, qo‘shiq va ohang — kuylash) — aynan kuy. MELIZMLAR (n. melisma—qo‘shiq, kuy), ornamentika, musiqa bezaklari — vokal va cholg‘u musiqada muayyan shaklga (mas, trel, forshlag, va b.) yoki erkin tarzda qochirim, nola, qilish) barcha ohang bezaklari, kuyning asosiy pog'onalarini o'zgartiradigan qo'shimcha tovushlar.
PASSAJ (frans. passage — o‘4ish, yo‘l) musiqada — tez o°tib ijro etiladigan, odatda, gamma yoki arpejioga asoslangan tovushlar izchilligi. Ko‘pincha virtuoz asarlarda uchraydi.
PAUZA (n. pausis— to'xtash, tugash)— musiqa asari ijrosida bir, bir necha,ba’zan barcha ovozlaming muayyan vaqt to‘xtatilishiga sababbo‘ladi.
REGISTR (lot. registrum — ro‘yxat) musiqada —^Xonanda ovozining muayyan registr tovushlari bir usulda (Mas,ko‘krak. bosh yoki aralash rezonator yordamida) chiqariladi.
REPRIZA (frans. repris — takrorlash, qayta ijro etish) musiqada — mavzuning (uning rivoj bosqichidan keyin) yoki musiqa asari biron bo‘limining (boshqa bo'limlaridan so‘ng) takrorlanishi.
RECHITATIV (ital. recitare — ovoz chiqarib o‘qimoq) — oddiy yoki badiiy nutq, intonatsiya va ritmikasini ifodalashga asoslangan vokal musiqa turi
ROMANS (ispancha romanice — romancha, roman tiliga oid) — kamer musiqa janri, cholg'u ijrochiligida yakkaxon xonanda ijrosiga mo‘ljallangan musiqiy she’riy asar. SOLO (lot. solus — bir, yakka) — yakka xonanda yoki yakka navoz sozandaga mo‘ljallangan musiqa asari yoki yaxlit asar parchasi.
SOPRANO (ital. sopra — yuqorida so'zidan) — xonandaning yuqori ovozi. Diapazoni birinchi oktava « d o » dan uchinchi oktava « d o » — « m i » gacha (ayollarda), ikkinchi oktava « 1 у а » gacha (bolalarda). S. boshqa ovozlardan « b o s h » registr ustunligi b-n farqlanadi
ТАКТ (lot. tactus — tegish so'zidan)— metr birligi; kuchli va kuchsiz hissalarning almashinuviga asoslanib, kuchli hissadan boshlanadi.
TENOR (lot. tenor — ovozning tekis harakati) — erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi. Birinchi aktava “do”dan ikkinchi aktava “sol, lya”gacha. VOKAL MUSIQA - kuylash uchun moMjallangan musiqa. Vokal musiqa yakka, ansambli hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholg'ulari jo ‘rligida yoki umuman jo‘rsiz (masalan: katta ashula, va kapella xorlari kabi) ijro etiladigan asarlar kiradi.
VOKALIZ (lot. vokalis — unli tovush; sadolanuvchi, kuylovchi) —• so‘zsiz, unli tovushlarda kuylash uchun yaratilgan tovush yoki ovozmashqi.
VIRTUOZ (lot. virtus — jasorat, iste’dod) — o‘z san’atining ijro texnikasini mukammal egallagan (tub ma’noda— ijroviy qiyinchiliklarni mohirona yenga oladigan) san’atkor (sozanda, xonanda va b.).
FALCET (lot. falso — soxta so'zidan) — erkak ovozining yuqori registri. Tovushlar bosh chanog‘i rezonatori yordamida chiqariladi. Tembrida qo‘shimcha tovush (oberton)lar kamligi bilan asosiy registrlardan farq qiladi (nomi shundan).



Yüklə 137,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin