Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti va vazifalari


Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash



Yüklə 193,77 Kb.
səhifə20/21
tarix25.12.2023
ölçüsü193,77 Kb.
#196934
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari

Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash.
Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulashimizdan maqsad bizga kerak bo’lgan hamma funksiyalarni faqat kompyuterni o’zi bajara olmaydi,shuning uchun kompyuterimizga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulanadi.Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulashimiz uchun bizga ulamoqchi bo’lgan qurimamiz kerak bo’ladi va anashu qurilmaning drayveri kerak bo’ladi.Drayver-Operatsion tizim va qurilmani bir biriga tanishtirib qo’yuvchi dastur hisoblanadi.Ulamoqchi bo’lgan qurilmamiz printer bo’lsa bizga anashu printerning modeliga mos tushadigan drayveri kerak bo’ladi.Qurilmani kompyuterga ulaymiz va kompyterga qurilmani drayverini o’rnatamiz va qurilmani ishlayotganini tekshirib ko’ramiz.


Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir (2.1-rasm). Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash
chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi
shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.


Ona plataning chipsetlari bilan tanishish
Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam orasida
mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqa
metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlab
chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy qurish
tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasida
chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini
oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.



Yüklə 193,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin