Shovqindan himoyalanish. Shovqinga qarshi chora-tadbirlar
Shovqindan himoyalanish. Shovqinga qarshi chora-tadbirlar. Bajardi: Sadullayev Javlon SBXT-2A Umumiy ma’lumotlar
Shovqin va vibratsiya intensivligining ko‘rsatkichlari. Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotganda shovqin va vibratsiya paydo bo'ladi. Ishlayotgan maydalagichlar, tegirmonlar, kompressor hamda ventilyatsiya qurilmalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jihozlar shovqin va vibratsiyaning asosiy manbalaridir. Shovqin va vibratsiya elastik muhit zarralarining to'lqinsimon tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga bog'liq.16 Gtsdan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish - vibratsiya kabi ta’sir qiladi. 16 - 20000 Gts chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo’shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi. Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og’riq turgizadi va quloq shang’ib asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishiga imkon bermaydi, butun diqqat-e’tiborni berib ishlash lozim bo’lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi. Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi.
Dostları ilə paylaş: |