XULOSA VA TAKLIFLAR
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga asoslangan milliy iqtisodiyot
investitsion muhitini takomillashtirish va unda moliya bozorining ta’siri oshirishga
doir quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Xorijiy investitsiyalar – mulkchilikning barcha ko‘rinishlaridagi moddiy va
nomoddiy boyliklarni foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida chet
ellik investorlar tomonidan muomalaga kiritishdir. Xorijiy investitsiyalar chet el
investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish va samaraga erishish
maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining tadbirkorlik va ishbilarmonlik
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha turdagi moliyaviy, mulkiy va intellektual
boyliklari tushuniladi.
2. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng ko‘lamda jalb qilish zarurati
quyidagi holatlardan kelib chiqadi:
– iqtisodiyotdagi mavjud asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy
eskirganligi, sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasining o‘ta pastligi;
– respublika milliy daromadida jamg‘arish bilan ist’emol o‘rtasidagi
nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayotgani va jamg‘arishning
investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi;
– O‘zbekistonning xom ashyo va tabiiy boyliklarga boyligi, ko‘plab qayta
ishlovchi sanoatlar korxonalarni qurish imkoniyati mavjudligi;
– eksport salohiyatining nisbatan pastligi, eksport tarkibida xom ashyoning
asosiy salmoqni tashkil etishi, kelgusida ilg‘or zamonaviy texnologiyani jalb qilish
orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqib, eksport hajmini va tarkibini o‘zgartirish
zarurati kabilar.
3. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, yirik investorlar tomonidan investitsiyalar
juda sekinlik bilan qo‘yilmoqda, bularning sabablari:
– telekommunikatsiya aloqalarining rivojlanmaganligi;
– milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursining o‘zgaruvchanligi;
– qimmatli qog‘ozlar bozorida ikkilamchi bozorining to‘liq shakllanmaganligi,
73
– valyutani konvertatsiyalashdagi muammolar, soliq tizimining takomil-
lashmaganligi;
– O‘zbekistonning dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmasligi;
– yirik hajmdagi kapitalni turli risklardan kafolatlovchi investitsiya banklari-
ning yo‘qligi.
4. O‘zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirishni quyidagi yo’nalish-
larda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: so‘mning qadrini ko‘tarish; islohotlar-
ning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda soliq tizimini
ilmiy asoslangan holda takomillashtirish; ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek
qo‘yish; O‘zbekistondagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyasini nufuzini va
uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb eta bilish, qimmatli
qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
5. Chet ellar tajribasidan va respublikadagi mavjud imkoniyatlardan kelib
chiqib, respublika hududlarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishni davom
ettirish, uni rag‘batlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish
va joriy etish kerak.
6. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir
hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’min-
lashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy
va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiya-
lar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-
sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
7. Ikki yoki undan ortiq mahalliy va xorijiy mamlakat sub’ektlari ishtirokida
tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, foyda olish maqsadida yuridik shaxs
sifatida tashkil etiladigan, mamlakatning qonunchilik talablari asosida tuzilgan
xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qo‘shma korxona deyiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot investitsion
muhitiga moliya bozorining ta’sirini takomillashtirishda quyidagi taklif va amaliy
tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
74
1. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida tijorat
banklari o’rtasida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalar
ko’lamini oshirish;
2.Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda moliya bozorining
ishtirokini takomillashtirishda quyidagi tadbirlar yordam beradi: mamlakatimizga
chet el kapitalini keng miqyosda jalb qilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el
investitsiyalari shaklida amalga oshirish; xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini
rag‘batlantirish asosida ularni yangi investitsion loyihalarga jalb etish va
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo‘naltirish sohasida qo‘shma korxonalar
tashkil qilish; O‘zbekiston iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning barcha
shakllarini faol jalb qilishda mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini
takomillashtirish nuqtai nazardan investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni
muvofiqlashtirgan holda qulay investitsiya muhitini yaratish; chet el investit-
siyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko‘paytiruvchi
korxonalar uchun imtiyozlarni yanada kengaytirish; investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini, global bilimlarni
olish, soliqlarni tartibga solish rolini takomillashtirish, rag‘batlantiruvchilik rolini
kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak; investitsiya muhiti barqarorligini
ta’minlashda, birinchi navbatda, investitsiya risklari sug‘urtasini yoki himoyasi
tizimini keng rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘la ma’noda amalga
qilishiga erishish, konvertatsiya masalalarini hal etish maqsadga muvofiqdir.
3. Xorijiy sarmoyadorni qiziqtiruvchi sohalar, ob’ektlarni aniqlash va ular
to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuini shakllantirish, biznes-rejalar va ularni iqtisodiy
rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan
sohalarga chet el kapitalini jalb qilish zarur. Eksportda qayta ishlangan, tayyor
mahsulotlar salmog‘ini ko‘paytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish
kerak.
75
4. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yanada yaxshilash, rivojlangan
xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish va mamlaktimiz hududlarining
investitsiya jozibadorligini yanada oshirish maqsadida quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
– mamlakatimiz viloyatlarida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan
hududiy rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish lozim. Bu viloyatlarda
investitsion faollikning sezilarli darajada o‘sishini ta’minlaydi, zamonaviy ishlab
chiqarishni tashkil etishga mablag‘lar jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi,
bugungi kunda dolzarb hisoblangan yangi ish o‘rinlari sonining ortishiga olib
keladi. Shuningdek, ijtimoiy sohaning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
aholi pul daromadlari va ularning to‘lov qobiliyatiga ega talablari ortishini
ta’minlaydi;
– hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bozor infratuzilmasini
yanada rivojlantirish hamda hududlarning rivojlanish xususiyatidan kelib chiqib,
istiqbolli investitsiya loyihalari tanlovlarini e’lon qilish va unga xorijiy
investorlarni ko‘proq jalb etish imkoniyatini topish;
– mamlakatimiz hududlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor
mexanizmlarini keng joriy etish va hududning investitsiya jozibodorligini
oshirishning aniq strategiyasini aniqlab olish lozim, deb hisoblaymiz.
Ushbu taklif va tavsiyalarning amaliyotga samarali tatbiq etilishi milliy
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish imkonini
beradi.
|