Shaxsning yo'nalganligini o'rganish reja


Javob varaqasi va jadval nomerlangan ish katakchalar bilan, qiziqishlar xaritasi javob varaqasi to'ldirish vazifasini to'g'ri tushuntiring



Yüklə 45,7 Kb.
səhifə5/7
tarix25.02.2023
ölçüsü45,7 Kb.
#85575
1   2   3   4   5   6   7
SHAXSNING YO\'NALGANLIGINI O\'RGANISH

Javob varaqasi va jadval nomerlangan ish katakchalar bilan, qiziqishlar xaritasi javob varaqasi to'ldirish vazifasini to'g'ri tushuntiring.
Ushbu so’rovnoma sinaluvchilarning u yoki bu faoliyat turiga qiziqish darajasini aniqlashga mo’ljallangan. Uning yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan holda yuqori sinf o’quvchilariga (8-9 sinflar) kasb tanlash, kasbga yo’llash masalalariga oid maslahatlar berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu so’rovnoma bilan ishlashda psixolog oldindan barcha sinaluvchilarga yetadigan miqdorda javob varaqasi tayyorlab olishi kerak bo’ladi. So’ng tadqiqotni sinaluvchilarga beriladigan quyidagi ko’rsatma bo’yicha amalga oshiradi. So’rovnoma matnini har bir sinaluvchiga alohida qilib berish ham mumkin, lekin ularning javob berish vaqti chegaralanganligi haqida ogohlantirib qo’yish kerak (15-20 daqiqagacha). Tadqiqot davomida sinaluvchiga qulay sharoitni yaratish, unga halaqit beruvchi omillarni bartaraf etish, psixodiagnostik tadqiqotlar olib borish talablariga qat’iy amal qilish lozim.
Ko’rsatma: «Sizning etiboringizga havola etilayotgan ushbu savollarning birontasini ham qoldirmay barchasiga quyidagi tartibda javob bering:
- agar sizga savolda berilgan mashg’ulot bilan shug’ullanish juda yoqsa, , unda javoblar uchun berilgan varaqadagi anketani shu savolning tartib raqami keltirilgan joy ostiga ikkita plyus "+ +" belgisini qo’ying;
-agar shunchaki yoqsa bitta plyus" +";
-savolda aytilgan mashg’ulotga befarq bo’lsangiz yoki biron nima deyishga qiynalsangiz —"O" ni;
-agar u mashg’ulot sizga yoqmasa bitta minus " - " belgisi quying.;
-agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko’rsangiz, unda ikkita minus" - -" belgisini qo’yasiz.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig‘ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g‘ridan-to`g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g‘ridan-to`g‘ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g‘ridan to`g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:
Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.
Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.
Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta’sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma’lumotlarga ega. Jamiyat taraqqiyotida bosh omil hisoblanuvchi, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo`lib hisoblanuvchi inson odam sifatida dunyoga keladi. Uning shakllanishi o`ziga xos xususiyatlari u yashab turgan jamiyatda tarbiyalanadi, yuz beradi. Odam insoniyat vakili sifatida baholanuvchi termin bilan xarakterlanadi. Hamma odamlar, u yangi tug`ilgan yoki katta, sog`lom yoki kasal bulsa ham, uning sifatlari va xususiyatlaridan qat’iy nazar individ deb ataladi. “Individ” tushunchasida odamning nasl-nasabi mujassamlashgandir. Demak, individ qachonki, ongli ravishda va maqsad sari ma’lum bir faoliyatda atrof-muhitni anglasa va yaratuvchanlik hissasini qo`shsa, uni sub’ekt deb atash mumkin bo`ladi. Ammo ayrim faoliyatda ishtirok etuvchi individ hamma vaqt shu faoliyatning sub’ekti bo`la olmaydi, chunki har doim ham individ bajarayotgan xatti- harakatini anglamaydi va ularni maqsadga qaratilgan holda amalga oshirmasligi mumkin. Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo`lib etishadi. Shaxs bu - ongga ega bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyada yashab ongli faoliyat bilan shug`illanuvchi odam individdir. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosobat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatli belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
“Shaxs” va “individ” tushunchalari haqida etakchi rus psixologlari B.G.Ananaev, A.N.Leont’ev, B.F.Lomov, S.YA.Rubinshteyn kabilar o`z tadqiqotlarida alohida to`xtalganlar. A.N.Leont’ev shaxsan individ tomonidan egallab olingan alohida fazilat, inson munosabatlari to`lqinidagi sistemali “g`ayrihissiy” fazilatlar egasi ekanligini ta’kidlagan. Shaxs sifatida kamolga erishmagan individ bo`ladi. Bunga hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalarni misol kilishimiz mumkin. Ammo individni shaxsga aylanishida qanday omillar mavjud. Rus psixologi S.L.Rubinshteyn: odam o`zidagi takrorlanmas xususiyatlariga ko`ra individualdir. Uni o`z atrofidagilariga, borliqqa bo`lgan ongli munosabati, biror faoliyat bilan shug`illanishi uning shaxs ekanligidan dalolat beradi.
Individ bo`lib tug`ilgan insonni shaxsga aylanishi uchun nimalar zarur?

  1. Ijtimoiylik

  2. Ongga ega bulish

  3. Faollik

  4. insonni falollikga undovchi narsa ehtiyojdir.

Shaxs tushunchasiga psixolog olimlar tomonidan berilgan qator (50 ga yaqin) tavsiflar mavjud. Shulardan quyidagilarni keltiramiz:
«Shaxs- ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti va ob’ektidir» (A.G.Kovalyov).
«Shaxs individlararo munosabatlarning sub’ekti sifatida» (A.V.Petrovskiy)
«Shaxs - jamiyatda o`z o`rnini anglovchi faoliyatga qodir a’zosidir» (K.K.Platonov)
«Shaxs faoliyat sub’ektidir» (A.N. Leontev)
Juda ko`plab ta’rif va tushunchalar orasida Amerikalik psixolog G. Ollportning ta’rifi e’tiborga loyiqdir: «Shaxs bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o`ziga xos psixo fiziologik tizimlar shaxs xususiyatlari yig`indisi bo`lib, u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq - atvor yuzaga keladi».
Shundayqkilib, shaxs bu jamiyat a’zosi bo`lib u individning psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi bo`lib bu uning xatti - harakati va tafakkurini belgilab beradi. Individuallik bu insonning o`ziga xos individual xususiyatlari bo`lib ular asosida insonlar bir biridan farq qiladilar. «Individuallik – bu o`ziga xoslikga ega bo`lgan shaxsdir» (Kovolyov)
2. Shaxsning tuzilishi, shakllanishi, tarkib topishda u yashayotgan muhitning kishilik jamiyatining roli juda kattadir. Tashki muhit inson shaxsining tarkib topishda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhim ta’sirining chqkurroq va mustahkamroq bo`lishiga odamning o`zi yordam beradi. Ayrim g`ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to`la tasdiqlaydi. Tasodifan odam bolalarning yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasi nazarda tutilgan. A.G.Asmolov: “Tarixiy-evolyutsion yo`nalish targ`ibotchisi sifatida shaxs rivojlanishida 2 ta omil; a) nasliy; b) ijtimoiy omillar muhim hisoblanishi ta’kidlangan. Shuningdek, shaxsni hayotdagi maqsadi - yashash uchun xayotdagi me’yoriy tenglikni saqlash bo`lib, uning individual xususiyatlari bir butunlikda shaxs tuzilishini tashkil etadi. Shaxsni tuzilishini va uni yuzaga kelishini bilmasdan turib usib kelayotgan inson shaxsini proektlashtirish va diagnostika qilish, shakllanishi uchun eng maqbul sharoit, samarali yo`llarini aniqlab olish qiyin masaladir. Inson shaxsi yuqorida ta’kidlab o`tkanimizdek, o`zini o`rab turgan narsalar va ijtimoiy muhit bilan faol munosobat jarayonida tarkib topadi. Odamning ontogenetik tarraqqiyoti va shaxsning tarkib bo`lishida biologik va ijtimoiy omillar o`zaro munosabatga kirishib, tashqi ta’sir effektini ta’minlovchi kuchli ichki sharoitni yuzaga keltiradilar.
Ana shunday sharoitlarda odamning anatomik fiziologik layoqatlari shunchaki o`zini oshkor qilib qolmay, balki shaxs faoliyati sifatidagi odamning psixik faoliyati va nisbatan mustahkam psixik xususiyatlar va ularning sistemalarini ta’minlab, neyrodinamik va sensor-pertseptiv organlarning ma’lum funktsional ahamiyatiga ega o`ulgan mexanizmlari tarzida taraqqiy etadi, o`zgaradi va tarkib topadi.
Shaxs strukturasiga psixik jarayonlar, psixik holatlar, tabiiy va ijtimoiy o`zaro bog`liq xususiyatlar kiradi.
A.V.Petrovskiy shaxs 3 ta tarkibiy strukturasini ajratdi:
1. Individning ichki tuzilmasi (Intraindividlik) – u insonni temperamenti, xarakteri, qobiliyatini tuzilishida o`z aksini topib, u zarur, lekin shaxs psixologiyasini bilish uchun etarli emas.
2. Shaxsni real mavjud bo`lishi uchun uni predmetlar bilan faoliyat jarayondagi munosabatini o`z ichiga olib, insonni ma’lum xarakteristikalarini fazoda individni organik tanasidan tashqarida izlash lozim bo`lib, u shaxsning interindivid tuzilmasini tashkil qiladi.
3. Individ usti (metaindivid) tuzilma markazida insonni faoliyat jarayonida insonlardan muloqat jarayonida boshqalarga ta’sir va boshqalardan olinadigan ta’siri sifatida namoyon bo`lib, u persona ravishda namoyon bo`ladi. A.V.Petrovskiy o`z strukturasiga 3 tuzilmani kiritgan. Bu shaxs individualligi, uni shaxslararo munosabatlarda namoyon bo`lishi va boshqa insonlargan ta’sir eta olishi bo`lib, shaxs doimo shu uchlikda namoyon bo`lishi va individlararo, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo`lishi lozim.
S.L.Rubeshteyn bo`yicha shaxs strukturasi quyidagi ko`rinishga ega:
Ehtiyojlar, qiziqishlar, ideal, e’tiqod, etakchi motivlar, xulq-atvor va dunyoqarashda namoyon bo´ladi.


Yüklə 45,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin