Шираларнинг экологик адаптацияланиш


Dissertatsiya ishi natijalari asosida quyidagi xulosalar olingan



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə8/12
tarix10.06.2022
ölçüsü189,5 Kb.
#61175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ADXAMJON avtoreferat

Dissertatsiya ishi natijalari asosida quyidagi xulosalar olingan:



  1. Janubiy Farg’onaning tuproq - iqlim sharoitlari o’simlikning zararkunandalarini ko’payishiga, rivojlanishi hamda tabiatda qolishga ta’sir etuvchi muxim omillardandir.

  2. Janubiy Farg’ona hududidagi tabiiy va suniy ekosistamalarda asosan hammaxo’r so’ruvchi va kemiruvchi turlar zarar keltiradi. Jumladan, shiralar, o’rgimchakkanalar, koktsidlar, qandalalar, mevaxo’rlar, parvonalar, kapalak qurtlarini kiritish mumkin.

  3. Barg shiralari barglarni burishtirib qo‘yadi, ba’zan esa to‘kib yuboradi, yosh novdalarni o‘stirmay qing‘ir-qiyshiq qilib, meva hosilini kamaytirib yuboradi, o’simlikni o‘sishdan qoldiradi va quvvatdan ketkazadi.

  4. Ko‘klamda barg shiralarining to‘dalari ko‘p bo‘ladi; yozda kunlar isishi bilan ya’ni, iyuldan boshlab, to‘dalar katta bo‘lmaydi, chunki saraton issig‘i ularning ko‘payishiga salbiy ta’sir qiladi.

  5. Ko‘pgina yirtqich va parazitlar - xonqizi, sirfid pashshasi, oltinko‘z, yaydoqchilar va boshqa foydali hasharotlar barg shiralari bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytiradi.

  6. Janubiy Farg’ona agrotsenozlarida shiralarning migratsiya qiladigan va migratsiya qilmaydigan turlari uchraydi.

  7. Farg‘ona tabiiy landshaftlari va agrotsenzlarida afidofaunasi Homoptera turkumi, Apidinae kenja turkumining 6 oila, 33 turkumiga mansub bo‘lgan 80 ta turdan iborat, turlar xilma-xilligi Aphididae - Pemphigidae - Chaitophoridae - Drepanosiphidae - Lachnidae - Anoeccidae oilalari ketma - ketligida pasayib boradi.

  8. Aphididae oilasi shiralari faunasining boyligi va turlarining ko‘pligi bilan
    ajralib turadi, uning afidofaunadagi ulushi turlar bo‘yicha 67.03 % va urug‘lar xilmaxilligiga nisbatan 62,5 % ni tashkil etadi. Soni ko‘pligi bilan ajralib turuvchi urug‘lar soni 9 ta, ularning faunadagi ulushi 62.5 % ni tashil etadi, 2 tadan turga ega bo‘lgan urug‘lar soni 6 ta va 18 tasi monotipik urug‘lar sanaladi.

  9. G’o’zada o’simlik shiralarining 7 turi qayd etilgan: xoldor shira, beda shirasi, poliz yoki g’o’za shirasi, plotnikov shirasi, katta g’o’za shira va shaftoli yoki issiqxona shirasi, ulardan beda shirasi, poliz yoki g’o’za shirasi g’o’zaga katta zarar yetkazishini ko’rish mumkin.

  10. Katta g'alla shirasi arpaga, bug‘doyga, makkajo‘xoriga, oq jo‘xoriga va tariqqa zarar yetkazadi. Arpa shirasi arpaga va qisman bug‘doyga tushadi. Makkajo'xori shirasi arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va oq jo‘xorini zararlaydi. Oddiy ildiz shirasi bug‘doy va arpaga tushadi. Suli, makkajo'xori shirasi (arpa, bug‘doy, tariq, makkajo‘xori va oq jo'xorida uchraydi.

11.O’simlik shiralari bir mavsumda 20-26 avlod beradi. Urgʻochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urgʻochilar kuniga 1-2 lichinka, qanotsizlari esa 5-10 lichinka tug’adi.
12. So’ruvchi zararkunandalariga qarshi kurashda uyg`unlashgan tizimga oid bo`lgan agrotexnik, biologik va kimyoviy usullardan foydalaniladi.
13.Janubiy Farg‘ona agrotsenozlarda shiralar mavsumiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlari tahlil etildi, shiralarning mavsumiy rivojlanishi erta bahordan kuzga qadar davom etadi. Ularning mavsumiy rivojlanish sur’atlarida bahorgi-yozgi va kuzgi davrlar farqlanadi. Shiralar hayotidagi yozgi diapauza davri iyul, avgust oylariga to‘g‘ri keladi.

Dissertatsiya ishini bajarish davomida olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida qishloq ho’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash va ularning ko‘payishini oldini olish yuzasidan quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan:


1. G’o’za va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari ko’payib ketishining oldini olish maqsadida nazorat qilib turish uchun aprel-avgust oylarida har 50-100 gektar maydonga bittadan nazoratchi ajratilishi lozim.
2. Nazoratchilar ho’zaning o’sish davridan oxiriga qadar har 5 kunda kamida bir marta ekin maydonlarini diqqat bilan sinchiklab tekshirib chiqadi. Bunda so’ruvchi zararkunandalar - tamaki tripsi, o’rgimchakkana, g’o’za shiraslari, zararli qandalalar, shuningdek, kemiruvchi zararkunandalar va ularning tabiiy kushandalarini hisobga olib boriladi.
3. So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar tushgan maydonlarni aniqlash uchun chigit unib chiqqandan boshlab, to o’suv davrining oxirigacha nazorat ishlari qat'iy grafik asosida olib boriladi. Nazorat qilish ishchi guruh usulida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
4. Begona o’simliklarda paydo bo’lgan so’ruvchi zararkunandalarning sonini bahorda, ular g’o’zaga o’tmasdan ilgari, kuzda esa dastlabki sovuq tushishi bilanoq aniqlanadi. Buning uchun dala yoqalarida har 20-25 metr oralig’idan, 20 tadan namuna olinadi (bir namuna olingan maydonchaning kattalagi 0,25x0,25 m bo’ladi).
6. Har bir namunadagi begona o’simliklarning har bir tupi sinchiklab qarab chiqiladi, zararlangan va zararlanmagan tuplari aniqlanadi, ulardan yirik bargli (qo’ypechak, tugmachagul, sutlama va qiyoq) begona o’simliklar soni alohida hisoblanadi va so’ruvchi zararkunandalar bilan kuchli zararlanganlari anihlanib, har namunada ulardan ikkitasi ajratiladi, ularning barglariga joylashgan so’ruvchi zararkunandalarning soni hisoblanadi.



Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin