Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#185774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Tirishiq
soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan ikkinchi maʼno tashqi qiyofa ifodalab 
kelgan: Tirishiq yuz. Tirishiq bashara. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Tirishiq 2. sft. Ajin bosgan
burushgan, tirishgan. Tirishiq yuz “ . 
Titroq
soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, ulardan ikkinchi va uchinchi maʼnolari sifat 
turkumiga oiddir. Ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Titroq yuz. Titroq 
lab. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Titroq 2. sft.. Titrab, qaltirab turadigan, titraydigan, titroqli; qaltiroq. Titroq qoʻl. Titroq 
oyoq. Muhammadjon uning titroq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat yetolmay, 
qoʻlidan choʻpishlatib oʻpdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Zamira uning titroq vujudi va haddan 
tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga pastroq engashdi. P. Qodirov, Uch 
ildiz” .
22
Chiroysiz
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab keladi: Chiroysiz yuz. Chiroysiz
koʻrinish. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Chiroysiz. Koʻrimsiz, xunuk”. 
Oʻksiz
soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalay 
oladi: O‘ksik yuz, O‘ksik koʻrinish. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Oʻksik 1. sft. Biror narsadan afsuslanib xafa 
boʻlgan; ezilgan; gʻamgin, qaygʻuli. Oʻksik koʻngil, Goʻdakning oʻksik yig‘isi Oysha 
opaga qattiq ta’sir etdi. M. Ismoiliy, Ozodlik gulini hidlagan kishi”. 
Katta
soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi bilan tashqi 
qiyofa ifodalashi mumkin: 
Katta odam.Katta bashara.
Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Katta .Yosh jihatdan 
ulug‘, yoshi ortiq. Katta oʻg‘il. U mendan katta. [Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz 
kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A, Qodiriy, O‘tgan kunlar. Katta 
22
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 37. 


xotin edi. Birinchi, bosh xotin. Katta qilmoq. Boqib, parvarish qilib oʻstirmoq, voyaga 
yetkazmoq. -Biz senlarni it azobida katta qildik-ku, — dedi shashtidan tushib Ibn Yamin. 
K. Yashin, Hamza”.
23
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlarning tuzilishi 
quyidagichadir: 
Sodda sifatlar: boʻshang4, qoshch6, suyak7, taqir8, yonoq9
2.Sodda yasama sifatlar: Ayanchli
24
, beqiz
25
2, beandaza3, bo‘yoqli4, belgili5, 
belgisiz6, bichimsiz7, boʻlimsiz8, beandaza9, benihoya10, titroq, chiroysiz12, o‘ksiz , 
burishiq14, dogʻlik yoki dogʻliq, qarimsiq16, tirishiq77. 
Z.Birikmali sifatlar uchramadi. 
4.Qoʻshma sifatlar uchramadi. 
Z.Takroriy sifatlar: boʻsh-bayov18, burishiq-tirishik19. 
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi 
salbiy maʼnoli sifatlar nisbatan olganda kam qoʻllaniladi. 
BOB BOʻYICHA XULOSA 
Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan 
soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir (chunki sifatga tegishli soʻzlar ko‘p 
boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin). 
O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashki qiyofa ifodalash ancha 
keng tarqalgan (yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda 
qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita 
ekan). 
23
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
333 -bet 
24
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.67; 
25
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.95; 


Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama 
sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni 
tashkil etadi. 
Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta 
maʼnosi tashqi qiyofaga xizmat qiladi. Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini 
aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar 
ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi. 
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday 
maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi. 
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy maʼnolarni 
anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari miqdoran sal 
kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi kiyofa ifodalovchi sifatlarga 
qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin