Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

serdaromadmi? 

 

Hamma kundalik tarzda Frontend va Backend dasturchi degan so’zlarni 

eshitib turadi. Aslida bular nima ? 

 

1.Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» 

2.Backend, nima  va  qanday  ishlarni  bajaradi? 

Birinchidan meni tanlagan soham bu forntend, bu bo’lim nima uchun ishlatiladi 

va  qanday foydalari bor? Sizlarga bir oz ma`lumot bermoqchiman: 

Frontend  -  «tashqi  interfeys  degan  ma’noni  bildirib,  veb  texnologiyalarning 

biridir.  Bu  texnologiya  yordamida  veb-sahifalarning  insonga  ko‘rinib  turuvchi, 

ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson 

o‘z  ijodkorligi,  kreativ  yondoshuvi  orqali  turli  g‘oyalarini  veb-sahifalar,  dasturlar 

shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi. 




 

 

32

 

Bugungi  kunda  shaxsiy  veb-sahifaga  ega  bo‘lish  o‘ziga  xos  elektron  vizitka, 



passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga 

oshirish  mumkin  bo‘lib  qoldi.  Masalan,  jurnalist,  shoir,  yozuvchi  o‘z  ijodi  va 

izlanishlarini  veb-sahifasi  orqali  yoritib  borishi  mumkin.  Tadbirkor  o‘z  sahifasida 

mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin. 

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish  - internet 

xazinasining  kalitini  qo‘lga  kiritish  demakdir,  bu  xazinadan  xohlagan  narsangizni 

olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin. 

 

          



          

 

Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? 



Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning 

asoslari  HTML,  CSS  va  JavaScriptdir.  Vaqt  davomida  saytlarning  ko‘rinishi  va 

ishlashiga  bo‘lgan  sifat  talabi  o‘sishi  tufayli  shu  texnologiyalar  asosida  bir  qancha 

freymvork  va  kutubxonalar tuzib  chiqilgan.  Ulardan  ko‘zlangan  asosiy  maqsadlardan 

biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. 

HTML va CSS 

      


    

    


   

HTML va CSS veb-sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar 

joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda 

joylashuvi  va  qanday  ko‘rinishda  bo‘lishi  yozib  chiqiladi.  Sayt  foydalanuvchilarga 

ko‘rinadigan  elementlar  HTML  va  CSSda  tuzilgani  uchun  bu  ikkalasisiz  sayt  tuzib 

bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan 

boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 

va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan. 




 

 


Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin