U kishining hayot sharoitlarga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o`ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo`ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog`liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo`ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishi emas, balki diqqatning to`plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo`r berishga va shu kabilarga bog`liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog`liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin.
Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko`pchilik tomonidan qabul qilgan xatti – harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida nomayon bo`ladi. Boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda namoyon bo`ladi.
Shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rta sistemasi farqlanadi.
1. Kollektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik)
2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, mehnatga ma’sulyat yoki ma’sulyatsizlik bilan munosabatda bo`lish va shu kabilar).