To’g’irlash uchun Mott va Gippokrat usullari qo’llaniladi.
Operativ davolash.
Xirurgik davolashga ko’rsatmalar:
Ochiq chiqishlar;
To’g’irlab bo’lmaydigan yangi chiqishlar (yumshoq to’qimalar interpozitsiyasi);
Eski chiqishlar;
Odatga aylangan chiqishlar.
Operativ davolashdan maqsad chiqishni to’g’irlash, paylarni va kapsulani mustahkamlash.
Immobilizatsiya va reabilitatsiya.
Immobilizatsiya ortacha 2-3 haftaga
1-2 haftadan so’ng yumshoq to’qimalar immobilizatsiyasini saqlab qolgan holda bosqichma bosqich bo’g’imda harakat boshlanadi, davolovchi jismoniy tarbiya kursi olib boriladi.
To’liq davolash 30-40 kundan so’ng tugatiladi, jismoniy mehnatga 2-3 oydan so’ng to’liq o’tiladi.