30
Investitsion faoliyat ob’ektlari investitsion kapitalga talab uyg‘otadi.
Investitsion mahsulot shaklida chiqadigan investitsion
kapital va investitsion
faoliyat ob’ektlari o‘zida investitsion talab va taklifni mujassamlashtirib,
investitsion bozorning turli, qarama-qarshi qutblarida turadi. Tahlilning
boshlang‘ich holatiga bog‘liq ravishda investitsion bozorni ikki jihatdan ko‘rib
chiqish mumkin: investorlar tomonidan joylanadigan investitsion kapital bozori va
investorlar mablag‘lari joylangan ob’ektlar sifatidagi investitsion mahsulotlar
bozori. Bunday yondashuv investitsiyalarning yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki
taraflama
xislati bilan belgilanib, bozor sharoitlarida investitsiyalarning ko‘rsatil-
gan jihatlarini o‘zida aks ettiradi: investitsiyalar bir tarafdan, resurslar sifatida
(investitsion kapital), ikkinchi tomondan, joylangan investitsiyalar sifatida
(investitsion mahsulot) namoyon bo‘ladi. Investitsion kapital bozorida investitsiya-
larning harakati amalga oshiriladi. Bu ayni holda sotuvchi rolida chiqadigan
investorlar tomonidan investitsion kapitalni taklif qilish va xaridor rolida chiquvchi
investitsion faoliyat sub’ektlari tomonidan talabni ifodalash orqali tavsiflanadi.
Kapital qiymatlar unsurlari (elementlari) investitsion
kapitalni tashkil etib, ular
ham moddiy, ham pul shaklini olishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, investitsiyalar shakllari turli-tumanligidan qat’iy
nazar, ularning bari kapitalni jamg‘arish natijasidir. Investitsion kapital bozorida
investitsiyalarni almashish ulardan kelajakda kutilgan foydadan kelib chiqib
amalga oshiriladi, chunki bu foyda mavjud daromaddan yuqori bo‘lishi lozim.
Investitsion mahsulotlar bozori investitsion faoliyat ob’ektlarini almashtirish
jarayonini nazarda tutadi. Bu bozorda investitsion mahsulotlar xaridorlari sifatida
chiqadigan investorlar talabni ifodalaydi, investitsion taklifni esa investorlar uchun
mablag‘lar qo‘yilgan obektlar sotuvchisi bo‘lgan investitsion mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchilar yoki investitsion faoliyatning boshqa qatnashchilari ifodalaydi.
Investitsion mablag‘lar qo‘yilgan ob’ektlar mahsulotlarning
alohida turi
hisoblanib, ular kapital mulk unsurlari (elementlari) tomonidan ifodalangan. Ular
iste’mol mahsulotlaridan farqli o‘laroq, kelajakda daromad olish maqsadida
iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida qo‘llaniladi.
31
Investitsion mahsulotlar, investitsiyalar kabi, sifat jihatdan turli-tumanlikka
ega. Ular moddiy shaklda (jismoniy kapital unsurlari), pul shaklida (pul, maqsadli
pul omonatlari,
badallar, qimmatli qog‘ozlar), shuningdek ham moddiy, ham pul
shaklida (asosiy va aylanma kapital, ilmiy-texnikaviy mahsulot va boshqalar)
mavjud bo‘lishi mumkin. Ularni birlashtiruvchi xislat ularning daromad keltira
olish qobiliyatidir. Investitsiya va investitsion mahsulotlarning ma’lum bir turlari,
ularning ishlab chiqarish shaklida bog‘liqligi tufayli, investitsion bozorda bevosita
aylana olmaydi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida,
odatda ular bozorda
daromadni o‘zlashtirish huquqini beruvchi qarz majburiyatlari yoki kapitalni
joylaganlik haqida guvohnomalarga (qarzli yoki hissali qimmatli qog‘ozlariga)
almashtiriladi. Real kapital asosida paydo bo‘lib, uning vakillari bo‘lgan moliyaviy
uskunalar investitsion bozorda muomalaga kirishib, mustaqil ahamiyatga erishadi,
o‘zining alohida shakllari va ishlash qonuniyatlariga ega bo‘ladi. Bunda
investitsion bozor ishlashining ikki asosiy shakli yuzaga keladi. Bular-birlamchi,
real kapitalning muomalada bo‘lish shakli va ikkilamchi, real kapital jilolanishini
ko‘rsatuvchi moliyaviy aktivlarning muomalada bo‘lish shaklidir.
Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning roli oshib
borishi natijasida investitsion bozorning ilmiy-texnikaviy mahsulot, intellektual
potentsial kabi real nomoddiy aktivlari ma’lum turlariga mablag‘lar joylash bilan
bog‘liq segmenti paydo bo‘ladi. Investitsiyalar va investitsion mahsulotlarning
turli-tumanligi investitsion bozorlar murakkab strukturasini belgilaydi. Ular
turlicha mezonlar bo‘yicha tabaqalarga (sinflarga) bo‘linishi mumkin. Bu
klassifikatsiyada umumiy belgi bo‘lib investitsiyaning asosiy ob’ektlarini ajratish
hisoblanadi.
Bundan kelib chiqib, investitsion bozor real va moliyaviy
investitsiyalash ob’ektlari bozori sifatida qaralishi mumkin. O‘z navbatida, real
investitsiyalash ob’ektlari bozori o‘z ichiga ko‘chmas va harakatdagi mulk bozori,
moliyaviy investitsiyalash ob’ektlari bozori–fond bozori, pul bozori va boshqalarni
olishi mumkin.