TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс) bo’yicha amaliy ko’nikmalar olish
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo’ladigan parolning yo’qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni ko’rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to’g’ridan-to’g’ri konsol kabel orqali ulanishni ko’zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e’tiborga olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo’qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni o’zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya’ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo’lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud bo’lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketmaketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya’ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko’rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, to’rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki yo’qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o’zgartirish kerak bo’ladi.
Ko’pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 bo’ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo’lsa, unda konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo’ladi: