Shirinmiya dorivor o’simlik sifatida juda qadim zamonlardan mahlum



Yüklə 88,41 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü88,41 Kb.
#128815
Dorivor o\'simliklar Hamrayev Abdulhamid


Shirinmiya dorivor o’simlik sifatida juda qadim zamonlardan mahlum.

Xitoy xalq tabobatida bu o'simlik eramizdan 3000 yil avval turli xil hastaliklarni


davolashda qo'llanilgan. SHuningdek, shirinmiya o'simligining shifobaxsh


xususiyatlari borasida hind va tibet tabobatida ҳam ma’lumutlar uchraydi. O’rta


asrlarning mashҳur olim va tabibi buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino o'zining


davolash amaliyotida shirinmiya yer ostki qismlaridan juda keng miqiyosda


foydalangan. Jumladan oshqozon ichak yaralarini, o'pka va nafas yollari


kasalliklarini davolashda shuningdek, peshob haydovchi dorivor vosita sifatida


ishlatilgan.


Zamonaviy tabobatda ham bu o'simlikning o'rni beqqiyos bo'lib,


farmatsevtika sanoati korxonalarida қayta ishlanib turli xil dori vositalari ishlab chiқarilmoқda.


SHu bilan birga kўpgina dorivor yiғmalarning asosiy tarkibiy қismlaridan biridir.


Mamlakatimiz mustaқillikka erishgandan sўng dorivor ўsimliklar dexқonchiligiga


aloҳida ehtibor berildi. CHunonchi, Vazirlar Maҳkamasining 1995 yil 7-


dekabrda shirinmiya ўsimligi xom-ashyosiga bўlgan ichki va tashқi bozor


talablarini қondirish maқsadida “Ўzbekiston Respublikasida shirinmiya xom


ashyosini yetishtirishni kўpaytirish, chora tadbirlari tўғrisidagi ” 453-sonli


maxsus қarori қabul қilindi. Ushbu қaror ijrosini tahminlash maқadida


“SHifobaxsh” IICHM қoshida tashkil etilgan dorivor ўsimliklarga ixtisoslashgan


ўrmon xўjaliklarida shirinmiya ўsimligi ziroat қilinmoқda.


SHirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.)–dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub


kўp yillik ўt ўsimlik. Feofrast ўz asarlarida bu ўsimlikni solodkoviy


koreng’,skifskaya trava, pontiyskaya trava nomi bilan atagan. Mazkur ўsimlikni


rus tilida –solodka golaya, ўzbek tilida-shirinmiya, chuchukmiya, қizilmiya,


Қoraқalpoғiston avtonom respublikasida esa bўyan deb atashadi.


SHirinmiyaning tarқalish areali juda keng bўlib, sibiқ ittifoқning Yevropa


қismida, Қrim, Kavkaz, Sibir, Kichik Osiyo, Eron, Afғoniston, SHimoliy Afrikada


tarқalgan.





Respublikamiz ҳududida shirinmiya

tipik tўқay ўsimligi ҳisoblanib, asosan Sirdaryo va Amudaryoning қuyi


қismlarida uchraydi. SHirinmiya polikarp ўt ўsimlik, poyalari yaxshi rivojlangan


bўlib, tsilindrsimon tuzilishga ega. Poya yoғochlangan bўlib balandligi 150-


160sm, bahzan uning balandligi tўқay sharoitlarda 200sm va undan ҳam ortadi.


SHўrlangan tuproқ sharoitida bu kўrsatkichlar 50-70sm atrofida қayd etiladi.


Barglari murakkab tuzilishga ega. 4-8 juft bargchalardan iborat bўlib, poyalarda


ketma-ket joylashgan. Barg uzunligi 11-18sm, bargchalari


tuxumsimon,ellipssimon, atroflari butun, tuklangan, uzunligi- 5sm, kengligi-


2,5sm ni tashkil etadi. Gullari oқ binafsha rangli, changchilari yirik, oғir.


Kuchli nektar ajratuchi bўlganligi sababli asalari va boshқa ҳashorotlarni ўziga


jalb қiladi. SHirinmiyaning yer ustki қismi ҳayvonlar uchun tўyimli ozuқa sifatida


foydalaniladi. Poya tarkibida 11-18% protein,10-15% oқsillar,3.3-9.1% yoғ va


boshқa foydali birikmalar mavjud. Yer ostki қismi pўstloғi jigar rangli ildiz va


idliz poyalardan iborat bўlib, uzunligi 180-200sm atrofida қayd etiladi. Ildiz va


ildizpoyalarida glitsirrizin kislotasining miқdori-3-24%, glyukoza-8%, saxaroza-


11%, kraxmal-34%, kletchatka-24% ni tashkil қiladi. Suvda ekstraktsiyaga


uchraydigin moddalarning miқdori- 43% ga yetadi.


Respublikamizdan shirinmiya xom-ashyosi AҚSH, Buyuk Britaniya, Germaniya,


Yaponiya, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarga eksport қilinadi. Tahkidlash


joizki, bu ўsimlik tuproқ sharoitiga talabchan emas. Yer ostki suvlari yaқin,


қayta shўrlangan қishloқ xўjaligi aylanmasidan chiқib қolgan maydonlarda


yetishtirib yuқori iқtisodiy samaradorlikka erishish bilan bir қatorda yerlarning


meliorativ ҳolatini yaxshilash xususiyati bilan shubҳasiz, aҳamiyatlidir.


SHirinmiya ўsimligi asosan uch xil usul bilan, uruғidan, ildizpoyalaridan va


kўchat yetishtirish orқali kўpaytiriladi. Birinchi usul- uruғ sepish bilan amalga


oshiriladi. Buning uchun agrotexnikasi tўғri yўlga қўyilgan, kuzda yaxshilab


shudgorlangan, begona ўtdan tozalangan, molalangan, chizellangan,


tekislangan maydonlarni tanlanishi talab etiladi. Tayyorlangan maydonlarga


oraliғi 70 sm қilinib egatlar olinadi va uruғlar 1-3sm chuқurlikda ekiladi.


Uruғ ekishni kuz va erta baҳor oylarida mexanizatsiya yordamida amalga


oshirish mumkin. Gektar ҳisobida 4-5kg uruғ ekiladi. Uruғ ekilgandan sўng,


maydon suғoriladi va maysa ҳosil bўlgunga қadar tuproқ yuza қatlami nam


ҳolatda saқlanib turishi talab etiladi. Tuproқ ҳarorati 100S dan oshishi bilan


maysalarning unib chiқishi kuzatiladi. Maysalar asosan 20-25sm ga yetishi bilan


қator oralariga ishlov beriladi. Vegetatsiya davomida ўsimlik maydoni 8-10


marotaba suғoriladi. Ҳar 2-3 marotaba suғorishdan sўng kulg’tivatsiya ўtkaziladi


va қator oraliғiga ketmon bilan ishlov beriladi ҳamda parvarishlanadi. Ammo,


shўr yerlarda (1,5-2,0%) uruғ unuvlanligining anchagini pastligini inobatga


olinsa, shirinmiya uruғini kўkartirib sanoat aҳamiyatiga ega bўlgan ekin


maydonlarini barpo etib bўlmaydi.


Ikkinchi usul- ildizpoyalardan kўpaytiriladi. Bu usulda ўsimlik xom-ashyosi


yahni, ildizpoyalari maydonlardan kovlab olinadi. Ўtkir tiғli moslamalar


yordamida 10-15sm uzunlikda ildizpoya қalamchalari қirқib tayyorlanadi. Gektar


ҳisobiga 2000-3000kg ildizpoyalarni sarflanishi tavsiya etiladi. Oldindan


tayyorlangan va agrotexnikasi tўғri yўlga қўyilgan maydonlarga oraliғi 90sm


қilib egatlar olinadi va 5-8sm chuқurlikda ildizpoyalar mexanizatsiya yordamida


ekiladi. Bu jarayon ҳam kuz va erta baҳor oylarida amalga oshiriladi. Tuproқ


namligini ehtiborga olgan ҳolda ildizpoya ekilgan maydoni tez-tez suғorib,


tuproқda namlikni saқlab turish samarali natija baradi.


Ekilgan maydonlarda ўsimlik ҳolatiga қarab agrotexnik chora- tadbirlar amalga


oshiriladi va 1-yili 6-8 marta (vegetatsiya davomida) suғoriladi ҳamda parvarish


қilinadi. Ўsimlik vegetatsiyasining 2- yilidan boshlab suғorish mehyori tuproқ


sharoitiga қarab kamaytirib boriladi. Sanoat aҳamiyatiga ega bўlgan katta ekin


maydonlarini barpo etishda asosan shu usul samarali natija beradi. Biroқ, bu


usul bilan kўpaytirilganda, 1ga maydonga 2000-3000kg қimmatli xom- ashyo


sarflanadi.


Uchinchi usul- bunda avval bўz tuproқda uruғni ekib, ulardan kўchat


yetishtirish, sўngra uni shўr tuproқli yerlarga kўchirib ўtkazish orқali amalga


oshiriladi. Jumladan bir vegetatsiya davrini ўtagan kўchatlar shўr tuproқlarga


kўchirib ўtkazilganda, ularning ўsib rivojlanishi va saқlanishi 70-80% tashkil


қiladi. Vegetatsiyaning 4-5-yilidan boshlab xom-ashyo yetiladi. Sanoat


aҳamiyatiga ega bulgan xom-ashyo ildiz va ildizpoyalardan iborat bўlib, pўstloғi


jigar rangli, ichki қismi tўқ sariқ rangli ўziga xos ҳid va ўta shirin tahmga


egadir. Gektaridan 8-10t davlat standart talablariga mos keladigan yer ostki


қismi va ҳўl ҳolatda 20-25t tўyimli ozuқabob yem-xashak maҳsulotlarini


yetishtirish mumkin. Ўsimlikning yer ostki қismi asosan 0-50sm chuқurlikdan


қazib olinadi, tuproқlardan tozalanib қuritiladi.


Maxsus mexnizmlar yordamida zichlab boғlanadi va ustiga yorliқ yopishtirilib


xom-ashyo қuruқ omborxonalarda saқlanadi. Saқlanish muddati 3 yil. SHunday


қilib, қimmatli xom-ashyo ўsimligi ҳisoblanmish shirinmiya ekin maydonlarini




barpo etishda ildizpoya va kўchat usullarini қўllash maқsadga muvofiқdir.
Yüklə 88,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin