chaynash muskullariga yetadi SO`LAK AJRALISHI Chaynash hazm tizimining barcha qismlariga xos harakat faoliyatining misoli. Bu tizimning asosiy faoliyatlaridan yana biri sekretor faoliyat. Og‘iz bo‘shlig‘ida bu faoliyat so`lak ajralishi bilan ifodalanadi. So;lak uch juft yirik va juda ko‘p mayda so`lak bezlari mahsulotidir. Yiriklari quloq oldi, jag‘ osti va til osti bezlari. Mayda bezlar esa til, jag‘ va tanglayni qoplagan shilliq pardada joylashgan. Bu bezlar ishlab chiqaradigan so`lak tarkibidagi shilimshiq modda (mutsin) va oqsillar (seroza) nisbati bilan farq qiladi YUTISH Tuxumsimon luqmani til ustidan halqumga tushirish balan yutishning birinchi – ixtiyoriy bosqichi boshlanadi. Luqmani harakatga keltirish bir talay muskul va tuzilmalarning uyg‘unnlashishini talab qiladi. Til muskullari, til osti suyakni siljituvchi va hiqildoqni ko‘taruvchi muskullar qisqarishi, yumshoq tanglayning ko‘tarilishi orqali amalga oshadi. ME’DADA OVQAT HAZMI Me‘da hazm tizimining eng keng va hajmli qismi. Bir yoia anchagina iste‘mol qilingan ovqat bu yerda ma‘lum vaqt turadi. Me‘daga tushgan ovqatning ichki qismlariga me‘da shirasining xlorid kislotasi sekin yetib boradi. Muhit kislotalikka aylanmaguncha, so`lak amilazasi polisaxaridlar parchalanishini me‘dada davom ettiradi. Me‘da shirasi tarkibidagi fermentlar oqsillarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishini boshlab beradi. Me‘dada bir necha soat turgan ovqat moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va asta-sekin o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi. Bu jarayonlar me‘daning sekretor va motor faoliyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, me‘da inkretor, so‘rish, ekskretor va ovqat ovqat hazm qilishga bog‘liq bo`lmagan faoliyatlarga ega ME’DANING SEKRETOR FAOLIYATI Me‘daning shilliq pardasida joylasgan me‘da bezlari shira ishlab chiqaradi. Bu bezlar