Shaxsning hissiy- irodaviy-motivasion sohasi 8-mavzu. Irodava hissiyot Reja



Yüklə 403,92 Kb.
səhifə22/23
tarix05.04.2023
ölçüsü403,92 Kb.
#93479
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
8-мавзу

Axloqiy hislar odamning boshqa kishilarga, jamoa va o’zining ijtimoiy burchlariga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma'lum axloqqa, ya'ni ijtimoiy axloq-qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy hususiyatlariga hamda o’zining xatti-harakatlariga baho beradi.
Shaxsning yetakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish, korxona) manfaatlari nuqtai nazaridan turib, harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o’zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg’uradi. Kishilar hayoti va faoliyatida o’zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi.
O’rtoqlik munosabatlarining yuksak cho’qqisi do’stlik hissida namoyon bo’ladi. Do’stlik hissi o’rtog’iga mehribonlikda uni ko’rish u bilan gaplashish o’z fikr hislari bilan o’rtoqlashishda namoyon bo’ladi. Haqiqiy do’stlik hissi do’stga nisbatan yuksak talabchanlik bilan bog’liqdir. Xato va kamchiliklarni tuzatishga ham yordam berish, do’stlikka yaqin bo’lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy psixologik asosi hisoblanadi.
Agar odamning jamiyatdagi xatti-harakatlari axloq normalariga mutlaqo zid bo’lsa, odam vijdon azobiga uchraydi. Vijdon azobi murakkab hissiy holatdir. Mobodo odam biror axloqsiz harakat qilib, vijdon azobiga uchrasa, undan qutilishi juda qiyin bo’ladi. Chunki vijdon azobiga uchragan odam jamiyat oldida o’zining nohaqligini biladi va o’zini-o’zi so’roq qila boshlaydi. Shuning uchun odam o’zidan-o’zi qochib qutila olmagandek, vijdon azobidan ham hech qachon qochib keta olmaydi.
Ma'lumki, vijdon azobi kishining qalbida chuqur ichki kurash hissini tug’diradi. O’z xatti-harakatida axloq tamoyillariga amal qilmagan, uyati ham vijdoni bo’lmagan kishilarni "vijdonsiz" odamlar deyiladi. Kishi yomon bir ish qilib qo’yganligi bu kishining o’ziga munosib emasligini, anglashi bir tomondan vijdonini qiynaydi, vijdon azobiga soladi, ikkinchi tomondan axloq talablariga xilof ish qilish bilan boshqalardan malomatga qolishni, ularni o’rniga nisbatan salbiy xislat paydo qilishni ham tushunadi. Masalan, mazkur jarayonga quyidagi misolni keltirib o’tish joiz. AQSH prezidenti R. Trumen 1945 yili 6 avgustda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlashga buyruq bergan edi. Amerikaning birinchi darajali uchuvchisi Mayor Klod Izerli Xirosimaga atom bombasini tashlab 300 000 kishini yostig’ini quritishda ishtirok etdi. Atom bombasi zarbidan o’lgan yosh bolalarni qariyalarni, xotin-qizlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan Izerli vataniga qaytganda "Xirosima qahramoni"ni sifatida uni tantana bilan kutib olishadi.
Izerlini vijdon azobi kundan kunga battarroq qiynay boshladi. U vijdonini tinchitmoq uchun nafaqadan, hamma mukofatlardan voz kechdi, o’ziga berilgan ordenlarni qaytarib bermoqchi bo’ldi. Pul to’plab Xirosimaga yordam yubordi. Ammo vijdon azobi hamon uni ezardi, ta'qib qilardi, kechalari uxlolmasdan o’zini o’zi o’ldirishga urinib ko’rardi. Ammo natija chiqmadi, zora qamasalar, deb jinoyat qildi. Nihoyat Klod Izerli aqldan ozibdi, deb uni jinnixonaga yotqizdilar. Estetik hislar ham yuksak ahloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go’zallikni idrok qilish, go’zallikdan zavqlanish va go’zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo’lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog’ manzaralari yaylovlarda qo’y va qo’zichoqlarning o’tlab yurishlari, baland qorli qoyalarni uzoqlardan mag’rur turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug’diradi yoki xuddi dengizdek ko’z ilg’amaydigan ko’m-ko’k paxtazorlar uzoqlarda chiroyli bo’lib ko’rinib turgan dala tepaliklari odamda qandaydir ko’tarinki ruh tug’diradi.
Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san'atini aks ettirishiga qandaydir go’zallik yoki xunuklik fojiali yoki kulguli, oliyjanoblik va razillik, nozik yoki dag’al hodisalar sifatida munosabatda bo’ladilar. Bu hislar tegishli baholarda estetik didlarda namoyon bo’ladi va o’ziga xos badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi.
Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko’p va xilma-xildir. Masalan, tabiat manzaralaridan lazzatlanishdan tashqari tasviriy san'at asarlari, badiiy-adabiy asarlar, muzika va xaykaltaroshlik, arxitektura va me'morchilik ishlari ham odamda estetik hisni tug’diradi. Bundan tashqari odamlarning o’zaro bir-birlari bilan bo’lgan munosabat va muomalalari ham estetik hissiyotlarning manbalari bo’la oladi. Odamning kiyinishi, uyining tutishi, qanday jihozlanish, boshqalar bilan muomalasi ham estetik hislarimizning manbai bo’la oladi. Masalan, dag’al gaplashadigan kishidan odam nafratlanadi, aksincha muomalali, gapni o’rinli va madaniyatli qilib gapiradigan kishidan odam zavqlanadi. Shunday odamlarga taqlid qilgisi keladi. Umuman odamning estetik hissiyotlari ko’p manbalarga ega bo’lgan murakkab hissiyotlardandir.

Yüklə 403,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin