Shifrlash algoritmlaridan sehrli kvadrat usuli



Yüklə 44,55 Kb.
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü44,55 Kb.
#108098
1   2   3   4   5   6   7   8
Axborot xavfsizlik

ASOSIY TUSHUNCHALAR


Axborotni himoyalashning matematik metodlarini o‘rganuvchi fan kriptologiya deb aytiladi. Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya (cryptos – mahfiy, logos – ilm) fani shug‘ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama – qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega:
Kriptografiya va kriptotahlil.
Kriptografiya – axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘illanadi. Kriptotahlil esa shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotning asl holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1) Simmetrik kriptotizimlar.
2) Nosimmetrik, yoki yana boshqacha aytganda, ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
3) Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
4) Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
• mahfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofazalangan holda uzatish;
• uzatilgan ma’lumotlarning xaqiqiyligini ta’minlash;
• axborotlarni (elektron hujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotiralarida shifrlangan holda saqlash va shular kabi masalalarning yechimlarini o‘z ichiga oladi.
Axborotlar muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma’lumotlarni asl holidan o‘zgartirib, faqat kalit ma’lum bo‘lgandagina uning asl holatiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Shifrlash va deshifirlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alfavitda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Misollar sifatida:  o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili (kirill) alfaviti;  o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;  yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;  ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASCII va KOI-8 standart kompyuter kodlarining alfaviti;  binar alfavit, yani 0 va 1 belgilardan iborat bo‘lgan alfavit;  sakkizlik va o‘n oltilik sanoq tizimlari belgilaridan iborat bo‘lgan alfavitlarni keltirish mumkin. Matn – alfavitning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma. Shifr deganda ochiq ma’lumotlar to‘plamini berilgan kriptografik almashtirishlar orqali shifrlangan ma’lumotlar to‘plamiga akslantiruvchi teskarisi mavjud bo‘lgan akslantirishlar majmuiga aytiladi.
Kriptografik tizim yoki shifr o‘zida ochiq matnni shifrlangan matnga akslantiruvchi teskarisi mavjud teskarilanuvchi akslantirishlar oilasiga aytiladi. Bu oilaning azolarini kalit deb nomlanuvchi songa o‘zaro bir qiymatli mos qo‘yish mumkin.

Yüklə 44,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin