Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o`z - o`ziga bo`lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti -harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir.
Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot.
Xarakterning fiziologik asoslari
Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) – markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funktsional o`zgarish: ruhiy kasallikning bir turi.
Konformlik – (lotincha conformis - o`xshash, mos) – individning gurux fikrlariga tashqi tomondangina qo`shilib, ichki tomondan esa qo`shilmay o`z fikrida qolishi, guruxga ongli ravishda moslashishi.
Moyillik – shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug`ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma’lum darajada asos bo`lishi ham mumkin.
Xarakter strukturasi
Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo`ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar;
Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o`z-o`zini tuta bilish kabilar.