3 Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash yo’llari
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanganlik holati sifatida tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mutanosibligiga rioya qilish;
xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha shaxs, jamiyat va davlatning o’zaro mas‘uliyatli bo’lishi;
xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o’zi, uning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo’lib, ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o’z bilimi, kasb, malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo’lgan intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga asoslanadi.
Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o’sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o’zgarishlar, bozor konyunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, jamiyatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi, tashqi tabiiy atrof-muhitning zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar tufayli vujudga keladi. Tahdidlar, shuningdek, turli davlatlar hamda ular bilan hamkorlik qiluvchi siyosiy va ijtimoiy hamkorlik kuchlari o’rtasidagi nizo, ziddiyat, qarama-qarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo’ravonlik alohida xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo’ravonlik inson shaxsini kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid solishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o’z ifodasini topadi.
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o’z oldiga noto’g’ri maqsadlar qo’yganligi, bilim, kasb-malaka darajasining pastligi tufayli kam haq to’lanadigan ishlarda ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod bo’lishi, ishsiz bo’lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki daromadi kam bo’la turib bolalari ko’p bo’lishi, qariganligi va turli kasalliklar hamda shikast olganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo’qotganligi, boquvchisidan ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo’ladi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol o’ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va tadbirkorligini o’stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-korlik turlarini hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta‘minlashga;
mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga;
ta‘lim, ijtimoiy sug’urta, sog’liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo’li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan zarur kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik darajasi bo’yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish hamda aholining to’lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o’sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta‘minlash ko’plab omillarga bog’liq bo’lgani holda, ularni shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy jarayonlarning yuz berishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari natijasida paydo bo’luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi borasidagi tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:
inflatsiya;
pensiya ta‘minoti muammolari;
iqtisodiyotning dollarlashuvi;
bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
aholining haddan tashqari ko’p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi jamg’armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar tomonidan banklarga qo’yilgan omonatlarning yo’qotilish xavfini vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, istiqbolda qarzdorlarning o’z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O’zbekiston fuqarolarining bank kreditlari bo’yicha qarzdorligi o’sib bormoqda. Olinayotgan
har to’rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag’al oilalar o’z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini bank kreditlarini to’lashga sarflamoqdalar.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF–4850-son1, 2017-yil 7-fevraldagi ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida‖gi PF–4947-sonli Farmonlarining qabul qilinishi2 mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishda, fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta‘minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Mazkur farmonlarda belgilangan chora-tadbirlar o’z navbatida ―2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi‖ hamda ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ Davlat dasturida o’z aksini topdi.
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo’ladilar. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Taraqqiyot strategiyasining adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida 53-maqsad Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta‘minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash darajasini 60 foizga yetkazishdan iborat etib belgilangan. Shuningdek, unda majburiy ijtimoiy kafolatlar bo’yicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, belgilangan ijtimoiy himoyaning qat‘iy ta‘minlanishini nazorat qilish, majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan, ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish vazifalari belgilangan.
Fuqarolik qonun hujjatlari Fuqarolik kodeksi, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun osti hujjatlaridan iborat. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |