Shikastlanishlar va baxtsiz xodisalarda birinchi yordam ko’rsatish. Reja


Ochiq va yopiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko`rsatishning umumiy tamoyillari



Yüklə 87 Kb.
səhifə2/8
tarix18.04.2022
ölçüsü87 Kb.
#55686
1   2   3   4   5   6   7   8
birinchi yordam

Ochiq va yopiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko`rsatishning umumiy tamoyillari.

Baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mas, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshka kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq.



Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Ochiq va yopiq shikastlanishlar.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi).
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi.
Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi.
Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi.
Klinikasi. Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi yuzaga keladi. Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda, lat yegan sohada og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi. Qon talashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'ish rangga kiradi, teri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat ko'tarilishi va umumiy holatning buzilishi qayd qilinadi.
Lal yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi.
Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi. Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan sohaga sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak. O'sha soha qo'l ostida bo'ladigan shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish uchun tezda kasalxonaga yotqizish kerak.
Suyaklar chiqishi. Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga bir suyakning bo'gim sathi ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining yurilgan joyidan chiqib ketadi.
Suyaklar to’la va qisman chiqishi mumkin. Agar surilish natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la suyaklar chiqishi deyiladi. Agar, surilish natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la bo'lmagan qisman suyaklar chiqishi deyiladi.
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik suyaklar chiqishi: 4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi.
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.
Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi:

1. Tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar);

2. Shikastlanish tarziga qarab. Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.);

3. Yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.


Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin