Щзбекистон республикаси



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#57074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
sitologiya



O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi   vazirligi. 

 

 

 

 

 

NAVOIY PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI 

OSHIRISH INSTITUTI 

 

 



  

 

 



 

SITOLOGIYA

 

 (ma’ruzalar matni) 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Navoiy – 2005 yil. 


 

 

 



 

Tuzuvchi:                   b.f.n.Ilyasov.A.S.    

                                             Xo’jiyev S. O. 

    

Taqrizchilar: b.f.n. Rustamov N. T. Navoiy davlat Pedagogika Instituti  

    Tabiatshunoslik  fakul’teti dotsent v. b. 

                        T.f.n. Husanov E. O’. SamDTI  «Odam  anatomiyasi» 

                                   kafedrasi  dotsenti.  

 

 

 



 

 

 

 

MAVZU – 1.  KIRISH. SITOLOGIYA FANINI  QISQACHA TARIXI. BOSHQA 



FANLAR BILAN ALOQASI. 

 

Reja: 



1. 

Kirish. 

Sitofizik tekshirish metodlari. 

2.  Tarixiy malumotlar. 

3.  Boshqa fanlar bilan aloqaasi. 

4.  Asosiy tadqiqot uslublari. 

 

Hujayraning  tuzilishi,  yaratilishi  va  rivojlanishini  sitologiya  fani  o’rganadi.  Sitologiya 



fundamental  fan,  chunki  tiriklikning  barchasini  hujayra  tashkil  qiladi.  Hujayra  tirik 

organizmlar tuzilishining asosiy birligidir. 

Bu  ko’rs  davomida  hujayraning  tuzilishi,  umumiy  qonuniyatlari,  tekshirish  uslublari. 

Rivojlanishi,  tarixi  kabi  masalalar  o’rganiladi.  Sitologiya  umumbiologik  fanlarning  bir 

tarmo’i bo’lib rivojlandi, ayniqsa keyingi yillarda o’rganishni murakkab usullarining paydo 

bo’lishi  bir  qancha  fanlar  bilan  aloqaasini  yanada  mustaxkamladi.  Jumladan,  gistologiya, 

embriologiya,  individual  taraqqiyot  biologiyasi,  immunologiya  va  boshqalar  bilan  tadqiq 

qilinishi bilan  birga o’rganilmokda. 

Binobarin,  sitologiyada  konkret  tadqiqot  obekttlari,  shuningdek,  murakkab  tekshirish 

uslublari  mavjud  bo’lib,  uni  tarmoqlarga  bo’lib  o’rganishni  taqozo  etmoqda.  Natijada 

sitologiyaning  xozirda  sitoximiya,  sitofiziologiya,  kiyosiy  sitologiya,  eksperimental 

sitologiya, tasviriy sitologiya, evolyusion sitologiya, eqologik sitologiya kabi xozirgi zamon 

soxalari yuzaga keldi 

  Sitoximiya  -  hujayraning  kimyoviy  tarkibini,  xossalarini  o’rganadi.  Uning  afzalligi 

organoidlar aloxida - aloxida buyab o’rganiladi. Masalan: DNKni o’rganishda aloxida o’ziga 

xos buyokda buyaladi. Hujayraning boshqa kismlari deyarli buyalmaydi. Bu usul yordamida 

hujayraning  oqsillari,  fermentlari,  aminokislotalari,  uglevodlari  va  boshqa  organik 

moddalarini aniqlash, o’rganish mumkin.  

Sitofiziologiya  –  xayvon  va  o’simlik  hujayralarini  mikroskopik  tuzilishini,  uning 

vazifasiga  boglab  o’rganadi.  Jumladan:  organoid  mitoxondriyalarda  sodir  bo’ladigan 

o’zgarishlar fiziologik tadqiq qilinadi. energetik manba nuktai nazaridan o’rganiladi. 



 

Kiyosiy  sitologiya  -  xar  xil  organizmlardagi  hujayralarning  rivojlanishi,  tuzilishi  va 

funksiyasini kiyosiy takkoslab o’rganadi. 

 

Xozirgi  zamon  tekshirish  usullari  yordamida  ko’p  hujayrali  xayvonlar  hujayrani 



evolyusion  tarakiyot  davrida  tarkibiy  o’zgarishlarga  uchrashini,  hujayra  va  oralik 

moddalardagi  tuxtovsiz  jarayonlarni  va  bu  jarayon  tufayli  ularni  takomillashib  borishini 

o’rganadi. 

 Eksperimental  sitologiya  –  maxsus  tadqiqotlar  utkazishdagi  turli  xildagi 

eksperimentlar tasir ettirib hujayralardagi o’zgarishlar o’rganadi.   

Tasviriy sitologiya – tuzilishni tasvirlab o’rganadi.  

    Evolyusion  sitologiya  filogenez  jarayonida  hujayraning  rivojlanishi  qonuniyatlarini 

o’rganadi. 

Ekologik sitologiya yashash sharoitiga boglab o’rganadi.  

     Bo’lardan  tashqari  biotexnologiya,  geninjeneriya  kabi  xozirda  eng  keng  tarkalib, 

rivojlanib borayotgan soxalar yuzaga keldiki bu fanning yanada axamiyatini oshirdi. 

 

Xulosa qilib aytganda sitologiya fani o’zini oldiga aniq vazifalar kuyadi.  



1.  Hujayraning strukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. 

2.  eqologik sharoitga, yoshga bo’liq o’zgarishlarni tekshiradi. 

3.  Hujayradagi  morfogenez  jarayonlarni  boshqarishda  nerv,  endokrin  imun 

sistemalarning rolini tadqiq qiladi. 

4.  Turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar tasiriga xayvon va o’simliklar 

hujayralarini moslanuvchanligini tadqiq qiladi. 

5.  Hujayraning diferenlashuvi va rivojlanishi qonunlarini o’rganadi.  

Sitologiya  mustaqil  fan  sifatida  X1X  asr  oxirida  shakllangan  bo’lsada,  lekin 

hujayra eng kichiq birlik tugrisidagi avalrok shakllana boshlagan edi. 

1610  yili  G.Galiley  birinchi  bo’lib  ko’rish  trubkasini  yaratdi.  Sung  golandiyalik 

omillar  Zaxar  va  Yansenlar  stol  lupasi  ko’rinishidagi  mikroskop  ixtiro  qildilar.  1665  yili 

R.Guk  –  hujayra  terminini  fanga  kiritdi.  1671  yil  italiyalik  olim  M.Malpigi  xayvon 

organizmlarini,  N.Gryu    1673  yil  o’simlik  organizmlarini  mikroskop  ostida  birinchilardan 

bo’lib kuzatishdi. Sitologiya tarixida olim A.Van Levenguk ishlari dikkatga sazovor, chunki 

uning nomi bilan  butun  bir  soddalar deb  ataladigan uzga  dunyo  kashf etiladi.  Mikroskopni 

takomillashtirdi. 200 marta katalashtira oladigan mikroskop ixtiro qildi. Keng kulamda olib 

borilgan  mikroskopik  tadqiqotlar  natijasida  o’simlik  va  xayvon  organizmlari    hujayraviy 

tuzilishga  ega  ekanligi  aniqlandi.  Uning  tuzilishini  o’rganishga  Ya.Purkin’e,  Y.Myo’ller 

maktablari katta xissa qo’shdilar. R. Braun 1833 yilda yadroni tekshirdi.  

   Hujayra nazariyasi 1838yili botaniq M.Shleyder va zoolog T.Shvann 1939yil asarlarida uz 

ifodasini topdi  va shundag sung sitologiyaga  oid ko’plab tadqiqotlar  rivojlana  bordi,  etibor 

kuchaydi.  1848yil  Gofmeystr  xromasomaga  asos  soldi.  1876yili  Van  Benden,  1888yili 

Beveri  hujayra  markazini,  Benda  1894yili  mitoxondriyani,  K.Gol’dji  1898yil  goldji 

apparatini asoslab fanga kiritishgan bo’lsa, 1882yili Strasburger – o’simlik xromasomalarini 

aniqladi. Xromasoma terminini 1888 Val’der fanga kiritdi. 

 

Mitoz  bo’linishi  1882  yil  Fleming  fanga  kiritib  asosladi.  1874  yil  o’simliklarda 



Chistyakov,  1878  yil  Shleyxer  kariokinez  terminini,  1887  yili  Utman  sitokinez  terminini 

fangakiritgan  bo’lsa,  1894  yil  Geydengeyn  esa  telefazani  ixtiro  qildi.  Strasburger  1884  yil 

profaza,  metofaza,  telofaza,  anafaza  terminini  fanga  kiritdi.  Hujayralar  bo’linishini  yanada 

tugrirok  tarifi  X!X  asrning  yirik  olimlaridan  Oskar  Gertvig  (1849-1922y)  asarlarida  uz 

ifodasini  topgan.  Hujayralarni  juda  ko’p  mayda  komponentlardan  to’zilganini  va  ularni 

tarkiblari, to’zimlari tugrisidagi fikrlarni xam Gertvig olga so’rgan edi. 

  

Sitologiya fan sifatida shakllanar ekan, o’zining bir qancha o’rganish ilmiy tekshirish 



uslublari mavjud. Shulardan asosiylari mikroskopiyadir. Asosan hujayra strukturasi yoruglik 

va  elektron  mikroskop  yordamida  o’rganiladi.  U  mikroskoplardan  tashqari  sitofizika, 




radioaftografiya, 

ul’trasentrafugalash,  bioximiyaviy,  sitoximiyaviy,  sitofotometriya, 

sitofiziologik, mikroxirurgiya va boshqalardan iborat. 

 

Mikroskopiya.  Xozirgi  zamon  mikroskoplari  takomillashgan  asbob  bo’lib,  hujayra 



tarkibini  va  organoidlarini  o’rganishda  katta  axamiyatga  ega.  Xozirda  ularning  o’ziga  xos 

ko’rinishlari  bor:  yoruglik  va  elektron  mikroskopdan  tashqari  kora  fonli,  fazokontrasli, 

interferension  mikroskop  urlari  borki,  obekttlarni  xar  tomonlama  chuko’r  o’rganish 

imkoniyatini keltirib chiqaradi. Ular kuyidagilardan iborat. 

 

Kora fondagi mikroskop. Bunda odatda tirik hujayralarni o’rganish mumkin. Buning 



uchun  maxsus  koondersordan  foydalaniladi.  Bu  kondensorda  preparatga  kiya  xolda  nur 

tushadi. Natijada kuzatilayotran maydon kora, preparat  esa  yorug bo’lib ko’rinadi. Hujayra 

strukturasini  aniq  ko’rish  mumkin.  Shuningdek,  yadroni,  yadro  membranasini, 

mitoxondriyalarni va yog tomchilarini kuzatish mumkin. Fazo kontrasli mikroskopiya. Tirik 

hujayralarni aks tasirini ko’rsatadi. Bu metodda preparatning tinik ko’rinishi nurning sinish 

darajasiga  bo’liq.  Bu  usulning  qulay  tomoni  tirikhujayralarning  yadrosi,  organoidlar  va 

kiritmalar ularga zarar etkazilmaydigan xolda o’rganiladi. 

 

Interferension mikroskopiya. Bu metod fazokontrasli metodga uxshaydi, lekin bunda 



buyalmagan  tirik  hujayra  aniq  tasvirini  ko’rish  va  hujayra  ko’ruk  ogirligini  aniqlash  ancha 

oson  bo’ladi.  Bu  mikroskop  yordamida  obektt  qalinligin,  tarkibidagi  ko’ruk  moddalar 

konsentrasiyasini suv, lipidlar, nuklein kislotalar va oqsillar mikdorini aniqlash mumkin. 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin