Shukur sa’dulla (1912-1972)



Yüklə 142,2 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü142,2 Kb.
#165348
1   2   3   4
Shukur Sadulla

So’z va donishmand


El ichra nomi baland,
Har ishda fazli ayon,
Yashar edi donishmand –
Toza tiynat, pokdomon.
Kimdir: “Olam iborat, –
Desa, – molekuladan”,
“Yo’q, so’zdan bu imorat”, –
Derdi sirli kularkan.
So’z uning ko’z o’ngida
Oqar edi chuldirab,
Goh qorong’u osmonda
Chaqnar edi guldirab.
“Bu dunyoni yoritib
Turgan ham so’z”, derdi u.
“Inson dardin aritib
Turgan ham so’z”, derdi u.
“So’z aynisa, diyonat
O’lgani shu”, der edi.
“So’z qaynasa, qiyomat
Bo’lgani shu”, der edi.
Neki yaralmish bari
So’zning jismu tanidir,
So’z – chig’anoq gavhari,
Ko’ngil – so’z Vatanidir.
Bir so’z bor so’z avvali,
Joy olgan dil to’ridan,
Qolgan barcha so’z, asli,
O’sha so’zdan o’rigan.
Yursa ham, o’tirsa ham
Faqat o’sha o’yida,
Yashar edi donishmand
Shu tanho so’z ko’yida.
Jon kabi edi aziz
O’sha so’zning diydori,
Oxir, yiqildi holsiz,
Ketdi tandan madori.
O’ngimidi, tushi yo
Bilmas, harchand urindi,
So’z jamoli ko’ziga
Elas-elas ko’rindi.
Quvonchidan ko’ksini
O’rtab ketdi hayajon,
Chorladi shogirdlarin
Huzuriga o’shal on.
Dupur-dupur jon qushi
Depsidi qanot qoqib,
Boshidan uchib hushi,
Tildan qoldi, boyoqish.
Yosh aylandi ko’zida:
Sevinch yoshi, g’am yoshi.
O’krar edi donishmand
O’pkasi to’lib-toshib.
So’zga qovushmay labi
G’o’ldiradi, so’ng so’lg’in:
“Ana u!” degan kabi
Osmonga cho’zdi qo’lin…
…Ustozning ochiq ko’zin
Shogird asta yoparkan,
Ahd qildi: “O’sha so’zni
Bir kun so’zsiz topaman!”



Qaldirg’och qosh


Boshima tushmish bu savdo qoshidan,
Aylanurman hech ketolmay qoshidan.
O’smani qo’ymish yaratganning o’zi,
Aylanay ham o’zi, ham naqqoshidan.
Yüklə 142,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin