kompyuterning ishchanligini oshiruvchi,
antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va
boshka dasturlardir.
Shunday kilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha
tasvirlash mumkin.
Operatsion tizim (OT).
Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o‘rinlar va
xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi,
bajarish uchun
boshka dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan
qulay muloqotni(interfeysni) ta’minlaydi.
Drayverlar.
Ular
OT
imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Jumladan,
kompyuterning kiritish - chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va
boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga
yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda
foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko‘plab OTlar mavjud:
- UNIX;
- MS DOS;
- OS/2;
- WINDOWS 95;
- WINDOWS NT;
- WINDOWS 98;
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa
ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab
bo‘lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi,
ya’ni
uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur
yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya
qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bo‘lmagan dasturlarni kiritish va ular
bilan ishlash mumkin bo‘lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni
xam yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi,
xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zaruriyat paydo
bo‘ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga
erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion
tizim ishlab chiqildi va u
disk operatsion tizimi (DOT)
deb nom oldi.
DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki
xotiradagi fayllarni diskka
yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda
fayllarni o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa
olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini
alohida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni
saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar
bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan
parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo‘lishi
bilan OTlar xam o‘zgardi. qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab emas,
balki yuzlab, xatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli
fayllar nomida xam anglashilmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Ana shunda
DOTlar xam ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo‘luvchi va
ushbu kataloglarga xizmat ko‘rsatuvchi vositalar (kataloglar
orasida fayllarni
ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday kilib,
disklarda faylli struktura paydo buldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish
vazifasi esa OTga yuklanadi. qattiq disklar yanada katta o‘lchamlarga ega bo‘lishi
bilan OT ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lishni xam «o‘rganib» oldi.
Ular bir yangi paydo bo‘layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan
yanada yaxshi, unumliroq foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan
ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi
MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish
bosqichlarini bosib utdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi
«vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda
kompyuterga yakinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar
xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar)
yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda
ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar
majmuasidan iborat OT-
tarmoq
operatsion tizimi
deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni
ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat
ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha
utilit
lar deb atashadi.
Utilit
lar
- bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis,
apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshkalar)
mo‘ljallangan dasturlardir.
Dostları ilə paylaş: