Shukurullo mardonov umida zokirova


 Hadislaring tarbiyaviy, ahamiyati



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

2.4. Hadislaring tarbiyaviy, ahamiyati
Hadislarda insoning kamolga etishi uchun talab etiladigan insoniy 
fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular mehr-oqibat ko‘rsatish, sahiylik, 
ochiq ko‘ngillik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga muruvvat, 
g‘amxo‘rlik, hurmat, Vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni 
ulug‘ lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘st, tinch-totuv bo‘lish va bosh-
qalardan iboratdir. Bundan tashqari, insonining o‘zini illatlardan tiyish, 
yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z 
ifodasini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karim ko‘rsatmalaridan 
kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi.
Avvalo islom aqidasiga binoan har bir musulmon iymonli bo‘lishi 
kerakdir. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, hadisning ham birinchi 
kitobi Iymon kitobidir. Islomdan murod iymon demakdir. Iymonning 
mukammal bo‘lmog‘ining uch sharti ko‘rsatiladi:
-to‘gri e’tiqodli bo‘xmoq; 
-kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq; 
-kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chakirmog‘i 
(34, 14-b. Keyingi parchalar ham ushbu kitobdan olinadi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari 
bor deb, iymon belgilari sanab o‘tiladiki, bularning har biri inson 
ma’naviy qiyofasining mukammalashuviga ta’sir etuvchi hislatlardir. 


40
Bular quyidagilardan iborat: “Qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor 
bermagan kishi musulmondir”, “Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan 
kishining iymoni mukammal bo‘lg‘aydir (25 - bob)”.
Hadislarda insonning ma’naviy kamolati mezoni, uning tafakkur 
doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada 
egallagani, o‘z bilimi bilan atrofidagilarga, jamiyatga foyda keltiruvchi 
shaxs bo‘lib etishida muhim omil - bilim, deb ko‘rsatiladi. “Tolibi 
ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istig‘for aytadi, hatto 
dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsizlik kishilarni nodonlikka olib keladi, 
ilmsiz jamiyatda esa jaholat, razolat hukumronlik qiladi, deyiladi.
Hadislarda kishilarning bir-biri bilan do‘st, tinch-totuv yashash, 
muruvvatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oya ham ilgari 
suriladi. Bular opa-singil, aka-uka va yaqin kishilarga, qo‘shnilariga 
yaxshilik keltiradi, bu yaxshilik ular o‘rtasidagi totuvlikni keltirib 
chiqaradiki, pirovardida tinch-totuv, farovonlikka asoslangan jamiyat 
taraqqiy etadi.
Hadislarda insoniy hislatlardan ezgulik, iffat, sabr-qanoat, shukronalik 
kabi axloqiy sifatlar ulug‘lansa, isrofgarchilik, ta’magirlik, ochko‘zlik, 
nafsi havoga, shaxvoniy hissiyotlarga berilish, bahillik, johillik kabi 
ilatlar qoralanadi. Bunda yaxshi siyrat deganda yaxshi muomala, 
chiroyli hay’at - bu tashqi ko‘rinishni yaxshilab yurish, iqtisod - har bir 
xatti-harakatlarda me’yorni ko‘zlash nazarda tutiladi. Shu bilan birga, 
hadislarda kishilarni baxillik va mol-mulkka hirs qo‘yishdan saklanish 
kerakligi, kelajakka umid his-tuyg‘ulari ham ifodalanadi. “Birortangaz 
ekish uchun qo‘lingizda biror ko‘chatni ushlab turgan vaktingizda 
qiyomat bo‘lib qolsa-yu, qoyim bo‘lishdan ilgariroq uni ekib olishga 
ko‘zingiz etsa, albatta ekib ko‘ying”, deyilgani ham hayotga, yashashga, 
kelajakka umid bilan qarashga undaydi (33, 139-140 b.).
Hadislarda inson kamolatida eng muhim hislatlardan sanalgan 
insonning sahovatli bo‘lishga katta e’tibor berilgan. Sahovatli inson 
jamiyat tarakkiyotga ham katta hissa qo‘shadi, uning ravnaqi uchun jon 
kuydiradi. Hadislarda odamlar ana shu hislatlarga ko‘ra to‘rt guruhga 
ajratilgan:
1. Alloh Taolo bir bandaga mol bergan va ilm bergan. U bandaga 
berilgan mol va ilmning tasarrufida taqvo qiladi va silai rahm qiladi. 
Ilmi va molidan Alloh uchun haq ajratadi. Bu eng afzal o‘rin.
2. Bir banda bor. Alloh unga ilm bergan, lekin, mol, bermagan. 


