Aniqlangan manzil Nmap dasturiga qo’yiladi. Buning uchun dasturda “Nishon (Цель - Target)” qismi mavjud bo’lib, u tekshirilishi lozim bo’lgan sayt manzilini qabul qiladi. So’ngra “Skanerlash” tugmasi bosiladi. Bundan oldin “Profil” qismidan bizga kerakli bo’lgan skanerlash turi tanlanadi.
Skanerlash profillari
“Skanerlash” tugmasi bosilganidan so’ng, dastur biz kiritgan manzilni tekshirish boshlaydi. Tekshirish “Nmap Done” xabari chiqmagunigacha davom etadi.
Skanerlash jarayoni
Dasturning asosiy oynasida skanerlash jarayoni tugaguniga qadar barcha xabarlar ketma-ketligi berib boriladi.
Skanerlash yakunlangan holati
Dasturning “Portlar (Ports - Порты)” bo’limida biz skanerlagan sayt o’rnatilgan hostdagi ochiq yoki firewall yordamida bloklangan portlar ro’yhati, ulardan foydalanuvchi xizmatlar, portlar holati, protokoli va versiyasi haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
Portlar (Ports - Порты) bo’limi
Dasturning “Topologiya” bo’limida bizning tarmoq qurilmamizdan sayt faoliyat olib boruvchi hostgacha asosiy yo’nalishni ko’rishimiz mumkin.
Topologiya oynasi
“Uzel parametrlari (Getaway detail – Детали узла)” bo’limida hostda o’rnatilgan OT va skanerlashning umumiy natijalarini ko’rish mumkin.
Uzel parametrlari bo’limi
Dasturning asosiy oynasida saytdagi xavfsizlik parametrlari haqida to’liqroq ma’lumot olish mumkin. Masalan, ssl sertifikati, kalitlar haqida ma’lumot, ssh protokoli va hokazo.