Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

Uchinchi bob bo’yich xulosa 
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishda O‘zbekiston yirik xalqaro moliya 
institutlari, hukumat tashkilotlari va xorijiy banklarni, birinchi navbatda 
mamlakatimiz bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro 
hamkorlik aloqalarini kengaytirishga katta qiziqish bildirayotgan Osiyo taraqqiyot 
banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya, Janubiy Koreya va XXR 
taraqqiyot banklari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlarini jal etish 
masalasiga katta ahamiyat beradi. Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy 
ko‘magida kelgusi yillar davomida O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini 
qurish, ichimlik suvi bilan ta‘minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya 
qilish, qishloq xo‘jaligi erlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va 
kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi 
texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab 
loyihalar amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, 2019-2022 yillarda jami 
xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 18,6 milliard dollarni tashkil etishi yoki 
o‘tgan besh yildagiga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 
Ularning 75 foizdan ortig‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. 
Bu borada qarz mablag‘lari uzoq muddatli asosda faqat ijtimoiy va ishlab chiqarish 
infratuzilmalarini rivojlantirish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini moderni-
zatsiya qilish, shuningdek, xorijiy moliyaviy institutlarning kredit liniyalarini 
mamlakatimiz tijorat banklari orqali qayta moliyalashtirish yo‘li bilan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etiladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni 
safarbar qilish hisobidan amalga oshiriladi. Kelgusi yillarda bu ko‘rsatkich yalpi 
kapital qo‘yilmalar hajmining 76 foizini tashkil etadi. Bu mablag‘lar, avvalo, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga 
oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada 
kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining 
tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo‘ladi.


72 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin