Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə12/75
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#195903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar:



  1. Bel cant’ - tarjimada "chiroyli kuylash" degan ma’noni bildiradi. Italyan operasida qo’llanadigan kuylash uslubi.

  2. Islohat, isloh qilish - tuzatish, boshqatdan ko’rib chiqish, avvalgi sifatli holatga keltirish.

  3. Rechitativ - so’zlashga, gapirishga yaqin bo’lgan kuylash uslubi, musiqiy nutq.



Nazorat savollari:



  1. Sifatsiz operalarga xos bo’lgan asosiy kamchilik qaysi edi?

  2. Glyuk fikricha operada nima asosiy: musiqa yoki drama?

  3. Operada musiqa qanday vazifani bajarishi lozim?



Adabiyotlar:



  1. Levik B.V. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1979.

  2. Levik B.V. Istoriya zarubejnoy muziki. M.1982.



Mavzu: Kompozitor X.V.Glyukning "Orfey" nomli operasi.


Rejasi:

1. "Orfey" operasi - Glyuk opera islohatining mahsuli.


2. "Orfey" operasining mazmuni. Tuzilishi va musiqaning o’ziga xos xususiyatlari.


Bayoni:

"Orfey" operasi kompozitor Glyukning eng mashhur asarlaridan biridir. Bu asar opera san’atining keyingi davrda rivojlanishida juda muhim rol o’ynadi. "Orfey" operasida Glyuk o’zining opera islohati princplarini aniq namoyon qildi. O’sha davrda inqirozga yuz tutgan opera janrini tuzatish yo’llarini, musiqa va drama o’rtasidagi uzilgan bog’liqlikni qanday tiklash kerakligini shu asar misolida ko’rsatib berdi. Shuning uchun «Orfey» operasini haqli ravishda opera islohatining mahsuli deb hisoblash mumkin. Bu opera qo’shiqchi Orfey haqidagi qadimgi grek afsonasi asosida yozilgan. Shoir R.Kalcabidji shu syujet asosida operaning teksti - librettoni yaratdi. Operaning mazmuni quydagicha:


Afsonaviy qo’shiqchi Orfey qattiq iztirobda.Uning sevimli xotini Evridika ilon chaqishi natijasida hayotdan ko’z yumgan. Orfey doim kunlarini yig’i-sig’i bilan o’tkazmoqda. Buni ko’rgan xudolar unga rahm qiladilar. Xudolar elchisi Amur ularning amrini Orfeyga etkazadi. Orfey er ostiga, o’liklar saltanatiga tushib xotinini er yuziga olib chiqishi kerak. Lekin er yuziga chiqmaguncha uning yuziga qaramasligi lozim. Agar bu shart buzilsa, Evridika boshqa xech qachon tirilmaydi. Orfey er ostiga tushadi. Kuylash san’atining kuchi bilan dahshatli maxluqlar orasidan o’tadi va Evridikani topadi. Ammo orqaga qaytayotganda shart buziladi. Xotinining talabi bilan unga qayrilib qaraydi va Evridika yana o’ladi. Orfey yana iztirob chekadi. Yana Amur keladi va xudolarning amri bilan Evridikani tiriltiradi va opera shod xurramlik bilan tugaydi.
Ma’lumki Orfey haqidagi afsona aslida fojiali tugaydi. Shartni bajarmay Evridikani ikkinchi marta yuqotgan Orfey bir umr yig’lab o’tadi. Lekin 18-asrda opera doim yaxshilik bilan tugashi an’anaga aylangan edi. Bu an’anani buzolmagan Glyuk va libretto muallifi shoir Kalcabidji syujetiga o’zgartirish kiritdilar.
Opera musiqasi nihoyatda ajoyib. Chiroyli kuylar yozish ustasi bo’lgan Glyuk butun qobilyatini namoyon qildi. Barcha ariyalar, ansambllar, xorlar va orkestr nomerlari juda go’zal kuylar asosida yozilgan. Sifatsiz, voqealar rivojini to’xtatuvchi oshiqcha sahnalar va nomerlar yuq. Musiqa doim sahnada kursatilayotgan voqeani yoritib boradi. Drama va musiqa o’rtasidagi bog’liqlik doim mavjud.
Orfeyning barcha ariyalari (ayniqsa uchinchi pardadagi "Evridikani yo’qotdim ..." so’zlari bilan aytiladigan ariya) ikkinchi pardadagi "Elizium dalalarida" deb nomlangan sahnadagi orkestr ijro etgan nomerlar shu balet sahnasidagi "Melodiya" nomli kuy va boshqa bir necha nomerlar kontsert repertuarlaridan ham doimiy o’rin egallagan. Kompozitor Glyuk tomonidan Orfey operasining yaratilishi 18-asr musiqa san’atidagi yangi, noyob va progressiv ahamiyatga ega bo’lgan hodisadir. Opera dramaturgiyasi va musiqiy kompoziciyaning teranligi, bir - biridan ajralgan epizodlarning yaxlit sahnalarga birlashtirilishi bu asarni ariyalar to’plamidan iborat sifatsiz opera emas, balki musiqa va dramatik voqea uyg’unlashib ketgan sifatli musiqali dramaga aylantirgan.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin