5. Ko‘chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo‘yicha: ketma-ket, boshidan-
oxirigacha, bir vaqtda, guruhli, shartli, ko‘chirishli va ko‘chirish qiymati signalini
xotirada saqlovchi jamlagichlarga.
Bir xonali kombinatsion jamlagich – kirish yo‘llariga qo‘shiluvchilarning
kodlari bir vaqtda berilish bilan chiqish yo‘llarida yig‘indi va keyingi (katta)
xonaga ko‘chirish qiymati signalini hosil qiluvchi qurilma. Qo‘shiluvchilarning
signallaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion
jamlagichning chiqish
yo‘lidagi yig‘indi qiymati yo‘qoladi.
Bir xonali to‘plovchi jamlagich – xotirlash elementlari (odatda triggerlar)
asosida ko‘riladi. Kirish yo‘liga ketma-ket berilgan qo‘shiluvchilarning kodlari
jamlagichda yig‘indi ko‘rinishida to‘planadi va signallar berilishi to‘xtatilsa ham
unda saqlanadi.
Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha jamlagichlar ketma-ket va
parallel jamlagichlarga bo‘linadi.
Ko‘p xonali ketma-ket jamlagich qo‘shiluvchilarning ketma-ket kodini ular
yig‘indisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko‘p xonali sonlarni qo‘shish
kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar bo‘yicha bajariladi.
Parallel jamlagichlar – parallel jamlagichlar soni qo‘shiluvchilar
xonalarining soniga teng bo‘lgan bir xonali jamlagichlar asosida ko‘rilib, unda
qo‘shiluvchilar kodining hamma xonalari bir vaqtda ishlanadi.
Ishlatiladigan bir
xonali jamlagichlarning xiliga qarab kombinatsion va to‘plovchi parallel
jamlagichlar bo‘ladi.
Kombinatsion jamlagich asosida to‘plovchi jamlagichlarni tuzish xotirlash
registrlarining ishlatilishini taqozo qiladi.
To‘plovchi jamlagichlarda qo‘shish jarayonining
yana bir usuli guruhli
ko‘chirishni tashkil qilishdir. Bu usulga binoan jamlagich xonalar guruhiga
ajratilib, har bir guruh bilan bitta kon’yunktor bog‘langan bo‘ladi. Son xonalari
jamlangandan so‘ng jamlagichlarning trigerlar guruhi «1» holatida bo‘lsa,
kon’yunktor ochiladi. Bu holda trigerlar guruhidan uzatilgan ko‘chirish
qiymati
signali bu kon’yunktordan o‘tadi.
Natijani ketma-ket to‘plashni talab qiluvchi amallarni (masalan ko‘paytirish,
bo‘lish) bajarishda qo‘shishni tezlatish uchun ko‘chirish qiymati signallarini
xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagichlar ikkita registrdan
iborat bo‘lib, birida qo‘shishning
oraliq natijasi saqlansa, ikkinchisida ko‘chirish
qiymati saqlanadi.
Shartli ko‘chirishni tashkil qilish uchun jamlagich ikkita teng qismga
bo‘linadi va katta xonalarida birlashtiruvchi qismi takrorlanadi. Shartli ko‘chirishli
jamlagichlarda ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi vaqti nisbatan ikki marta
kamayadi.
Sinxron jamlagichlar xuddi parallel jamlagichlardek, bunday jamlagichlarda
istalgan ikkita
sonni jamlash uchun eng katta, ya’ni eng qiyin holatda kerak
bo‘ladigan vaqt ajratiladi va bu vaqt ko‘pincha samarasiz ishlatiladi.
Istalgan ikkita sonni jamlash uchun kerakli vaqtda ajratiladigan jamlagichlar
asinxron jamlagichlar deb yuritiladi. Bu jamlagichlarda maxsus zanjirlar mavjud
bo‘lib, ular ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi tugallanganlagini aniqlaydi.
Bu tipdagi jamlagichlar umumiy ishlarga mo‘ljallangan EHMlarda ishlatiladi.
Masala yechilishi vaqti qat’iy belgilangan va son kodlariga bog‘liq bo‘lmagan,
ixtisoslashtirilgan EHMlarda asinxron jamlagichlarning ishlatilishi noo‘rin
hisoblanadi.
Registr - har xil uzunlikdagi
yacheyka xotirasining tezligi, registr1, ikkilik
so‘z razryadiga ega. Registr2 esa so‘z razryadligiga ega. Registr1
operatsiya
bajarganda, shu operatsiyaga qatnashgan birinchi son joylashadi, operatsiya
tugagandan so‘ng natija e’lon qilinadi. Registr2 da operatsiyada qatnashuvchi
ikkinchi son (operatsiya tugash vaqtida axborot o‘zgarmaydi). Registr1
ma’lumotlar shinasi kodlardagi axborotlarni qabul qiladi va ularga axborotni
yetkazib beradi. Registr2 shu shinalardan axborotni qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: