15
biznesining qanday qismiga egalik qilishlari qiziqtiradi.
Bu esa loyiha turiga
bog‘liq:
a) agar investitsiya loyihasi eksportga yo‘naltirilgan, hamda xom ashyoning
asosiy qismi chetdan keltirilayotgan bo‘lsa, investor biznesning maksimal darajada
katta qismiga (ba’zida 100 foiziga) egalik qilishga da’vogar bo‘ladi;
b) agar investitsiya loyihasi eksportga yo‘naltirilgan, hamda xom ashyoning
asosiy qismi mamlakatning ichki xom ashyosi bo‘lsa,
investor huddi shunday
biznesning qo‘shni mamlakatlardagi shart-sharoitlariga qarab ish tutadi;
v) agar investitsiya loyihasi mahsulotni ichki bozorda sotishga mo‘ljallagan
bo‘lsa, ko‘pgina TMKlar sherikchilik asosida ish yuritishga harakat qiladilar, aks
holda boshqa raqobatchilar ulardan oldin bozorni egallab olishlari mumkin. Xorijiy
investorlar o‘z biznesi va daromadlarini hamyurtlari nazorati ostida bo‘lgani
ma’qul deb fikralashadi. Ammo ishga juda ko‘p xorijliklarni jalb etish xarajatlarni
oshirib yuboradi.
Valyuta muomalasini tartibga solish. Xorijiy investorlarni mamlakatga
mablag‘ olib kirish, uni sarflash imkoniyatlaridan
tashqari biznesdan topilgan
daromadni konvertirlangan valyutaga ayirboshlash, chetga olib chiqish,
valyuta
hisob raqamiga ega bo‘lish imkoniyatlari nihoyatda qiziqtiradi.
Keyingi omil infrastruktura holati bo‘lib, u mamlakatdagi yuqoridagi sanab
o‘tilgan omillarning mavjud bo‘lishidan keyingi muhim omillardandir. Unda ishlab
chiqarish uchun yer maydonlaridan foydalanish, yerni
ijaraga olish shartlari va
muddati, avtomobil va temir yo‘llarning sanoat hududlarini asosiy transport
bo‘g‘inlari (portlar, aeroportlar) va bozorlar bilan bog‘langanligi, elektr energiya-
sining mavjudligi, suv ta’minoti darajasi (ba’zi
hollarda ichimlik suv bilan
ta’minlanganlik darajasi), telekommunikatsiyaning rivojlanish darajasi, telefon,
faks, teleks aloqalarining mavjudligi, kompyuter orqali aloqa o‘rnatish
masalalari
muhimdir.
Ishchi kuchi. Ko‘pincha xorijiy investitsiyalarni kiritishning asosiy sababi
qilib qabul qiluvchi mamlakatda ish kuchining arzonligi ko‘rsatiladi. Lekin,
investitsiyalarni jalb qilishga savodxonlik, ishchi
kuchining malaka darajasi,
16
mehnat qilish etikasi, mehnat unumdorligi darajasi, turli
ijtimoiy harakatlarning
ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri va boshqalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: