Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Davolash fakulteti 204 A guruh talabasi Sabirova Dilnozaning Fiziologiya fanidan taqdimoti Hazm tizimi faoliyati. Oģiz bòshliģi va medada ovqat hazm bòlishi. HAZM FIZIOLOGIYASI Odam organizmi hayot faoliyati uchun turli moddalarni va talaygina energiya sarlaydi. Sarflangan moddalar va energiya o‘rni doimo toiib turishi kerak. Ularni esa organizm ovqat bilan qabul qiladi. Ammo oziq moddalarning aksariyati yirik molekulali polimerlardan iborat. Undan tashqari, oqsillar tur bilan bog‘liq xususiyatlarga ega. Tabiiy ko‘rinishda organizm bu moddalarni o‘zlashtira olmaydi. Masalliqlarni o‘zlashtirish oson bo`lgan holga keltirish maqsadida avval ularni pishiriladi, qovuriladi, bug‘lanadi. Tayyor taomni iste‘mol qilgandan keyin tarkibidagi murakkab moddalar hazm tizimida fizikaviy va kimyoviy jihatdan qayta ishlanib, ichakdan so‘riladigan moddalarga aylanadi. Oqsillar Oqsil turga oid xossalarini yo‘qotadi OVQATNING OG’IZ BO’SHLIG’IDA QAYTA ISHLANISHI Iste‘mol qilingan ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida qayta ishlana boshlaydi va ovqatni maydalash, so`lak bilan namlash, luqma shakllashdan iborat bo`ladi. Faqat ba‘zi moddalar (uglevodlar) kimyoviy jihatdan qayta ishlana boshlaydi xolos, chunki so`lakda fermentlar faolligi sust, ovqatning og‘iz bo‘shlig‘ida bo`lish vaqti 15-18 sekund bilan cheklangan. CHAYNASH Og‘izga tushgan ovqat qattiq bo`lsa, chaynaladi. Ovqatni chaynashda yuqori va pastki tishlar, chaynash muskullari, til, tanglay, lunj va og‘iz bo‘shlig‘i tubi ishtirok etadi. Chaynash reflektor akt. Og‘izga tushgan ovqat u yerdagi turli retseptorlarni qo‘zg‘atadi. Afferent impulslar uchlik nervi orqali uzunchoq miyadagi chaynash markaziga yetib boradi. Markazda shakllangan efferent impulslar uchlik nervining efferent tolalari bo‘ylab