Shovqin va titrashdan himoyalanish Reja Shovqin tasnifi va uni -fayllar.org
Naushnik va tikinlarning akustik samaradorligi
Shovqinga qarshi himoya vositalari
Oktava chizigining urta chastotalardagi ishlash samaradorligi, Gs
125
250
500
1000
2000
4000
Naushniklar:
1. VSNIIOT - 2M
7
11
14
22
35
45
2. VSNIIOT - 4A
4
-
-
16
-
35
Tikinlar:
1. O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon
5
5
10
18
24
27
2. FPP-15 markali o’ta ingichka toladan yasalgan tampon
8
8
15
22
25
31
3. Kattik tikinlar
10
10
12
13
24
29
To’qimachilik korxonalarining tovush bosim satxi 100-105 dBdan kam bo’lgan sexlarda O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon, FPP-15 markali o’ta ingichka tolada yasalgan tampon (Berushi) va yezinadan yasalgan kattik tikinlar bilan ta’minlanadir.
Shovqinga qarshi qo’llaniladigan himoya vositalariga bir kator gigiyenik talablar qo’yiladi. Tozalab turish imkoniyati bo’lgan, kulay ishlatiladigan, uzidan zararni va terini kichishtiruvchi moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak. Bulardan tashkari ular bo’tun ish kuni davomida quloqni ogritmasligi va kishining gashiga tegmasligi lozim.
Himoya vositalarini tanlash ish joyidagi shovqining chastota bo’yicha spektoriga, mikroiklim sharoitlariga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq. Ular shovqinni GOST 12.1. 003-76 da ko’rsatilgan, yo’l ko’ysa bo’ladigan kiymatlarigacha pasaytira olsagina, to’g’ri tanlangan hisoblanadi.
Tikinlar turiga tolali, govak va yushmok plastik materiallardan yasalgan zaglushkalar, vtulkalar, tamponlar va probkalar mansubidir. Ular yushmok va elastikligi tufayli eshitish kanaliga kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular kuzoynak takishga, bosh kiyim kiyishiga xalakit bermasligi bilan kulaydir, yengil va ixcham, gigiyena nuqtai nazaridan toza va ishlatilishda kulay. Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB dan katta bo’lmagan xollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga yaraydigan (O’TV va FPP tolali materiallardan yasalgan “Berushi”) tikinlar, bilan odatda, bir varakayiga kup ishchilar bo’tun ish smenasi davomida ta’minlanadi.
O’TV tolasidan qilingan tikinlar quyidagicha tayyorlanadi: ulchamlari 4x4 sm li tola qatlamini diagonali bo’yicha bir necha marta ketma-ket buklab konus xoliga keltirilgan va quloqning tashki kanaliga tikib kuyiladi. Quloqning tashki kanal terisi yalliginlagan paytda bu tikinni qo’llash mumkin emas. Bunday xollarda naushniklar qo’llagan ma’kul.
FPP tolali materiallaridan qilingan bir marta ishlatiladigan “Berushi” tikini oxirgi paytlarda keng qo’llanilmokda. Bu tikining ulchamlari 40x40-1,4 mm, massasi 140-220 mg bulib, terini kichitmaydi va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi ( rasm).
Kup marrta ishlatiladigan tikinlar “Antifonlar” eshitish a’zolarini yukori chastotali ishlab chiqarish shovqinlaridan himoya kiladi rasm. Ular yumshok rezina kapsula shaklida bulib, ichki urta qismiga kichkina plastmassa uzak kirgizib kuyilgan bo’ladi. Kamida bir xaftada ularni sovunli ilik suv bilan yuvib turish tavsiya etiladi.
Xozirgi paytda ilgor to’qimachilik korxonalarida monoton va bir xil ritmli ishlarda (tukuvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va sh.u) ishchilarni shovqin ta’siridan saqlash uchun radiolashtirilgan naushniklar qo’llanilmokda. Bu ishlarda funksional muzika dasturlarini qo’llash asab, psixik kuchlanish, xolatini kamaytiradi, charchokni oladi, ishchining kayfiyatini yaxshilaydi va ish unumdorligini oshiradi.
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalari VSNIIOT - 2M turidagi naushniklarga o’rnatilgan bulib, uning himoya xususiyatini saqlagan xolda, past chastotalarda beriladigan muzikali ridioeshittirishlarni xam olib boradi.
Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoyaladigan ekranlar shovqinning yukori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang ulchamiga nisbatiga bog’liq.
Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya meyorlariga kadar pasaytirib bo’lmasa, u xolda shovqindan yakka tartibda himoyalag vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalarga quloq tikmalari (vkladishlar), quloq kopkoklar (naushniklar) shlyomlar kiradi.
Quloq tikmalar juda ingichka toladan qilingan, ba’zan mum va parafin aralashmasi shimdirilgan, quloqqa tikib kuiladigan aralashmasi shimdirilgan, quloqqa tikib kuyladigan paxta yoki doka bulagidir. Konus shaklidagi kattik (ebonit, rezina) tikmalar xam bo’ladi (shovqinni 5-20 dB ga pasaytiradi).
Quloqqopqoqlar. Sanoatimizda quloqqopqoqlar keng qo’llaniladi. Ular yoysimon prujina hisobiga quloq chiganogiga zich tegib va uni berkitib turadi, yukori chastotalarda eng samarali ishlaydi (shovqinni 20-30 dB ga pasaytiradi).
Tovush kuvvati 120 dB bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomalardan foydalaniladi.