Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi
KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA FAN. Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‘z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo‘ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH. Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so‘radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada
kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.