41
Lekin uning niyati to‘g‘ri. Agar Alloh menga mol bersaydi, falonchiga 
o‘xshab sarf kilardim. Bu shu niyatiga qarab teng ajr oladi.
3. Bir banda bor. Alloh unga, mol, bergan, ilm bermagan. Mol, 
tasaruffida Allohdan ko‘rqmaydi. Molidan qarindoshlariga bermaydi. 
Bu esa eng yomon o‘rindir.
4. Bir banda bor Alloh unga mol ham, ilm ham bermagan. U aytadiki, 
agar Alloh menga, mol, ham, ilm ham bergandaydi, falonchiga o‘xshash 
ish qilardim. U shu niyati bilan o‘sha kishiga barobar hisoblanadi 
(savob va gunohda) (33, 79-b).
Birinchi va ikkinchi guruhdagi kishilar ayni sahovatli insonlar 
qatoriga kiritiladi.
Xulq-odob haqidagi hadislarda ezgu insoniy hislatlar ulug‘lanib, 
gunoh sifatidagi illatlar qoralanadi.
Bundan tashqari, musulmonlarga xos udumlar, urf-odatlarga oid 
xulq-odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o‘tkazish 
tartibi, safar qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o‘tkazish 
tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala 
madaniyati, bemor kishi holini so‘rash odobi, kiyinish qoidalari, emoq-
ichmoq, so‘zlashish odobi va hokazolar haqida turli tavsiflar beriladiki, 
bular bevosita keyingi odob-axloq haqidagi risolalarga ham asos bo‘la 
oladi.
Hadislarda jamiyatning, inson naslining rivojlanishiga ta’sir etuvchi 
muammolarga ham katta e’tibor berilgan. Bu muammolarning eng 
muhimi ekologik muammo bo‘lib, necha asrlardan buyon o‘z dolzarb-
ligini yo‘qotmagan: ekinlarni himoya etish, ariq-zovurlar o‘tkazib, suv 
chiqarish kabi ezgu ishlar ham rivoyat qilinadi. Masalan, tirik jonivorlarni 
o‘ldirmaslik (shariatda o‘ldirishga buyurilgan ilon, chayondan bo‘lak), 
jonivorlarga yaxshilik qilish, ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni 
unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227, 446-hadislar), kishilarga 
soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, hovli sahnlarini toza tutish 
haqidagi hadislar shunday ibratli hadislardir (33, 132-b). Hadislarda 
yomon ishlar, yomon illatlar, yomon xatti-harakatlar, “gunoh” sifatida 
qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, 
ezgu xatti-harakatlar, faoliyati “savob” tarzida olqishlanadi.
Shunga ko‘ra, etim molini eyish, mol-dunyoga xirs qo‘yish, yol-
g‘onchilik, g‘iybatchilik, tuhmat, zino, ichkilikbozlik, giyohvandlik, 
foydasiz gapni ko‘p gapirish va boshqa illatlar gunoh hisoblanadi. 


42
Ota-ona, keksalar, zaiflar va muxtojlarga g‘amxo‘rlik, ularni yo‘qlab 
turish, marhumlarni yaxshi so‘zlar bilan xotirlash, birov ularning 
ustidan kulmasligini ta’minlash, omonatga hiyonat qilmaslik kabilar 
savob sanaladi.
Ma’lumki, inson kamolati bevosita uning sog‘lomligiga ham bog‘-
liqdir. Chunki sog‘lom insongina ham oila, ham jamiyatning ravnaq 
topishi uchun faoliyat ko‘rsatadigan kishilar bo‘lib etishadi.
Hadislarda, umuman, Islomda tozalik va poklikka, ruhiy va jismoniy 
poklikka katta e’tibor beriladi. “(Haq taolo o‘zi pok, poklikni yaxshi 
ko‘radi. O‘zi toza, tozalikni yaxshi ko‘radi. Eshiklarni oldini pokiza 
tutinglar” (190-hadis, 133, 66-b.). Shuning uchun ham nomozdan keyin 
yuz- qo‘lni yuvish, maxs tortish, oyoqni yuvish, mustaxab, o‘ng qo‘l 
bilan tahorat qilmaslik, burunga suv tortmoq, og‘izni toza tutish, g‘usl, 
tayammum qoidalari insonni jismonan pok bo‘lishga yo‘naltirganki, 
bular avloddan- avlodlarga o‘tib, xulq-odob qoidalariga aylanib qolgan. 
Hadislarda inson erkiga ham ahamiyat berilgan.
Inson har tomonlama etuk bo‘lishi uchun u erkin bo‘lishi kerakligi 
“Qur’oni Karim”da ham, “Hadisi Sharif”da ham e’tirof etilgan: Alloh 
Taologa amali solihlarning yaxshi ko‘ringani agarki oz bo‘lsa ham 
davomlisidir. Alloh Taologa farzlardan so‘ng amali solihlarning eng 
sevimlisi musulmon kishining diliga xursandchilik solishdir. “(33 - 
hadis)”. Alloh o‘zi kechiruvchi zot, kechirguvchini yaxshi ko‘radi (191 - 
hadis) kabi hadislar buning dalilidir. Chunki inson qanchalik qadrlansa, 
barcha ezguliklar, yaxshiliklar insonga atalsa, uning manfaati uchun 
xizmat qilsa, inson ham shunga ko‘ra kamol topaveradi, yuksaklikka 
ko‘tarilaveradi, o‘z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat 
ham rivojlanaveradi.
Demak, hadislar Muhammad payg‘ambarimizning sunnatlari bo‘lib, 
mazmunan har bir mo‘‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi, 
shu bilan insonni ma’naviy kamolatga da’vat etadi. Islom dini ma’rifatga 
asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan 
kamolatga etkazishga oid e’tiqod va iymondan iborat bo‘lib komil 
insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi va undan 
yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb muammolaridan 
sanaladi.


43

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin