"Bolero".
Simfonik orkestr ijrosi uchun yozilgan "Bolero" Ravelning eng mashhur asaridir. Uni kompozitor 1928 yilda taniqli balet raqqosasi Ida Rubinshteyn iltimosiga ko’ra balet sifatida yozgan. Ammo bugungi kunda "Balero" simfonik asar sifatida mashhur. Bu asar shuhratining asosiy sababi - yagona musiqiy mavzuning nihoyatda go’zalligi, ispan milliy musiqasi ruhida yozilganligi va orkestrning juda chiroyli va ifodali ijrosidadir. "Bolero" asaridagi simfonik rivojlanish uslubi tamoman yangicha. Bu bitta musiqiy mavzuga yozilgan o’n sakkizta variaciyalardir. Har bir variaciyada mavzu, uning ritmi va garmoniya o’zgarishsiz takrorlangan. Faqat mavzuni har gal orkestrdagi har xil cholg’u sozlari va cholg’u guruhlari ijro etadilar. Shuning uchun bunday variaciyalar - tembr variaciyalari deb ataladi. Birinchi variaciyadan to oxirgisigacha tovush balandligi asta-sekin ortib boradi va oxirgi variaciya katta kuch bilan yangraydi.
Asosiy musiqiy mavzuni Ravel ispan xalq raqsi ruhida yozgan. Bu juda go’zal, lirik xarakterdagi mayin kuy ikki bo’lakdan iborat. Asardagi o’zgarmas ritm doim kichik barabanlar ijrosida yangrab turadi. "Bolero" asarining yaratilishi o’sha davr uchun olamshumul voqea bo’ldi. Chunki xech bir kompozitor bunaqa o’ziga xos asar yozmagan edi. Undan keyin o’tgan davr ham "Bolero" XX-asr simfonik musiqasining eng ajoyib, o’ziga xos asarlaridan biri ekanligini tasdiqladi.
Tayanch iboralar.
Kuperen – Frantsua Kuperen (1668-1733) frantsuz kompozitori, klavesin va organ ijrochisi.
Neoklassitsizm - grekcha so’z "yangi klassitsizm" degan ma’noni bildiradi. XX-asrning 20-30 yillarida musiqa san’atida paydo bo’lgan yangi oqim. Klassitsizm davri anhanalariga amal qilish - bu oqimning asosiy mohiyatidir.
Bolero - ispan xalq raqslaridan biri.
Sentimental - ortiq darajada hissiyotga beriladigan, tez tahsirlanadigan, ko’ngli bo’sh.
Tembr - tovush sifati, rangi, tusi bo’yog’i.
Dostları ilə paylaş: |