Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

2021.5.3. 

 

A.NAVOIY O’Z YURTIDA QANCHA O’RGANILMOQDA? 

Turk nazmida chu men tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yakqalam 

Alisher  Navoiy  kim?  U  qanday  sehrli  siymoki,  asrlar  osha  unga  intilib 

bormoqdamiz, zamonlar osha uning jozibasi tobora ortib bormoqda? Lekin ming afsus 

bilan  aytish  kerakki, 580 yildan beri butun dunyo  tanigan bu buyuk  inson o’z  yurtida 

unutilgan  va  bizga  meros  qolgan  muborak  asarlari  deyarlicha  o’rganilmagan. 

A.Navoiyning  dunyo  muqyosida  tan  olinishi,  asarlarining  tarjima  qilinishi  va  asarlari 

asosida  yuzlab  ilmiy,  tadqiqiy  kitob,  maqolalar  yozilishiga  sabab  A.Navoiyning  o’z 

asarlari  orqali  fikri  jihatdan  dunyo  madaniyatiga  qo’shgan  ulkan  hissasidir,  albatta. 

Lekin A.Navoiy biz afg’on xalqi uchun nega uluig’, nega aziz? 

 

 



 

 

Ma`lumki,  o’rta  asrlarda  fors-tojik  tilida  yozilgan  asarlar  ko’p  edi.  Uzoq  davr 



ichida  ilm-fan, adabiyotga  tor  munosabatda  qaraldi  va  natijada  millatimizdan  chiqqan 

ulug’  siymolar  asarlarini  o`z  tillarida  emas,  o’zga  tillarda  yozishga  majbur  bo’ldilar. 

Chunki  turkiy  til  she`riyatda  nozik  tushunchalarni  ifodalashga  qodir  emas,  turkiy  til 

ilmiy  asar  yozishga  yaramaydi,  degan  soxta  tushuncha  hukmron  edi.  Ular  o’z  shon- 

shuhratlarini dunyoga ko’z-ko’z qilish, o’z nomlarini tarix sahifalariga muhrlash uchun 

fors  tilida  madhiyalar  yozdilar.  A.Navoiy  esa  shunday  bir  sharoitda  ona  tilida  o’lmas 

asarlar yozib o’zbek tili  va adabiyot bayrog’ini  yuksaklarga ko’tarib, o’zbek xalqini til 

jihatidan” yak qalam” qilgan. 




 

 

25

 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  “Boburnoma”da  Andijon  aholisi  va  uning  tili 



haqida    ma`lumot berib, ularning  tili  A.Navoiy  asarlariga  juda  yaqin  ekanligini  aytib, 

A.Navoyining  bu  da`vosini  tasdiqlaydi:  ,,Eli  turkdur,  shahar  va  bozorida  turkiy 

bilmaydigan    kishi  yo’qdur.  Elining  lafzi  qalam  bila  rostdur.  Uning  uchun  kim,  mir 

Alisher Navoiyning musanafoiy bo vujud kim

 

haqida nashu nima topibtur”. 



    

To’g’ri,  A.Navoiy  o’zbek  adabiy  tilining  asoschisi,  ammo  o’zbek  adabiy  tili 

Navoiydan ancha oldin XIII asrning yarmidan shakllana boshlagan. Biz A.Navoiygacha 

bo’lgan davr ichida bir shaharda turli shevalarda ijod qilgan shoirlarimizni adabiyotimiz 

tarixidan yaxshi bilamiz. Demak, biz uchun A.Navoiyning ulug’ligi, Navoiyning azizligi 

xuddi  mana  shunda  o’zbek  tilini  o’zbek  xalqi  uchun  yak  “qalam  qilganligi”  hamda 

dushmanlar fikrini rad etib, o’zbek tilini ham she`riyat, ham ilm tili ekanligini isbotlab 

berganidir.  A.Navoiy  “Muhokamat  ul-lug’atayn”  asarida  o’z  xalqi  orasidan  chiqqan 

tab’a ahlining o’z ona tillarini qo’yib boshqa tilda yozishlarini kuyinib, achinib tilga oilb: 

”Andin  so’ngra  kim,  turk  tilining  jamiyati  muncha  daloyal  bila  sobit  bo’ldi,  kerak 

erdikim,  bu  xalq  orasidin  paydo  bo’lg’on  tab’  ahli  salohiyat  va  tab`laridan  o’z  tillari 

turg’on o’zga til bila sobit bo’ldi, kerak erdi kim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on tab’ 

ahli salohiyat va tab`laridan o’z tillari turg’on o’zga til bila zohir qolmasalar erdi va ishga 

buyursalar erdi. Va agar ikkila til bila aytur qobiliyatlar bo’lsa, o’z ona tillari bila ko’proq 

aytsalar edi va yana bir tilda ozroq aytsalar erdi”, deydi. 

A.Navoiyning  bu  orzusi  500  yildan  keyin  mustaqil  turkiy  davlatlarda  ushalgan 

bo’lsada,  o’zi  tug’ilib  o’sgan  yurtida  hozirgacha  armon  bo’lib  qolmoqda.  San’at  va 

mafkura nuqtayi nazaridan A.Navoiy butun dunyo madaniyatiga o’z hissasini qo’shgan 

bo’lsa,  til  nuqtayi  nazaridan  turki  til  xalqlar  madaniyatiga  ulkan  xazina  taqdim  etdi. 

Shuning  uchun  ham  A.Navoiy  ijodi  hozirgi  kunda  ham  jahon  tilshunoslarining  ilmiy  

tadqiqotlariga mavzu bo’lib kelmoqda. A.Navoiyning o’zbek tili  hamda o’zbek xalqi  

uchun qilgan xizmati faqat uning” ko’p va xo’p” yozgani bilan xulosalanmaydi. Uning 

buyuk  xizmatlaridan  biri  o’zbek  tilini  butun  o’zbek  xalqi  uchun  umumiy  bo’lgan 

me`yorga solganidir. Bu adabiy tilning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Lekin 

shuni qayd etish kerakki, bu davr adabiy tili faqat A.Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy 

faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o’tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari 

faoliyati  bilan  uzviy  ravishda  bog’langan.  O’zbek  adabiy  tilining  shakllanishi  va 

rivojlanishida ular o’zlarining muayyan hissalarini qo’shganlar. Ulug’ mutafakkir olim 

amir  Alisher  Navoiyning  ona  tili  boyligi  va  ifoda  qudratining  yuksakligini  isbotlash 

uchun olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni, uning til haqidagi ilmiy-nazariy 

qarashlari  hisoblanadi.  U  yetuk  tilshunos  olim  sifatida,  o’zining  “Muhokamat  ul-

lug’atayn”  asarini  yozdi.  Ushbu  kitobida  o’zbek  adabi  tilini  shakllantirish,  o’zbek 

adabiyotini  yaratish,  uni  rivojlantirish  sohalarida  olib  borgan    kurashini,  ko’p  yillik  

mehnatlari  va  boy  tajribalarini  umumlashtiradi,  chuqur  ilmiy  xulosalar  chiqaradi  va 

hariflarning  (dushman),  o’zbek    tili  badiiy    adabiyot    yaratishga  yaramaydi,  degan 

dushmanona  fikrlarining  xato ekanligini isbotlab berdi.  

A.Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashi oson kechmadi. Bu yo’lda u katta 

qiyinchliklarga, amir va beklarning qarshiligiga, o’z xalqi orasidan chiqqan forsiy shoir 

va  yozuvchilarning  ta`na  va  malomatlariga  nishon  bo’ldi.  Ammo  A.Navoiy  o’zining 



 

 

26

 

haqligiga, o’zi olib borgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga to’la ishonardi. 



Bu ish o’z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta davlat va umumxalq 

ahamiyatga  ega  ish  ekanligini  yaxshi  bilar  edi.  Uning  orzusi  o`z  xalqi  uchun  hamma 

sohalarda  fors  tilidagidek  rivojlangan  adabiyot  yaratish,  uni  badiiy  ijodning  yaxshi 

durdonalaridan  bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag’ishlar edi. 

Darhaqiqat,  A.Navoiy  o’z  orzusi,  o’z  kurashi  yo’lidagi  barcha  ziddiyatlar  va 

qarshiliklarni  yengib,  o’zbek  tilining  ifoda  qudratini,  salohiyat  va  go’zalligini  rad  tib  

bo’lmas  dalillar asosida isbotlaydi, uni  tarqatadi. Xulosa sifatida aytish kerakki, Alisher 

Navoiy  o’zining  betakror  asarlari  bilan  nafaqat  o’zbek  adabiy  tilini,  balki  butun 

Afg’oniston  va  Movoraunnahrda  yashovchi  o’zbeklar  tilini  umumxalq  tili  darajasiga 

ko’tardi, uning asarlari boshqa turkiy xalqlar tiliga ham o’z ta`sirini ko’rsatmay qolmadi. 

Alisher Navoiy haqli ravishda o’zini so’z mulkining sultoni bilib, butun turk  ulusini o’z  

farmoni  ostiga  olganini  da`vo qiladi: 

Agar bir qavm, yo’qsa mendur, 

Muayyan turk ulusi xud  meningdur. 

O’zbekistonda A.Navoiyga qaratilgan e`tiborni yaqindan ko`rdim va bundan juda 

xursandman. Men A.Navoiy tug’ilgan yurtda yashayotgan bo’lsamda, unga deyarlicha 

diqqat  -  e’tibor  qaratilmaganining  guvohiman.  Shuning  uchun  biz  afg’on  talabalari 

A.Navoiy ijodini yaxshi o’rganib o’z yurtimizga borgach, yosh avlodga chuqur  o’rgatish 

niyatimiz bor.  

 

 



 

 

Aytishim  kerakki,  oldingi  yillarga  nisbatan  hozirda  A.Navoiyning  nomini 



abadiylashtirish  uchun  ancha  ishlar  qilingan,  jumladan,  uning  nomi  katta  madrasalar,  

masjidlar,  universitetlarga  berilgan.  Lekin  biz  shu  yo’llarni  yana  ham  kengroq 

ochishimiz  kerak.  Mana  ko’rib  turibmizki,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

muhtaram Shavkat Mirziyoyev Miromonovich yordamlarini ayamay berib bormoqdalar, 

ayniqsa  A.Navoiy  bobomiz  qabrlarini  qayta  ta’mirlash  uchun  qilgan  say-harakatlari 

cheksizdir. Shuning uchun biz afg’on yoshlari ham O’zbekiston yoshlari  bilan  birga 

A.Navoiy merosini chuqur  o’rganib  va  ular  qilgan ishlarni olg’a olib borishga hamisha 

tayyormiz.  




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin