Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


  1.2. Investitsion muhitni shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

 


19 
1.2. Investitsion muhitni shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari 
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har 
qanday davlatning o‘z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘ziga xos yo‘nalishini, shuningdek, ularni jalb 
etishni rag‘batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy 
tartibini belgilaydi. 
Investitsion faoliyatni boshqarish va qo’llab-quvvatlash tizimi ko’p sonli 
qonunchilik-huquqqiy va me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lib quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Prezident farmonlari, hukumat 
qarorlari va dasturlari;
- Hukumatlararo shartnomalar va bitimlar, vazirlik va idoralarning nizomlari, 
yo’riqnomalari; 
- Hududiy bo’g’unlar va xo’jalik subektlari doirasida amal qiladigan nizomlar 
va ustavlar.
O‘zbekiston Respublikasining ‘Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunning 
asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar amalga 
oshirilishining huquqiy asoslari va tartibini belgilab berishdan iborat. Ushbu qonunning 
asosiy vazifalari bo‘lib: 
– xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘li bilan O‘zbekiston 
iqtisodiyotini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga ko‘mak-
lashishdan; 
– xorijning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy 
xorijiy texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona 
foydalanishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 
ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi O‘zbekiston 
Respublikasi hududida xorijiy investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijlik 
investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilab 
berishdan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 


20 
mumkin: 
– xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish bo‘yicha 
kompleks choralarni shakllantirish; 
– xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalarning ayrim toifalari uchun 
qo‘shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini 
belgilash. 
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya 
faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va 
himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun 
adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi 
ta’minlanadi.Bunday rejim O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yilgan 
rejimga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof 
etilgan normalariga muvofiq O‘zbekistonning milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya 
etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida chet el investitsiyalari 
uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 
Xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablag‘larni O‘zbekistonga va undan 
tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda to‘lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish 
kafolatlanadi. Bunday o‘tkazishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xorij investitsiyalarini saqlab turish yohud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va 
qo‘shimcha summalarni;
- investitsiyalarni amalga oshirishdan tushgan daromadlarni; yetkazilgan zararni 
qoplash uchun tovon sifatida ushbu kunga muvofiq olingan mablag‘larni; 
- shartnomalarni ijro etish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlarni; 
- xorijiy investitsiyalarning hammasini yoki bir qismini sotishdan kelgan 
tushumni; nizoni hal qilish, shu jumladan, sud yoki hakamlikning har qanday hal qiluv 
qarori tufayli vujudga keluvchi to‘lovlarni;
- xodimlarga to‘lanadigan ish haqini va boshqa to‘lovlarni; qonun hujatlariga 
muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘larni. 


21 
Investitsiyalar va chet ellik investorlarning tavakkalchiligini sug‘urta qilish 
ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.Chet ellik investorlar mamlakatning o‘z investorlari 
bilan teng ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan 
har qanday sug‘urta himoyasi huquqidan foydalanadilar. Chet el investitsiyalarini 
siyosiy va boshqa xavflardan sug‘urta qilish xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning 
eksport kredit agentliklari, boshqa sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari 
asosiy faoliyat bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, ekologiya solig‘i, mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek, Respublika 
yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Farmonda 
belgilanganidek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha 
bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga
6

Keyingi yillarda mamlakatimizda mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etish, respublika hudud-
larining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu 
asnoda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish uchun xorijiy, avvalo, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida erkin 
6
Ushbu soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan; 1) mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi 
bo‘lgan mintaqalar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarda, 
shuningdek, Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish; 2) korxonaning 
ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim; 3) ushbu korxonalar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgandan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish; 4) xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan 
valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘yish; 5) mazkur imtiyozlarni qo‘llanilishi muddati davomida 
imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirish.


22 
iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini vujudga keltirishga alohida e’tibor berilmoqda. 
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini tartibga soladigan mustahkam 
qonunchilik va me’yoriy baza yaratildi, ularni rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy 
investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadigan keng ko‘lamli soliq va bojxona
imtiyozlari hamda preferentsiyalari tizimi shakllantirildi. natijada hozirgi kunda 
respublikamizning 10 ta mintaqasida 14 ta erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari 
tashkil etilib, hozirgacha ushbu zonalarda 62 ta loyiha amalga oshirilib, yana 87 ta 
loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 
“Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun 1996 yilda qabul qilingan edi. Biroq 
erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) ning ko‘pchilik qismi keyingi 5 yil mobaynida tashkil 
etildi. Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 
kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda bo‘lishining qonun hujjatlarida 
belgilab qo‘yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin. 
“Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha 
imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq EIZ ishtirokchilariga qator 
imtiyoz va prefernetsiyalar yaratilgan. 
EIZ ishtirokchilari quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi: 
– yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumta’lim 
va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga 
majburiy to‘lovlar; 
– o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, 
materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi 
yig‘imlaridan tashqari); 
– respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat 
bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari 
(bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi. 


23 
O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishni boshqarish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash siyosati kompleks tarzda 
amalga oshirilmoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator 
farmonlar, qonunlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentning 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida 
investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-sonli 
Farmoni ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu me’yoriy hujjat mamlakatda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini 
shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish 
tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin 
foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratishni 
ta’minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli 
farmoni bilan “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari 
direktsiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va 
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilindi, 
shuningdek bu imtiyozlar davlat unitar korxonalari hisoblanishi “Navoiy”, “Angren”, 
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari direktsiyalari hamda yangidan tashkil etiladigan erkin 
iqtisodiy zonalarning direktsiyalariga joriy etildi.  

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin