26
Moliya bozori doirasida investitsion resurslar mulkdorlari va ularni iste’mol
qiluvchilar o‘rtasida vositachi harakat qiladi. Moliyaviy vositachilik nazariyasiga
asosan, turli xil tashkiliy-huquqiy shakllar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari
bunday
resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib, uning asosiy manbai sifatida esa aholi
yoki uy xo‘jaligi ko‘rsatiladi. Aholi ham uyushgan (bank omonatlari, qimmatbaho
qog‘ozlar), ham uyushmagan(tarqoq) qulda bo‘lgan - jamg‘armalarga ega bo‘lishi
mumkin.
Uyushgan jamg‘armalar moliya bozorining har xil qatnashchilari yordamida
investitsiyalarga
aylantirilishi mumkin, ayni vaqtda uyushmagan jamg‘armalar
investitsiyalar uchun faqat potentsial resurs hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki,
O‘zbekistondagi hozirgi investitsion bozor holati uchun yuqoridagi nazariy tasdiq
juda ham to‘g‘ri emas. Masalan, 2017 yildagi moliyaviy mablag‘larning umumiy
hajmidagi 80,6 foiz mablag‘lar tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan, ya’ni bu mablag‘lar jalb qilingan mablag‘lar bo‘lmasdan,
balki
tashkilotning o‘z ixtiyorida qolgan foyda (jamg‘arma fondi) va amortizatsiyadan
iborat bo‘lgan. 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 85,5 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, moliya-kredit tashkilotlarining o‘z mablag‘lari; davlat, va
davlat tashkilotlarining byudjet mablag‘lari; chet el investorlari mablag‘lari ham
investitsiya manbai bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, investitsion bozorni investor-
lar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shakli sifatida qarash mumkinki,
bu munosabat investitsion infrastruktura sub’ektlari orqali amalga oshadi.
Boshqa
har qanday bozor kabi, investitsiya bozori ham ma’lum kon’yuk-
turaga ega. Ushbu kon’yukturani oldin har qanday bozorga xos bo‘lgan omillar
majmui – talab va taklif o‘rtasidagi nisbat, narxlar darajasi, mahsulot realizatsiyasi
(bizning holda investitsiyalar realizatsiyasi) – aniqlab beradi.
Qolaversa, bu kon’yuktura ham butun investitsiya bozori, ham uning alohida
segmentlari bo‘ylab ko‘rilishi lozim.Hozirgi vaqtda investitsion faoliyatning davlat
tomonidan boshqarishni kuchaytirish lozim. Investitsion muhitga investitsion
siyosat ob’ekti sifatida qarash lozim. Iqtisodiyotga jalb
qilinadigan investitsion
resurslar hajmi uning holati mezonidir.
27
Investitsion bozorni investorlar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat shakli sifatida qarash mumkinki, bu munosabat investitsion
infrastruktura sub’ektlari orqali amalga oshadi. Bozorning
asosiy unsurlaridan
bo‘lgan investitsion taklif, investitsiyaga bo‘lgan talab, raqobat va narx investitsion
bozorning asosiy belgilari bo‘lishi lozim. Investitsion bozor faqat mablag‘lar va
ularni ishlatish joyi (nuqtasi) bo‘lgandagina, resurslar potentsiali yetarli bilgan
holdagina normal ravishda o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: