Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari. O'zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma'naviy va axloqiy tarbiya qator omillar ta'siri ostida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko'rinadi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit xolga keltiradi.
O'zbek xalqining moddiy va maonaviy darajasining ko'tarilishi yangi axloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sosial bazasini kengaytiradi, shaxs ehtiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi.
Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi va bayrog'i hamda madhiyasiga muhabbat, insonpavarlik, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir.
Axloqiy tarbiyaning ba'zi asosiy sifatlari mazmunini tavsiflaymiz.
Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat uning himoyasiga tayyor turishlik, vatanning gullab yashnashi uchun mehnat qilishdir.
Fuqarolik burchi inson hayotiy faoliyatining barcha sohalaridagi ijtimoiy faoligini kuchaytiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy faoliyatda o'zining fuqarolik majburiyatlarini sidqidildan bajarishga rag'batlantiradi.
Talabalarda baynalmilal tuyg'u va baynalmilalchi sifatlarini tarbiyalash jarayonida ularning O'zbekiston xalqlarining milliy birligi, umumdavlat manfaatlarining ayrim viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini aloxida ahamiyatga ega.
Mehnatga mahsuliyatli munosabat Bu axloqning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mehnatga ma'suliyatli munosabatning asosiy belgilari: beg'arazlik, mehnat majburiyatlariga ongli, mahsuliyatli yondoshish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan ko'ra bilish, mustaqil qaror qabul qilish, jamoatchilik hamkorligi, o'rtoqlarga yordam ko'rsatishga tayyorlik, mehnat kishisining qadr-qimmati va sharafi tuyg'usini rivojlantrish.
Ongli intizom. Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish – shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam-ko'stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga, mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan xatti-harakat meyorlarida amal qilish tushiniladi.
Talabalarda intizomlilikni tarbiyalash ularning eotiqodini shakllantirish, umumiy madaniyatini o'stirish, muntazam mehnatga va vazifasini qathiy bajarishga o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo talabalarning amaliy faoliyatlarida, o'qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o'zaro taosir ko'rsatish usullari, xulq-atvor meyorlarini o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi.
Axloqiy ideali hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida, hayotiy nuqtai nazarida namoyon bo'ladi, talabalar tasavvurida barkamol shaxs va uning jamiyat bilan munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasavvur umumlashgan, saylangan, axloqiy faoliyatning dasturi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin.
Axloqiy ideal talabalarning hayotiy rejalrini shakillanishida muhim rol o'ynaydi. Ideal va hayotiy rejalarning o'zaro bir-biriga taosiri talabalarning axloqiy tuyg'u va irodasi, o'z-o'zini anglashning rivojlanish darajasi bilan bog'liqdir. Axloqiy ideallar talabalarning jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari to'g'risidagi tasavvurlarini aks ettirish barobarida bevosita ularning kasbiy intilishlari bilan bog'liqdir.
Axloqiy tarbiya yoshi va o'quvchining to'g'ri yo'nalishi olishi uchun hal qiluvchi taosir ko'rsatadigan muhitni (oila va do'stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi: inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur beradi.
Axloqiy tarbiya tizimida axloqiy odatlar alohida o'rinni egallaydi. Chuqur o'zlashtirilgan axloqiy me'yorlar bilan belgilanuvchi hatti-hatakat odatning ma'naviy sababiyatining barqaror ko'rsatkichidir.
Axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hatti-harakatlarni odatga aylanishidir. Axloqiy odatlarni tarbiyalashga qo'yiladigan pedagogik talab talabaning fe'l-atvori va ongining birligi va o'zaro aloqasiga asoslanadi.