Shaxs va alturizm masalasi


Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi



Yüklə 46,1 Kb.
səhifə4/10
tarix06.03.2023
ölçüsü46,1 Kb.
#86901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Shaxs va alturizm masalasi

4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Ko’rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyalari sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dizpotsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining motivatsiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli ko’rs bor deylik. Shu ko’rsni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali ko’rs boshlanmasdanoq yosh talabalarga shu ko’rs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu ko’rs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semetr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘p ovqat iste‘mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.

Yüklə 46,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin