Tabiat (xarakter) - bu individual ruxiy xususiyatlar majmui. Insonda odatdagi sharoitlarda namoyon bо‘ladi va shunday sharoitlarda unga xos xatti-harakat usullarida ifodalanadi. Tabiatning umumiy kо‘rinishi shaxsning fuqarolik mas’uliyati, burchi, odamlarga va о‘z-о‘ziga munosabatida aks etadi. Inson tabiatining bu jihatlari (ijobiy va salbiy) 2.01- jadvalda keltirildi.
2- jadval
Inson tabiatining umumiy jihatlari
№
Shaxsning munosabat turi
Inson tabiatining jihatlari
Ijobiy
Salbiy
1
Fuqarolik mas’uliyati va burchga munosabat
Mehnatsevarlik, sof vijdonlik, qat’iyatlilik, tejamkorlik va h.k.
Palapartishlik, loqaydlik, isrofgarchilik va h.k.
2
Odamlarga bо‘lgan munosabat
Odamxurlik, muloyimlik, hayrihohlik va h.k.
Biqiqlik, farosatsizlik, ichiqoralik va h.k.
3
О‘z-о‘ziga bо‘lgan munosabat
Kamtarlik, subitlilik, tartiblilik.
Kalandimoqlik, maqtanchoqlik, о‘zini yuqori tutishlik.