Kompyuter ekspert tizimi tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilarning tarbiyaviy hamkorliklari natijalarini loyihalashtirish va maqdoriy baholash uchun yaratilgan. Kompyuter dasturi yordamida guruhlar tarbiyalanganligi va uziga xos xususiyatlarining darajasi bilan tarbiyachining xohishi va imkoniyatlari qiyoslanadi. Ekspert tizimining vazifasi bulib, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar turli tiplarini qushish orqali qanday natijalarga erishish mumkinligini mantiqan oldindan aytishni belgilash hisoblanadi.
Tarbiyaviy jarayonda hamkorlik texnologiyasi:
Hamkorlik texnologiyasi – bu tarbiyaviy jarayonda shaxs moslashuviga asoslangan pedagogik texnologiyadir. Bu texnologiya uzida insonparvar falsafa, psixologiya va pedagogikani mujassam etadi. Hamkorlik texnologiyasi markazida uz imkoniyatlarini (uzini namoyon etishni) maksimal darajada ruyobga chiqarishga intilgan nodir shaxs turadi. Bu yangi tajribalarni uzida in’ikos etuvchi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishga qobiliyatli bulgan shaxsdir. Hamkorlik texnologiyasi shaxs xususiyatlari, uning shakllanishi kimningdir buyurtmasi asosida emas, balki uzining tabiiy qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishiga asoslanadi. Hamkorlik texnologiyasi har bir shaxsning individual xususiyatlariga mos keluvchi tarbiyaning metodlari va vositalarini tadqiq etadi. Hamkorlik pedagogikasi shaxsga yondashuvdagi an’anaviy texnologiyaning avtoritar, uz qiyofasini yuqotgan, jonsiz kurinishiga muhabbat, g‘amxurlik, hamkorlik muhitini, shaxsning ijodi va uzini namoyon qilishi uchun yaratilgan sharoitlarni qarama-qarshi quyadi.
Hamkorlik pedagogikasi 80-yillardagi eng muhim pedagogik umumlashmalarni uziga qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. U ta’limdagi kuplab innovatsion jarayonlarni hayotga qaytardi. Hamkorlik pedagogikasini nazariy jihatdan asoslashda K.D. Ushinskiy, N.P. Pirogov, L.N. Tolstoy, S.T. SHatskiy, L.V. Suxomlinskiy, A.S. Makarenko, J.J. Russo, YA. Korchak, K. Rodjers, E. Bern kabi mutaxassislarning g‘oyalaridan foydalanildi. XX asrning 20-yillarida hamkorlikda ta’lim berish va tarbiyalash g‘oyasi ishlab chiqilgan edi. U Djon Dyui falsafasida ilgari surilgan ta’limga pragmatik yondashuvning muhim elementi hisoblanadi. Mazkur texnologiyaning dastlabki tavsifi matbuotda 1970 yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida dunyoning turli mamlakatlari - Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstriya, Gollandiya, YAponiya, Isroilda paydo buldi. Hamkorlikda ta’lim berish va tarbiyalashning asosiy g‘oyasi amerikalik pedagoglarning uch guruhi: R. Slavin, Rodjers va Devid Djonson, Djon Arensonlar tomonidan mukammal ishlab chiqilgan edi. Amerika, Isroil va Evropada ishlab chiqilgan hamkorlik nazariyalari ma’lum darajada uzaro farqlanadi. Ammo ularni umumiy prinsiplar va yondashuvlar birlashtirib turadi.
Amerikada hamkorlik texnologiyasi ayrim kunikmalar, malakalar, tushunchalar va akademik bilimlarni shakllantirishni kuzda tutgan edi. Isroil va Evropada esa bu texnologiya faoliyatni loyihalash, munozaralarni tashkil etish bilan bog‘langan edi. YAxlit texnologiya sifatida hamkorlik pedagogikasini «jozibali» texnologiyaning alohida tipi sifatida qarash zarur. U yangi pedagogik tafakkurning umumlashmasi, ilg‘or g‘oyalarning manbai hisoblanadi.
Hamkorlik texnologiyasi uz kvalifikatsiyasiga ega: Qullanish darajasiga kura: umumpedagogik.
Falsafiy asosiga kura: insonparvar.
SHaxs tuzilishiga yo`nalganligiga kura: har tomonlama uyg‘unlik.
Mazmun xarakteriga kura: urgatuvchi va tarbiyaviy, dunyoviy, insonparvar, umumta’limiy, ta’sirli.
Boshqarish tipiga kura: kichik guruhlar tizimi.
Tashkiliy shakllariga kura: akademik va tugarakli, individual va guruhli, tabaqalashtirilgan.
SHaxsga nisbatan yo`nalganligiga kura: insoniy – shaxsiy, sub’ekt – sub’ektli).
Ustunlik metodiga kura: muammoli – izlanuvchan, ijodiy, dialogik, uyinli.
Qamrov kategoriyasiga kura: ommaviy.