Сhust tumanida yo'l belgilarini o'rnatish to'g'risida



Yüklə 12 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü12 Kb.
#212224
123-6-89-Q 23



e-qaror.gov.uz
123-6-89-Q/23
1
2023 - yil 7 - aprel
123-6-89-Q/23
Chust tuman hokimligi
Сhust tumanida yo'l belgilarini o'rnatish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6, 25-
moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi qonunning 4, 16-moddalariga, O'zbekiston
Respublikasining 10.04.2013 yildagi “Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida”gi 348-sonli Qonunining
6-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172 sonli
qaroriga asosan, tuman hududida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda shahar markazida
tirbandlikni oldini olish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim
bo'lgan keng ko'lamli tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar rejasini ijrosini ta'minlash maqsadida,
tuman ichki ishlar bo'limining 2023-yil 12-yanvardagi №4/74-sonli hamda tuman yo'llardan
foydalanish unitar korxonasining 11.01.2023-yildagi 3/D-sonli xatlarini ko'rib,
QAROR QILAMAN:
1. Chust tuman Ichki ishlar bo'limi bo'limining tuman hududida
umumfoydalanuvdagi avtomabil yo'llari va markaziy ko'chalarida yo'lovchilar va
tronsport hodisalarini harakati xavfsizligini ta'minlash, yo'l transport hodisalarini oldini
olish maqsadida yo'l belgilari o'rnatishga ruxsat berish to'g'risidagi 2023-yil 12-
yanvardagi №4/74-sonli xati hamda tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasining
11.01.2023-yildagi 3/D-sonli xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman xududida harakat xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini
tirbandligini oldini olish hamda yo'l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida :
- 4R123 “Chust sh-Axcha k-Pop sh-Parda Tursin sixatgoxi” avtomabil yo'lining
1,5 kmda yo'lning chap tomoniga 1 dona 3.4 (Yuk avtomobillarining xarakatlanishi
taqiqlangan) yo'l belgisi; (Olmos ko'chasi)
- 4R121 “Kosonsoy sh-Rovot k-Chust sh-Chust TAYB-Pop TAYB-Pop
sh-Navbaxor q” avtomabil yo'lining 34 kmda yo'lning o'ng tomoniga 1 dona, 39 kmda
yo'lning o'ng tomoniga 1 dona, 43 kmda yo'lning chap tomoniga


e-qaror.gov.uz
123-6-89-Q/23
2
1 dona 3.4 (yuk avtomobillarining xarakatlanishi taqiqlangan) yo'l belgisi; (Ipak yo'li
ko'chasi)
- 4K462 A “G'ova qishlog'iga” avtomobil yo'lining 0 km o'ng tomoniga
1 dona, 1 km yo'lning chap tomoniga 1 dona (Chustiy ko'chasi), 4R123 “Chust sh-
Axcha k-Pop sh-Parda Tursin sixatgoxi” avtomabil' yo'lining 0 kmdagi mavjud
chorraxadagi Maysali ko'chasi kirish qismiga 1 dona, 4 km yo'lning chap tomoniga 1
dona 3.4 (yuk avtomobillarining xarakatlanishi taqiqlangan) yo'l belgisi;
- 4N 444A “Tepaqo'rg'on k-Karkidon kishlog'iga” avtomobil yo'lining
0 kmda yo'lning chap tomoniga 1 dona 3.4 (yuk avtomobillarining xarakatlanishi
taqiqlangan) yo'l belgisi;
3. Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi (B.Ettiboyev) ushbu yo'l
belgilarini o'rnatish choralarini ko'rsin.
4. Tuman IIB (M.Dadajonov)ga taqiqlov o'rnatilgan avtomobil yo'lida harakat
xavfsizligini ta'minlash va doimiy ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
5. “Chust haqiqati” gazetasi tahririyati (Z.Mexmonova) va tuman hokimligining
axborot xizmati (X.Ismoilova) ushbu qarorning tuman hokimligining rasmiy veb-
saytiga hamda boshqa OAVlarda keng yoritishini ta'minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o'rinbosari
M.Mirzaliyev zimmasiga yuklatilsin.
7. Qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Tuman hokimi
B.Xamdamov

Yüklə 12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin