Burishiq-tirishiq
soʻzi ham aniqlanmish olgan holda
insonning tashqi qiyofasini
anglatib kela oladi:
Burishq-birishiq yuz. Burishiq-tirishiq bashara.
Ayni shu soʻz
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan:
“Burushiq-tirishiq. Juda ham ajin bosgan, burushib, tirishib ketgan.
Skelet kabi nuqul
suyakdan iborat boʻlgan kichkina xotin, burushiq-tirishiq yuzi — olqindi sovun. Oybek,
Tanlangan asarlar
20
.
Yonoq soʻzi ham baʼzan tashqi qiyofani anglatib keladi: Yonoq suyaklari. Avaz
Matpanoga tikilib qoldi: u ozibdi, chakkalari choʻzilib, yonoq suyaklari turtib chiqibdi.
S. Siyoyev, Avaz. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi
tomida quyidagilar yozilgan: “Yonoq yuzning, betning boʻrtiq qismi. Uning
[Bashoratning] yuz-koʻzi otasiga tortgan edi:
qoshlari quyuq, qalin; yum-yumaloq
yonoqlari hamisha qizil. A. Muxtor, Opa-singillar .
Dogʻlik
yoki dogʻli soʻzlari ham tashqi qiyofani ifodalay oladi: Dog‘li yuz, dog‘li
bashara. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida
quyidagilar yozilgan: “ Dogʻlik, dogʻliq ayn. Dog‘li. Yulduzlar
Qarimsiq
soʻzi bilan ham tashqi qiyofa ifodalash mumkin: Qarimsiq yuz, qarimsiq
bashara. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi
tomida quyidagilar
yozilgan: “Qarimsiq - Qariga oʻxshab koʻrinadigan, qarilik belgilari aks etgan (asosan
yuz haqida). Uning qarimsiq va soʻniq... tirishib ketgan yuzida achinish ifodasi zohir
boʻldi, N. Qobil, Unutilgan sohillar. Shuning uchun basharasini halitdan ajin bosib,
qarimsiq boʻlib ketgan. F. Musajonov, Himmat”.
Aks soʻzining uchta maʼnosidan uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Aks
bola. Aks qiz. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida
20
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik 1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006.-B. 383. “ Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.455. Ikkinchi lugʻat. 1 -tom. -B.456. “ Ikkinchi lugʻat.
1-tom. -B. 45..
quyidagilar yozilgan: “Aks 3. sft. Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar,
qaysar. Aks bola” .
21
Qora
soʻzida oʻn uchta maʼno mavjud boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashqi
qiyofa ifodalashda faol qoʻllanadi: Qora soch. Qora yuz. Qora odam. U haqida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Qora 1. Rang-tusi
mavjud ranglarning barchasidan toʻq; qozonkuya, ko‘mir tusidagi; zid. oq. Qora qozon.
Qora soch. Qora koʻz. Qora siyoh. Moʻttixon.. bug‘doyrang, qora qosh ayol edi. S.
Zunnunova, Olov. Chasha qamishlari allaqachon yonib bitib, yog‘ochlarigina qora ko‘mir
boʻlib, chars-chars qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor”.
Suyak
soʻzining beshta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi tashqi qiyofa
ifodalay oladi: Suyak odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning
birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Suyak 4. sft. Juda oriq, ozgʻin, Suyak odam. Chol
seskanib, boshini koʻtardi, yigitni
quchoqlab, suyak qoʻllari bilan uning yelkasini siladi. Oybek,
Tanlangan
asarlar”.
Taqir
soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shunlardan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi,
beshinchi maʼnolari sifat turkumiga xos maʼno. Ulardan faqat toʻrtinchi maʼnosi tashqi
qiyofa ifodalab kela oladi: Taqir bashara. Taqir dahn. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Taqir 4. sft. Sochi,
juni, tuki yoʻq; tuksiz. ..baʼzi oʻrtoqlarning aldamchiligini ko‘rgan da, taqir dahanimga
soqol chiqib ketishiga oz qoldi. “Mushtum”. Jamshid shundoq deraza tagida, taqir gilam
ustida uxlab qoldi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi”.
21
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 62 6.
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.262.
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.68. “ Ikkinchi lugʻat.5-tom. -B.356-357.