Shaxs aktsentuatsiyasini diagnostika qilish so’rovnomasi(K. Leongard)



Yüklə 54,11 Kb.
səhifə2/3
tarix18.01.2022
ölçüsü54,11 Kb.
#51381
1   2   3
2 Shaxs aktsentuatsiyasini diagnostika qilish so’rovnomasi

Ta’kidlar qatori.

1. Boshqalardan uni ajratib turadigan taqinchoq va kiyimlarni yaxshi ko’radi.

2. Yoqimsiz vaziyatlarni uzoq vaqt esda tutadi.

3. Hamma narsa o’zining qat’iy belgilangan joyida bo’lishini ta’minlashga intiladi.

4Tez jahli chiqadi.

5.Tashabbuskorlik - uning asosiy xususiyati.

6.Shunday bo’ladiki, uning kayfiyati biror jiddiy sababsiz ham o’zgaradi.

7.Ko’pincha passiv.

8.O’z hissiyotlarini yorqin va samimiy ifoda etishi bilan ajaralib turadi.

9.Uni jur’atsiz odam desa bo’ladi.

10.U ko’ngli bo’sh odam.

11.Kayfiyati ko’pincha a’lo.

12.Fikrlari antiqaligi bilan boshqalar fikrlaridan farqlanadi.

13,Notanish odamlar bilan osonlikcha muloqotga kirishadi.

14.Uni mag’rur odam desa bo’ladi.

15.Doim etti o’lchab, bir kesish qoidasiga rioya etadi.

16.Ba’zida o’z fikrlarini keskin va ortiqcha andishasiz bildiradi.

17.Murakkab vaziyatlardan ustamonlik bilan chiqib ketadi.

18.Kutilmagan qiliq qilib qo’yishi mumkin.

19.Har xil shartlar, axloqiy talablar bilan hamma narsani mujmallashtirib yuboradi.

20.Beminnat yordam ko’rsatishga moyil.

21.Aldash qo’lidan kelmaydi.

22.Kayfiyatiga qarab ish tutadi-yu, lekin me’yordan chetga chiqmaydi.

23.«Avval o’yla, keyin so’yla» qoidasiga rioya qilmaydi.

24. U real hayotdan biroz uzilib qolgan.

25.Muvaffaqiyat qozonishi uchun boshqalarga ma’qul tushadigan odam bo’lishga intiladi.

26.U birdan yangi ishga qo’l ura olmaydi, lekin hammasini tushunib olgach, ishni boshqalardan yaxshi bajaradi.

27.Qarorlari va harakatlari ishonchli hamda aniq ekani bilan boshqalardan farqlanadi.

28.Jamoada doim etakchilikka da’vo qiladi.

29.U qiyin vaziyatlardan chiqish yo’lini tezgina topadi.

30.Vaziyat o’zgarishi bilan uning harakatlari ham o’zgaradi.

31.Yon bosish va bo’ysunishga moyillik bildiradi.

32.Har xil mish – mishlarga osongina ishonib qo’ya qoladi.

33.Mas’uliyatni o’z zimmasiga olishdan o’zini olib qochadi.

34.Qondan qo’rqadi.

35.Dangallik va ochiqlik uning tabiatiga xos.

36.Ko’pchilikning qarashlariga zid keluvchi fikr tarafdori bo’lishi mumkin.

37.Boshqalar bilan muloqot qilishda o’zining hatti – harakatlari qanday bo’lishini tahlil etadi.

38.Obro’sini yo’qotishdan qo’rqmay, uzoq vaqt o’z qarashlari va g’oyalarini himoya qilish uchun kurash olib borishi mumkin.

39.Qat’iy qaror qabul qilishga qiynalib uzoq mulohaza yuritadi.

40.U g’alaba qozonish raqibining kuchiga emas, eng avvalo o’zining matonatiga bog’liq, deb biladi.

41.O’z vazifalariga jiddiy munosabatda bo’lmagan paytlari uchrab turadi.

42.Ba’zida bir necha kun, hatto, haftalab o’z olamiga «kirib ketishi» mumkin.

43Uning xulq atvori birinchi navbatda jamiyatda qabul qilingan me’yorlar bilan belgilab beriladi.

44.Vahima qilishga moyil.

45.Do’stlari bilan bo’lgan muloqotda o’ta ishonuvchan.

46.Intizomli, o’z burchiga sodiq.

47.Uning shiori – «Hamma qaysi tarafga bo’lsa, men ham o’sha tarafga».

48.U kamgap, zarurat tug’ilgandagina muloqotga kirishadigan inson.

49.O’z kayfiyatini osongina o’zgartirishi mumkin.

50.Urishib qolgan bo’lsa, yarashish tomon birinchi bo’lib qadam tashlamaydi.

51.Ko’pincha ishlarning bajarilishini erta – indinga yoki keyingi haftaning shu kuniga qoldiradi.

52.Hayotiy rejalar tuzib emas, real hayot kechirib yashashni istaydi.

53.Jamoaning «yuragi» bo’la oladi.

54.O’ziga nima keragini ba’zida o’zi ham bilmaydi.

55.Shovqin–suronli davralarni yoqtirmaydi, ulardan o’zini olib qochadi.

56.Badiiy did sohibi.

57.Boshqalarning unga bo’lgan munosabatini juda nozik his etadi.

58.Uni hafa qilish oson.

59.Maqsadga erishish uchun sinalgan usul va vositalardan foydalanishni ma’qul ko’radi.

60.Mehnatda ishni qanday qilib yaxshiroq, tezroq, kam vaqt va kuch sarflab bajarish mumkinligini ko’p o’ylaydi.

61.Uni boshqalar diqqatini jalb etadigan odam desa bo’ladi.

62.Uni birovdan uzoq vaqt xafa bo’lib yuradigan odam desa bo’ladi.

63.Uni narsalarning mayda-chuydalariga ko’p e’tibor beradigan odam desa bo’ladi.

64.Uni o’ylamay ish qilib qo’yadigan odam desa bo’ladi.

65.Uni doim kelajakka umid bilan qarovchi odam desa bo’ladi.

66.Unda goh o’ta umidvorlik, goh o’ta umidsizlik kuzatiladi.

67.Uni kelajakka umidsizlik bilan munosabatda bo’luvchi odam desa bo’ladi.

68.Uni hissiyotga juda beriluvchan odam desa bo’ladi.

69.Uni o’ta xavotirlanuvchan odam desa bo’ladi.

70.Uni haddan tashqari tinchliksevar odam desa bo’ladi.

71.Uni kirishimli, odamshinavanda odam desa bo’ladi.



72.Uni yakkalanuvchan, odamovi odam desa bo’ladi.


Yüklə 54,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin