U bu o’rinda temuriylarni sarosimaga solib qo’ygan jang usuli-to’lg’amani qo’lladi. 1500-yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og’aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo’ldi. Xoinlar Zuhrobegi og’ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda "Men ham o’zbek urug’idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o’g’lim bilan sizning hukmingizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshirurmiz" mazmunidagi xatni yuborishga ko’ndiradilar.
Muhammad Shayboniyxon o’zini bu shartlarga rozidek qilib ko’rsatdi. Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og’a esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503-yilda Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egalladi. Ularga Ulug’bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o’g’illari Ko’chkunchi Sulton va Suyunchxo’jalarni hokim etib tayinladi. 1504-yilda esa Farg’ona egallandi.

Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi. Buxoro shahrini esa ukasi Mahmud Sultonga topshirdi. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkamlanib olgach, endi Xorazmni zabt etishga kirishdi. 1505-yilda Urganch shahrini bosib oldi. 1507-yilda esa Xurosonga yurish boshladi. So’nggi yillarda o’zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash qiyin bo’lmadi. Avval Hirot qo’shinlari tor-mor etildi. Shahar beayov talandi. S