Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayol tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi.

Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab quvvatlaydilar: Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bisib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi.

Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganlar.